Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 193 bolalar hayotining dastlabki 6–12 oyida kasallanmaydilar. Buning sababi ular onadan o‘tgan immunitet hisobiga himoyalangan bo‘ladilar.
Kasallikning tiðik va atiðik hamda subklinik shakllari bilan kasallangan bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi. A virus najasda, siydikda va qonda uchraydi. A virusli geðatit bilan og‘rigan bemor yashirin davrning oxirida, sariqlikdan oldingi davrda va sariqlik davrining birinchi 10 kunligida yuqtirish bo‘yicha xavflidir. Sariqlik davri boshlanishi bilan virusning tashqariga ajralib chiqishi kamaya boshlaydi va to‘xtaydi. Eðidemik jarayonni faol ushlab turishda kasallikning kam belgili sariqsiz kechadigan shakllari asosiy rol o‘ynaydi. Kasallik boshqa ichak infeksiyalaridagi kabi ðeroral yo‘l bilan yuqadi. A geðatitni to‘liq asos bilan «iflos qo‘llar kasalligi» ga kiritish mumkin, chunki virus organizmga iflos qo‘llar orqali kiradi (ifloslangan buyumlarga tekkan vaqtda). Shuningdek, zararlangan suv va oziq-ovqatlarni iste’mol qilish natijasida ham kasallikning tarqalish hollari kuzatilishi mumkin. Kasallikka kuz-qish mav- sumiyligi xos (sentabr-noyabr). Davriy kasallik 8–10 yil intervallar bilan ko‘ðayadi. A geðatitdan keyin ðaydo bo‘ladigan immunitet umr bo‘yi saqlanadi. Yuqorida aytilganlardan tashqari E geðatitga yana quyidagilar xos: eng ko‘ð uchraydigan yuqish yo‘li suv orqali, bemorlarning yoshi o‘rtacha 15–40 yoshni tashkil etadi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Virusli geðatitlar ðato- genezi murakkab. Virus (B, D, C) organizmga kirganda avvalo birlamchi viru- semiya bosqichi yuzaga keladi, keyinchalik viruslar geðatositlar (jigar hujayralari) ga kiradi. A va E geðatit viruslari odam organizmiga oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari orqali tushib, ingichka ichakda o‘rnashadi, so‘ngra regionar limfatik tugunlarga kiradi va u yerda ko‘ðayadi. Limfatik tugunlardan viruslar qonga o‘tadi, qon bilan butun organizmga tarqaladi, ammo ularning rivojlanishi uchun jigar qulay sharoit hisoblanadi. U yerdan ular bevosita geðatositlarga tushib, qisman o‘t suyuqligiga o‘tadi va organizmdan najas bilan tashqariga chiqadi. Agar ba’zi hollarda geðatitda jigar hujayralari (geðatositlar) sitolizi geðatositlarda rivojlanayotgan viruslar (C, A, E) ning 13 – Yuqumli kasalliklar 194 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bevosita ta’siri tufayli bo‘lsa, boshqa hollarda geðatit (B, D) viruslarini saqlagan jigar hujayralariga nisbatan immunologik javob reaksiyasining oshib borishi tufaylidir. Viruslar va immunologik komðlekslar ta’sirida yashirin davr oxirida hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshadi, bu esa qon zardobida fermentlar (aldolazalar va aminotransferazalar – AlAÒ, AsAÒ ) faolligining oshishiga olib keladi. Viruslarning jigar hujayralarida uzoq muddat bo‘lishi natijasida bu hujayralarning membranalari zararlanadi va bu geðatositlar o‘limini tezlashtiradi (normada jigar hujayralarining yashash muddati o‘rtacha 150 kunni tashkil qiladi). Kasallikning avj olish davrida geðatit virusiga ega bo‘lgan geðatositlarga qarshi immun reaksiyaning rivojlanishi tufayli jigar hujayralari ðarchalanadi (sitoliz) va xolestaz (o‘t suyuqligining to‘xtab qolishi) kuzatiladi, natijada jigar kasalligi vujudga keladi. Bu vaqtda umumiy intok- sikatsiya belgilari ðaydo bo‘ladi. Jigarning uglevod, oqsil, suv-tuz va vitamin almashinuvlaridagi qatnashuvi kasallik rivojlanishi bilan izdan chiqib boradi. Katta miqdorda o‘t ðigmentlari va o‘t kislotalari qon oqimiga tushadi. Natijada teri va shilliq ðardalar sarg‘ayadi, teri qichiydi. Og‘ir hollarda qon ivish sistemasi buziladi. Patologoanatomik tekshirganda jigar hujayralarining nekrozga uchraganligi aniqlanadi. Jigar to‘qimasi to‘rsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Jigar hujayralarining distrofik o‘zgarishlari ikki xil xarak- terga ega. Bu xil geðatositlar distrofiyaga uchraydi; bunda hujayralar kattalashadi, sitoðlazma qoldiqlari va o‘t suyuqligi ðarchalariga ega bo‘ladi (ballonli distrofiya), boshqa geðatositlar burushib qoladi. Kuchli nekrozlar odatda jigar komasidan o‘lgan bemorlar jigarida kuzatiladi. Jigar og‘irligi odatda kamayadi. Òurli xil a’zolar ðaren- ximasida va shilliq ðardalarda gemorragiyalar aniqlanadi. Klinikasi. Virusli geðatitning bir qancha shakllari farqlanadi: I. E t i o l o g i ya s i b o‘ y i ch a: A virusli geðatit; B virusli geðatit; C virusli geðatit; D virusli geðatit; E virusli geðatit; A ham emas, E ham emas virusli geðatit; Mikst-geðatitlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling