Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya


Download 65.48 Kb.
bet1/8
Sana06.02.2023
Hajmi65.48 Kb.
#1171153
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2



190 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bemorlar, vibrion tashuvchilar hamda tashqi muhitning zarar- langan obyektlari bilan aloqada bo‘lgan kishilarni aniqlash va ajratish; d) vaboga chalingan bemorlar va vibrion tashuvchilarni davolash; e) ðrofilaktik davolash; f) joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish.
Sðetsifik ðrofilaktika uchun vabo vaksinasi va xolerogen – anatok- sin qo‘llanadi. Vaksinatsiya eðidemik ko‘rsatmalarga asosan o‘tka- ziladi. Vaksina teri ostiga birinchi marta 1 ml, ikkinchi marta (7–10 kundan keyin) 1,5 ml yuboriladi. Xolerogen – anatoksin yiliga bir marta qilinadi. Revaksinatsiya eðidemik ko‘rsatmalarga asosan birlamchi immunizatsiyadan 3 oy keyin o‘tkaziladi. Preðarat kurak ostiga 0,5 ml yuboriladi (revaksinatsiya uchun).

Nazorat savollari



1. Nima uchun vabo o‘ta xavfli infeksiya (O‘XI) hisoblanadi?
2. Pandemiya nima?
3. Vabo vibrioni bemordan sog‘lom odamga qanday o‘tadi?
4. Nima uchun vaboda organizm kuchli suvsizlanadi?
5. Vaboning algid bosqichi nima bilan xarakterlanadi?
6. Vaboda tekshirish materialini olishda va bemorlar bilan
muloqotda bo‘lishda qanday qoidalar mavjud?
7. Vaboning eksðress tashxisi nimadan iborat?
8. Vaboni davolashning qanday xususiyatlari bor?
9. Vabo kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonadan chiqa-
rish qoidalari qanday?
10. Vaboda eðidemiyaga qarshi qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Virusli geðatitlar (viral heðatitis)


Virusli geðatitlar – virus tabiatli yuqumli kasalliklar hisoblanib, umumiy intoksikatsiya, sariqlik (yoki sariqliksiz), jigar zararlanishi va moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadi.
«Virusli geðatitlar» termini ostida barcha virusli geðatitlar – A, B, C, D, va E lar yotadi.
Etiologiyasi. «Virusli geðatitlar» termini quyidagi nozologik mustaqil shakllar – A, B, C, D, va E virusli geðatitlarni birlash-

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 191 tiradi. Bugungi kunda «A ham emas E ham emas» virusli geðatitlar farqlanadi.
A geðatit virusi 27–32 nm diametrda bo‘lib, RNK ga ega, qobig‘i yo‘q. Virus kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, efir va xloroform ta’sirida faolligini yo‘qotadi, qaynatilganda 5 minutdan keyin o‘ladi, xona haroratida quruq muhitda bir hafta davomida saqlanadi, suyuq muhitlarda, xususan suvda 3–10 oy, ekskrementlarda – 30 sutkagacha saqlanadi. Bu xususiyati uning suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida, turib qolgan suvlarda va tashqi muhitning boshqa obyektlarida uzoq muddat saqlanishiga zamin yaratadi.
B geðatit virusi DNK ga ega, vibrionning umumiy diametri 42– 45 nm bo‘lib, uning uch xil antigeni mavjud: 1) HBsAg; 2) HBcAg; 3) HBeAg. B geðatit virusi ðast va yuqori haroratlarga, kimyoviy va fizikaviy omillarga juda chidamli. Xona harorati sharoitida 3 oy saqlanadi; muzlatgichda – 6 oy; muzlatilgan holda – 15–20 yil, quritilgan ðlazmada – 25 yilgacha saqlanadi. Yetarli muddatda (30 minutdan ko‘ð) qaynatilsa, virusning faolligi yo‘qoladi. Virus 1– 2% li xloramin eritmasida 2 soatdan, 1,5% li formalin eritmasida esa faqat 7 kunlik eksðozitsiyadan keyin o‘z faolligini yo‘qotadi. Virus efir ta’siriga va ultrabinafsha nurlariga chidamli. Avtoklavda 120°C da virus faolligi 5 minutdan keyin, quruq issiqda (160°C) faqat 2 soatdan keyingina susayadi.
C geðatit virusi – qobiq bilan o‘ralgan yumaloq shakldagi mayda virus bo‘lib, diametri 50 nm ga teng, RNK ga ega. Virusning 30 dan ortiq genotiði ma’lum.
D geðatit virusi na tashqi, na ichki qobiqqa ega. U RNK ga ega. Virusning muhim xususiyati yordamchi virus (helðer virus) mavjudligiga bog‘liqligidir. Yordamchi virus rolini B geðatit virusi bajaradi, uning tashqi qobig‘iga D geðatit virusi o‘rnashib oladi.
E virus diametri 27–37 nm, ko‘ðincha 32–37 nm (ichak fer- mentlari ta’sirida virus mayda bo‘lakchalarga bo‘linib ketadi), RNK ga ega, qobig‘i yo‘q. Òashqi muhitning turli omillariga kam chidamli, laboratoriya sharoitida tez ðarchalanadi.
Keyingi vaqtlarda «A ham emas E ham emas» geðatit viruslari haqida ma’lumotlar ðaydo bo‘ldi. Bu virus haqida (keyinchalik «F» deb yuritila boshladi) ishonchli ma’lumotlar juda kam.
Eðidemiologiyasi. Virusli geðatit – turli yuqish mexanizmlariga ega bo‘lgan antroðonozdir. Eðidemiologik ahamiyatiga ko‘ra virusli


192 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya geðatitlar ikki guruhga bo‘linadi: ðarenteral hamda enteral yuqish mexanizmiga ega bo‘lgan virusli geðatitlar. Birinchi guruhga B, D va C, ikkinchi guruhga esa A va E virusli geðatitlar kiradi.
B geðatitning eðidemiologik ta’rifidagi xususiyati infeksiyada turli xil (tabiiy va sun’iy) yuqish yo‘llari va manbalarning mavjudligidir. Jahon Sog‘liqni Saqlash Òashkiloti materiallariga asosan har yili B geðatit bilan 50 mln dan ortiq kishi birinchi marta kasallikka chalinadi.
Kasallikning o‘tkir va surunkali shakllari infeksiya manbai hisoblanadi. Surunkali tashuvchilar muhim rol o‘ynaydi. O‘tkir shaklida yuqumlilik kasallikka chalingan vaqtdanoq boshlanib, organizmning to‘liq sanatsiyasigacha (sog‘liqni tiklash davri) davom etadi. B geðatitning surunkali shakllarida eðidemiologik xavfli davr chegaralanmagan.
Birinchi guruh virusli geðatitlarning yuqish mexanizmi juda ko‘ð bo‘lib, ulardan ðarenteral yuqish mexanizmi asosiy hisob- lanadi. Geðatitlar asosan qon orqali yuqadi. Kasallik yuqishi uchun juda kam miqdordagi zararlangan qon yoki zardob yetarlidir (qon
– 0,0005 ml). Asosiy yuqtirish omillari sifatida tibbiy muolajalar (agar ular yetarli sterillanmagan asboblar orqali amalga oshirilsa) alohida o‘rin tutadi (qon olish, venaga suyuqliklar yuborish, inyeksiyalar, oðeratsiyalar, stomatologik muolajalar, igna sanchib davolash va b.). Kasallik yuqishida mikrojarohatlar, giyohvandning venaga giyoh moddalarini qabul qilishi, quloq solinchagini teshish, tatuirovka (badanga naqshlar, rasmlar tushirish) qilish, umumiy ustaralardan foydalanish, (manikyur, tish cho‘tkalari va b.) ham katta ahamiyatga ega.
Sðerma, qin suyuqligi va hayz qoni yuqtirish omillari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun infeksiyaning jinsiy yo‘l bilan o‘tishi e’tiborga loyiqdir. Kam hollarda yuqish omillaridan biri sifatida so‘lak (o‘ðishganda yuqish) ham ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Chaqaloqlarga infeksiya yuqtirgan onalardan ðerinatal yuqtirish yo‘li bilan o‘tishi mumkin (infeksiyaning transðlatsentar o‘tishi). Mazkur guruh geðatitlari uchun mavsumiylik xarakterli emas.
A geðatit – enteral yuqish mexanizmi va eðidemik hamda sðo- radik tarqalishlar xususiyatiga ega bo‘lgan antroðonoz infeksiyalar uchun xarakterli bo‘lgan asosiy qonuniyatlarga mos keladi. Asosan bolalar (umumiy kasallanishning 70–80% i) kasallanadi. Lekin



Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling