Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 201 qiladi. Virusli geðatitlarda bilirubin miqdori erkin bo‘lmagan (bog‘langan) fraksiya hisobiga oshadi.
Siydikda sariqlik davrida urobilin va bilirubin (o‘t ðigmenti) aniqlanadi. Najasda sterkobilin bo‘lmasligi tufayli u axolik (rangsiz) bo‘ladi. Qonda transaminazalar – AlAÒ va AsAÒ normaga nisbatan (normada AlAÒ – 0,1–0,68 mmol/l; AsAÒ – 0,1–0,45 mmol/l) 20–50 baravar va ishqoriy fosfataza (normada 1–3 mmol/l) oshadi. Geðatit uchun timol sinamasi (normada 1–5 birlik) ning oshishi va sulema sinamasi (normada 1,8–2,2 ml) ning kamayishi xarak- terli. Virusologik tekshirishlar uchun qon, najas, o‘t suyuqligi, jigar to‘qimasi (bioðtat) olinadi. Klinik amaliyotida virusologik usullar qo‘llanilmaydi. Hozirgi vaqtda serologik usullar (BGAR – bilvosita gemag- glutinatsiya reaksiyasi), RIA – radioimmun analiz (tahlil) hamda IFA – immunoferment analiz (tahlil) keng qo‘llanmoqda. A virus antigenini najas, o‘t suyuqligida RIA usuli yordamida aniqlash mumkin. RIA va IFA yordamida esa A virusga nisbatan ishlab chiqilgan antitelo aniqlanadi. B geðatit tashxisi uchun hozirgi vaqtda BGAR, RIA va IFA qo‘llanadi. HBsAg va HBsAg ga qarshi antiteloni aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari B geðatitda HBcAg va HBeAg ga qarshi antitelolarni aniqlash mumkin. D geðatitga tashxis qo‘yish D – antigeniga qarshi antiteloni aniqlashga asoslangan. C va E geðatitlar tashxisi C va E geðatitlar antigenlariga anti- telolarni aniqlash bilan tasdiqlanadi. Davolash. Geðatit bilan kasallangan bemorlarni davolashda rejim va ðarhez juda katta ahamiyatga ega. Kasallik aniqlangan vaqtdan boshlab klinik belgilarning yo‘qolishi va jigar muhim funksiya- larining normaga kelishiga qadar bemorga yotoq rejimi tayinlanadi. Parhez odamning normal sutkalik ehtiyojini qondirishi va yetarli miqdorda oqsillar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bemorga yog‘lar miqdori chegaralangan holda sutli-o‘simlikli ðarhez tayinlanadi. Ovqat yarim suyuq holda kuniga 4–5 mahal beriladi. Ratsionning umumiy kaloriyasi sutkasiga 3000 kaloriyani tashkil qilishi kerak. Yetarli miqdorda kaliy tuzlari, temir va vitaminlar bilan ta’min- 202 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya langan bo‘lishi zarur. Har qanday o‘tkir ovqatlar, qovurilgan tuxum va baliq, nordon karam, tuzlangan bodringlar va kon- servalarni iste’mol qilish man qilinadi. Kefir, qatiq va yangi tvorog foydalidir. Sutkada 400 g gacha tvorog tavsiya etiladi. Bemor yetarlicha uglevodlar iste’mol qilishi zarur. Buning uchun unga shirin ovqatlar, ko‘p miqdorda shakar, murabbolar, jem, shirin choy va asal tayinlanadi. Shirin mevalar hamda sabzavot, meva va rezavor meva sharbatlari foydalidir. Bemorga qaynatilgan go‘sht va yangi qaynatilgan baliq beriladi. Ko‘ð suyuqlik ichish zarur. 5-ðarhez tayinlanadi. Venaga tomchilab 5% li glukoza eritmasini 5% li askorbinat kislota bilan yuborish asosiy o‘rin egallaydi. Chunki glukozoteraðiya geðatitni davolashda asosiy o‘rin tutadi. U energiya manbai sifatida zarur bo‘lib, antitoksik ta’sirga ega. Òoksikozning og‘ir ko‘ri- nishlarida neokomðensan, gemodez yoki kichik molekular ðoli- vinol qo‘llanadi. O‘ta og‘ir holatlarda ðlazma tayinlanadi. Oqsil ðreðaratlari jigar hujayralari uchun «oqsil himoyasini» yaratadi. Plazma dezintoksikatsiya uchun ham, organizmni oqsil bilan ta’minlash uchun zarurdir. Plazma venaga tomchi usulida odatda 100 ml tayinlanadi. U rekonvalessensiya davrida geðatitnig surunkali shaklga o‘tish xavfi bo‘lganda ham yuborilishi mumkin. Komðleks davo tadbirlarida albumin ham ishlatiladi. U giðoalbuminemiyani kamaytiradi va diurezni yaxshilaydi. Albumin venaga tomchilab 5– 10% li eritma sifatida 100–200 ml yuboriladi. Vitaminlar kasallik tufayli yuzaga kelgan vitaminlar tanqisligini qoðlash uchun buyuriladi. Masalan, 5% li askorbinat kislota, nikotinat kislota, gemorragik sindrom holatida – vitamin yoki mushak orasiga 1% li vikasol eritmasidan 2–3 ml, venaga 5% li aminokaðron kislota 100 ml va B guruh vitaminlar tayinlanadi. B guruh vitaminlar fiziologik miqdorlarda ichishga berilsa ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Polivitamin ðreðaratlaridan «Dekamevit», «Geksavit», «Pangeksavit», «Geðtavit» va boshqalar qo‘llanadi. Geðatoðrotektor (himoya) ðreðaratlar odatda cho‘zilib keta- digan yoki surunkali virusli geðatitlarda qo‘llanilgani maqsadga muvofiqdir. Ilgari ko‘ðroq biologik ðreðaratlardan vitogeðat va sireðar keng qo‘llanilgan. Ularning asosiy ta’sir etuvchi qismlari vitaminlar komðleksi, ayniqsa B12 va B6 lar hisoblanadi. Bular toza |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling