Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 205 2) jigar funksional sinamalari to‘liq tiklangan holda uning
o‘lchamining biroz kattalashganligi (1–2 sm); 3) jigar o‘lchami normallashgan va uning funksiyalari tiklangan holda tez charchash va skleralarda biroz sariqlik bo‘lishi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Suv ta’minoti va ovqatlanish bo‘yicha nazorat zarur. Pashshalarni yo‘qotish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhimdir. Parenteral yuqish mexanizmiga ega bo‘lgan virusli geðatitlar ðrofilaktikasi uchun donorlar ðuxta kuzatuvdan o‘tkaziladi va tekshiriladi (ayniqsa doimiy donorlar). B, D, C virusli geðatitlar bilan og‘rib tuzal- ganlar donor bo‘lishi mumkin emas. Gemotransfuziyalarni (ayniq- sa kam miqdorda ko‘ð sonli) cheklash katta ahamiyatga egadir. Ular faqat izchil ko‘rsatmalar asosidagina o‘tkazilishi mumkin. Jarrohlar va boshqa tibbiy xodimlar (sun’iy buyrak bo‘limlari, geðatit bilan og‘rigan bemorlar bo‘limlari xodimlari, laborantlar) bemorlar qoni bilan zararlanmaslikning barcha choralarini ko‘rishlari zarur. Parenteral muolajalarda ishlatiladigan barcha asboblar hamda ignalarni ðuxta sterillash alohida ahamiyat kasb etadi. Bemorlar albatta izolatsiya qilinadi va shifoxonaga yotqiziladi. Oxirgi bemor izolatsiya qilinib, dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgandan keyin kamida bir oy davomida o‘choqda tadbirlar va kuzatuvlar o‘tkaziladi. B geðatit bilan kasallanganlar shifoxonadan chiqaril- gandan 3, 6, 9 va 12 oydan keyin yuqumli kasalliklar kasalxonasida tekshiruvdan o‘tib turadilar. Sðetsifik ðrofilaktika uchun B geðatitga qarshi vaksinatsiya ðrofilaktik emlashlar taqvimiga kiritilgan. B geðatitga qarshi vaksina gen injeneriyasi usulida olinadi. «Engerix B» (Belgiya), «Recombivax B», «HB-vax II» (AQSh), «Kombitex LÒD» (Rossiya) gen injeneriyasi vaksinalari ma’lum va ijobiy natijalar bermoqda. Sust immunizatsiya maqsadida HBs ga antitelo yuboriladi. Bu maqsadda giðerimmunoglobulin B (IgHB) qo‘l- laniladi. Bu geðatit B bilan kasallangandan keyin ðlazmadan olingan ðreðarat bo‘lib, HBs ga qarshi yuqori (1:100000 va undan ham yuqori) titrdagi antiteloga ega. Preðarat mushak orasiga kattalarga 3– 5 ml, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga – 0,5 ml yuboriladi. Bu ðreðarat kasallik yuqtirish xavfi yuqori bo‘lganda ðrofilaktika maqsadida qo‘llaniladi. Odatda vaksina bilan birga (faol-sust immunlash) ishlatiladi. Bu vaqtda vaksina va immunoglobulin tananing turli sohalariga yuboriladi. 206 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Nazorat savollari 1. Virusli geðatitlar nima? 2. A, B, C, D va E geðatit viruslarini ta’riflang. 3. Virusli geðatitlarning yuqish yo‘llarini gapirib bering. 4. Virusli geðatitlar uchun qanday klinik belgilar xarakterli? 5. Yoshi qaytgan kishilarda virusli geðatitlar qanday kechadi? 6. Homilador ayollarda virusli geðatitlar qanday kechadi? 7. Bolalarda virusli geðatitlarning o‘ziga xos xususiyatlarini gapirib bering. 8. «Virusli geðatit» tashxisi qanday laboratoriya ko‘rsatkichlariga asosan qo‘yiladi? 9. Virusli geðatitlarni davolash haqida gaðirib bering. 10. Interferon ðreðaratlari haqida ma’lumot bering. 11. Virusli geðatitlar ðrofilaktikasi haqida gaðirib bering. 12. B geðatitning sðetsifik ðrofilaktikasi haqida gaðirib bering. 13. Giðerimmunoglobulin B qanday qo‘llaniladi? Ichak infeksiyalari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar 1. Vabo kasalligida arterial bosim oshadimi? A) ha; B) yo‘q. 2. Qorin tifi qoramollardan yuqadimi? A) ha; B) yo‘q. 3. Esherixiozda diðloðiya (buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi) kuzatiladimi? A) ha; B) yo‘q. 4. Ptoz (yuqori qovoqning osilib turishi) botulizmda kuza- tiladimi? A) ha; B) yo‘q. 5. Ichak infeksiyalariga qanday kasalliklar kiradi? A) salmonelloz, botulizm; B) difteriya, vabo; C) chinche- chak, qorin tifi; D) bakterial dizenteriya, esherioxioz; E) A va D. 6. Bakterial dizenteriya qo‘zg‘atuvchilari nima? A) salmonellalar; B) viruslar; C) shigellalar; D) rikketsiyalar; E) zamburug‘lar. Download 65.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling