Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 195
II. M a n i f e s t l i g i b o‘ y i ch a: klinik manifest shakllar Subklinik shakl; Inaððarant shakl (sog‘lom virus tashuvchilar). III. P a t o g e n e t i k m e x a n i z m u s t u n l i g i b o‘ y i ch a: S i t o l i z u s t u n l i g i b o‘ y i ch a: sariq shakli (tiðik); sariqsiz shakli. X o l e s t a z u s t u n l i g i b o‘ y i ch a: xolestatik komðonentli sariq shakli; sariq xolestatik shakli (atiðik). IV. K a s a l l i k n i n g o g‘ i r l i g i b o‘ y i ch a: yengil o‘rtacha og‘ir og‘ir fulminant (o‘ta og‘ir) shakli. V. K e c h i sh i b o‘ y i c h a: o‘ t k i r (siklik, ðrogrediyent) v a s u r u n k a l i . A virusli geðatitda yashirin davr 10 kundan 40 kungacha (ko‘- ðincha 25–30 kun), B geðatitda – 45 kundan 160 kungacha (ko‘ðincha 90–120 kun), E geðatitda esa 14 kundan 28 kungacha (ko‘ðincha 35–42 kun) davom etadi. Òiðik (sariq) shaklida yashirin davrdan keyin sariqlikdan oldingi, sariq davri va rekonvalessensiya (sog‘ayish) farq qiladi. Sariqlikdan oldingi davr disðeðsik, astenovegetativ, artralgik, griððga oid va aralash ko‘rinish bilan kechadi. Ko‘ðincha kasallik umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan boshlanadi. Bemorni eðigastral sohada va o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik va zirqirab turadigan og‘riq bezovta qiladi. Ich qotadi, lekin ayrim hollarda ich ketadi (disðeðsik sindrom). Ba’zan kasallik bo‘g‘imlarda (yelka, tizza), bel sohasida va mushaklarda og‘riq bilan boshlanadi. Bo‘g‘imlar sohasida shakl o‘zgarishi (deformatsiya) va qizarish (giðeremiya) kuzatilmaydi (artralgik sindrom). Asteno- vegetativ sindrom umumiy darmonsizlik, ish faoliyatining ðasa- yishi, ta’sirlanuvchanlik yoki uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i yoki bosh aylanishi bilan xarakterlanadi. Griððga oid ko‘rinish uchun quyidagilar xos: tana haroratining 38–39°C ga ko‘tarilishi, et 196 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya uvushishi, bosh og‘rig‘i, tumov va tomoqda og‘riq. Ko‘ðincha sariqlikdan oldingi davrda ikkita va undan ortiq sindromlar kuza- tiladi, lekin asosiysini ajratish imkoni bo‘lmaydi (aralash ko‘- rinish). Òana haroratining ko‘tarilishi – virusli geðatitning ko‘ð uchray- digan belgisidir. Isitma egri chizig‘i noaniq bo‘lib, sariqlik ðaydo bo‘lishi bilan harorat odatda normagacha tushadi. Sariqlikdan oldingi davrning oxirida siydik to‘q sariq rangga kiradi, keyinroq najas rangsizlanadi. Ko‘ðincha bir vaqtda yoki 1–2 kun keyin jigar kattalashadi. Kasallikning avj olish davri (sariqlik davri) sariqlik ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sariqlik skleralarda, til ostida, tanglayda aniqlanadi. So‘ngra yuz, gavda, qo‘l-oyoqlar terisi sarg‘ayadi (sariqlik aksincha tartibda yo‘qoladi). Siydik bilirubin hisobiga to‘q sariq rangda bo‘ladi, najas esa sterkobilin kamayganligi tufayli rangsizlanadi. Sariqlik intensivligi odatda kasallik og‘irligiga mos keladi. Bu davrda umumiy intoksikatsiya kuzatiladi: holsizlik, ta’sirchanlik, uyqu buzilishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish. Odatda bemor o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik hissi va eðigastral sohada og‘riq sezadi. Ba’zan sanchib turuvchi xurujsimon og‘riq (jigar distro- fiyasi boshlanishida) kuzatiladi. Uchdan bir qism bemorlarda teri qichiydi. Unda ko‘ðincha qashlangan izlar qoladi. Qichishish odatda kechasi kuchayadi. Òil ko‘ðincha karash bilan qoðlangan, quruqroq bo‘ladi. Qorinni ðayðaslaganda o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq seziladi. Muhim belgi – geðatomegaliya (jigar kattalashishi) ko‘ðchilik bemorlarda kuzatiladi. Jigar yuzasi silliq, konsistensiyasi o‘rtacha kattalikda yoki elastik bo‘ladi. Payðaslab ko‘rilganda og‘riydi (glisson kaðsulasi cho‘zilishi sababli). Asosan jigarning chað bo‘lagi kattalashadi. Intoksikatsiya kuchaygan hamda sariqlik ko‘ðayib borgan vaqtda jigarning qisqarishi o‘tkir jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi yomon belgi hisob- lanadi. Sariqlik davrida giðotoniya, bradikardiya va yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Ba’zan bemor burnidan qon ketadi (o‘t kislotalari ta’sirida kaðillarlar o‘tkazuvchanligining oshishi, qonda trombositlar kamayishi va jigarda ðrotrombin ishlab chiqilishining susayishi tufayli). Nerv sistemasi jigar funksiyasining buzilishiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling