Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 199 Subklinik va inaððarant shakllariga biokimyoviy o‘zgarishlarga asoslangan holda tashxis qo‘yiladi va ular deyarli klinik o‘zga-
rishlarsiz kechadi. Geðatit o‘tkir, cho‘ziladigan va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir shaklida kasallikning klinik belgilari yo‘qolib, asosiy bio- kimyoviy o‘zgarishlarning normaga kelishi 3 oygacha davom etadi. Cho‘zilib kechganda sog‘ayish jarayoni 4–6 oygacha davom etadi. Buning sababi sariqlikdan oldingi va sariqlik davrining ko‘ð davom etishidir. Surunkali geðatit sekin rivojlanadi va ko‘ð yillar davom etadi. Geðatitlar kechishini aniqlash uchun olingan kalendar muddatlari shartli hisoblanadi. U davom etish muddati bilangina emas, balki kasallik kechishi bilan aniqlanadi. D geðatitning asosiy xususiyati miks-infeksiya (B geðatit va D geðatit) rivojlanishidir. O‘zining klinik ko‘rinishlari bo‘yicha asosan o‘tkir B geðatitga mos keladi. Kasallik boshlanishidagi farq shundaki, u o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi va A geðatitni eslatadi. Bundan tashqari, yirik bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Sariqlik ðaydo bo‘lganda bemor ahvoli yaxshilanmaydi, intoksikatsiya kuchayadi. Miks infeksiyada infeksion jarayon odatda davriy kechib sog‘ayish bilan yakunlanadi. O‘tkir B geðatit +D geðatit o‘z-o‘zidan davo- lanuvchan ko‘rinishga o‘tadi. C geðatit nisbatan yengil o‘tadi. Bu kasallikda darmonsizlik kuzatiladi, ishtaha ðasayadi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik seziladi va odatda intoksikatsiya belgilari sust rivojlanadi. Bemorlarning ko‘ð- chiligi tibbiy yordam uchun murojaat qilishmaydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarurki, xususan C geðatit jigarning barcha kasalliklari – surunkali geðatit, jigar sirrozi va jigar raki vujudga kelishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Yoshi qaytgan kishilarda virusli geðatitning xususiyatlari. Yoshi qaytgan kishilarda kasallik sekin rivojlanadi. Asosiy klinik belgilar turg‘un holda saqlanadi, sariqlik intensiv bo‘lib, qonning bio- kimyoviy ko‘rsatkichlari sekin normaga tushadi, qattiqlashgan jigar juda sekinlik bilan qisqaradi. Kasallikning asosan xolestatik ko‘rinishi ko‘ð uchraydi. Kasallik ko‘ðincha cho‘ziluvchan tus olib, surunkali geðatit va jigar sirroziga o‘tadi. Geðatit o‘zining kechishi bo‘yicha mexanik sariqlikni eslatadi. Homilador ayollarda virusli geðatitning o‘ziga xos xususiyatlari. Odatda geðatit homiladorlikning ikkinchi yarmida rivojlanadi va 200 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya ko‘ðincha ayollar B geðatit bilan og‘riydilar. Chunki homilador ayollar homiladorlikning birinchi yarmida har xil inyeksiyalar oladilar. Kasallik ularda og‘ir o‘tadi va ko‘ðincha o‘tkir jigar distrofiyasi rivojlanadi. Homilador ayollarda virusli geðatit E dan o‘lish hollari homilador bo‘lmagan ayollarga nisbatan 3–4 marta ko‘ð uchraydi. Kasallik odatda ko‘ngil aynishi, ko‘ð marta qayt qilish, terining kuchli qichishishi bilan kechadi va bu ko‘ðincha muddatidan oldin tug‘ishlar, o‘lik tug‘ilishlar, abortlar, atonik qon ketishlar (bachadondan) bilan asorat beradi. Homilaga geðatit B, C, D yuqishi mumkin. Homiladorlarda geðatitning og‘ir o‘tishiga qaramay homilani sun’iy to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Chunki har qanday ginekologik, jarrohlik muolajalari, ayniqsa og‘ir holatlarda kasallikning kechi- shini yanada og‘irlashtiradi. Virusli geðatitni boshidan o‘tkazgan homilador ayollar shifoxonadan chiqarilgandan keyin ham qoldiq belgilar yo‘qolgunga qadar davolanishlari zarur. Bolalarda virusli geðatitning o‘ziga xos xususiyatlari. Kasallik ko‘ðincha et uvushishi, kuchli bosh og‘rig‘i va isitma bilan o‘tkir boshlanadi. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish va qorin sohasida og‘riq hamda ich ketishi kuzatiladi. Òerida skarlatinadagi kabi toshmalar uchrashi mumkin. Sariqlik bilan kechadigan shakllarida sariqlik kam rivojlanadi va qisqa muddatli bo‘ladi. Jigar birinchi kundanoq kattalashadi, jigar qattiq konsistensiyali bo‘lib kuchli og‘riq kuzatilmaydi. Bir vaqtning o‘zida taloq ham kattalashadi. Bolalar ahvolining yaxshi bo‘lishiga qaramay, ðarhez va jismoniy rejim buzilishi natijasida geðatit yo jigar sirrozi rivojlanishi mumkin. Òashxisi. Kasallik tiðik kechganda uni aniqlash alohida qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallikning o‘tkir boshlanishi, jigarda o‘zgarishlar, siydikning to‘q sariq tusga kirishi, najasning rangsizlanishi, keyinchalik esa sariqlikning ðaydo bo‘lishi tashxisni tasdiqlaydi. Laboratoriya tekshirishlari tashxis qo‘yishning asosi hisoblanadi. Qonning umumiy tahlilida leykoðeniya kuzatiladi, ECHÒ odatda normada bo‘lib, ba’zan kamayishi mumkin. Siydikda toksik xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatiladi, ya’ni unda oqsil, silindrlar va leykositlar aniqlanadi. Biokimyoviy tashxis usullari. Qonda bilirubin miqdori Yendrashik usulida aniqlanadi. Sog‘lom odamda qon zardobida bilirubin miqdori erkin (bog‘lanmagan) fraksiya hisobiga 8,5–20,5 mkmol/l ni tashkil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling