Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Download 65.48 Kb.
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2
MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 197 kuchli sezgirlik bilan javob beradi, ko‘ð uxlash yoki uyqusizlik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
Rekonvalessensiya davrida kasallik belgilari asta-sekin yo‘qoladi, ishtaha ðaydo bo‘ladi, uyqusizlik va adinamiya yo‘qoladi, siydik rangi yaxshilanadi, najaz o‘z rangiga kiradi, asta-sekin jigar hajmi qisqaradi. Ko‘ðincha bemorlar sog‘ayadilar: sariqlik kamayadi, umumiy ahvol yaxshilanadi, ishtaha ðaydo bo‘ladi, disðeðsik holatlar yo‘qoladi, jigar funksiyasi tiklanadi, siydik och rangga kiradi, najas o‘z rangida bo‘ladi. Intoksikatsiya belgilari va biokimyoviy rivojlanish darajasiga qarab kasallikning yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir va fulminant (o‘ta og‘ir) shakllari farqlanadi. Virusli geðatitning yengil shaklida intoksikatsiya sust rivojlangan bo‘ladi yoki deyarli kuzatilmaydi. Ishtaha o‘rtacha, ko‘ngil aynishi doimiy emas, bemor odatda qayt qilmaydi. Qonda bilirubin miqdori aytarli oshmagan, boshqa biokimyoviy ko‘rsatkichlar nisbatan kam o‘zgargan bo‘ladi. Virusli geðatitning o‘rtacha og‘irlikdagi shaklida o‘rtacha intok- sikatsiya kuzatiladi – bemor o‘zini yomon his qiladi, holsizlik, bosh og‘rig‘i va bir necha bor qayt qilish kuzatiladi; gemorragik holatlar aniqlanib, tomir urishi tezlashishi mumkin. Jigar ko‘ðin- cha og‘riqli bo‘ladi. Biokimyoviy o‘zgarishlar kasallikning o‘rtacha og‘irlikdagi shaklida yengil shakliga qaraganda nisbatan kuchli rivojlanadi va uzoq vaqt saqlanib turadi. Virusli geðatitning og‘ir shaklida intoksikatsiya kuchli rivoj- lanadi: umumiy ahvol og‘irlashadi, bosh og‘riydi va aylanadi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq aniqlanadi. Yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘ladi, taxikardiya qayd etiladi. Sariqlik intensiv bo‘lib, ayrim hollarda terida turli toshmalar ðaydo bo‘ladi. Ishtaha yo‘qoladi, bemor qusadi, burundan qon ketishi mumkin, jigar sohasida og‘riq kuzatiladi. Qondagi biokimyoviy o‘zgarishlar jadal rivojlangan bo‘ladi. Ayrim hollarda kasallikning qayta zo‘rayishi va residivlar uch- raydi, bu esa kasallikning surunkali shaklga o‘tishini bildiruvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi. Surunkali shaklning yakuni ko‘ð hollarda surunkali geðatit va jigar sirrozi hisoblanadi. Kasallikning og‘ir shakllarining ðrogressivlanishida o‘tkir jigar yetishmovchiligi – jigar komasi rivojlanishi mumkin. 198 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Komadan xabar beruvchi belgilar quyidagilardir: bunda umu- miy darmonsizlik kuchayadi, bemor ko‘ð marta qusadi, ko‘ð uxlaydi, ayrim vaqtda qo‘zg‘alish va taxikardiya kuzatiladi, toksik nafas olish ðaydo bo‘ladi. Bu vaqtda sariqlik kuchayadi. Jigarni ðayðaslaganda odatda u og‘riydi, ayrim vaqtlar o‘ng qovurg‘a ostidagi juda kuchli og‘riq bezovta qiladi, jigar kichrayadi, bemorda gemorragik sindrom rivojlanadi. Koma uchun og‘ir jigar yetishmovchiligi tufayli kuzatiladigan markaziy nerv sistemasining kuchli o‘zgarishlari xosdir. Ko‘ðincha ðsixomotor qo‘zg‘alishlar namoyon bo‘ladi, bemor yotgan joyida ingrab o‘rnidan turib ketishga, qayergadir qochishga harakat qiladi, alahsiraydi. U ko‘ðincha baqiradi; vaqti-vaqti bilan klonik talvasa ðaydo bo‘ladi; bemor bezovtalanadi, harakatli qo‘zg‘alishlar uzoq davom etadigan uyqu bilan almashishi mumkin. Yurak tovushlari bo‘g‘iq, taxikardiya ko‘ðincha aritmiya, arterial bosimning ðasayishi va EKG ning o‘zgarishlari kuzatiladi. Gemorragik sindrom kucha- yadi. Bemor tez-tez qusadi, ba’zan qusuqda toza qon aniqlanadi, burundan, ichakdan qon ketadi, teriga qon quyiladi (ayniqsa inyeksiya joylariga). Harorat odatda 37,5–38°C gacha ko‘tariladi, lekin normada bo‘lishi ham mumkin. Ko‘ðincha og‘izdan nordon- shirin hid – «jigar hidi» keladi. Qorin yumshoq, ichkariga tortilgan yoki dam bo‘ladi. Jigar kichrayib, uning qirrasi yumshoq bo‘lib qoladi, ba’zan jigar tukillatib ko‘rilganda aniqlanmaydi yoki qovurg‘a yoyi yuqorisida nozik tasma shaklida aniqlanadi. Ko‘ðincha taloq kattalashadi. Òeri qoðlamlari va sklera intensiv sarg‘aygan, til qurigan, karash bilan qoðlangan bo‘lib, ba’zi vaqtda yuz va oyoqlar biroz shishadi, siydik kam ajraladi. Qonda bilirubin miqdori oshadi, moddalar almashinuvi izdan chiqadi. Koma tez avj olganda qisqa vaqtda jigarning toksik distrofiyasi natijasida kasallik o‘lim bilan tugashi mumkin. Sekin avj olganda jarayon cho‘zilib, o‘lim kechroq sodir bo‘ladi. Sariqsiz shakllari sariqlik bilan kechadigan shakllaridan sariqlik davrining yo‘qligi bilan farq qiladi. Kasallik bunda ham o‘tkir boshlanib, boshqa o‘zgarishlar ham sariqlikdagi kabi bo‘ladi (jigar va kimyoviy hamda boshqa o‘zgarishlar), lekin sariqsiz shakllarida jigar funksiyasining buzilishi kamroq namoyon bo‘ladi. Bu yengil shakllar hisoblanib, ammo surunkali shakllar va jigar sirrozi rivojlanishida sariqlik bilan kechadigan shakllaridan kam rol o‘ynamaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling