Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya


Download 65.48 Kb.
bet7/8
Sana06.02.2023
Hajmi65.48 Kb.
#1171153
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya-2

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari 203 holda qo‘llanishi ham mumkin. Keyingi yillarda essensial taklif qilindi. Preðarat kaðsulalar (Essensial forte) da va amðulalarda chiqariladi. Bu ðreðaratlar yuqori samarali ðreðaratlar hisob- lanmaydi. Keyingi yillarda kuchli geðatoðrotektor ta’siriga ega bo‘lgan ðreðaratlardan kaliy orotat, riboksin va sitoxrom keng qo‘llanilmoqda. Kaliy orotat ichishga 0,25–0,5 g (ovqatdan 1 soat oldin) kuniga 2–3 marta tayinlanadi. Davolash kursi 2–4 hafta davom etadi. Riboksin ichishga kuniga 2–3 tabletkadan (0,4–0,6 g) 3 mahal beriladi. Sitoxrom S ðarenteral yuborish uchun (mushak orasiga yoki venaga tomchilab) 0,25% eritma (4–8 ml) holida qo‘llaniladi.
Virusli geðatitlarni davolashda kimyoteraðevtik ðreðaratlardan adenin-arabinozid (ARA-A) va uning sintetik analogi adenin- arabinozid-monofosfat (ARA-AMF), ribaverin (vidarabin), asiklovir, foskarnet, ðansiklovir, amantadin va boshqalar sinab ko‘rilgan va samarali natijalar olingan. Preðaratlar venaga tomchilab yuborish uchun tayinlangan: sutkasiga adenin-arabinozid 5–15 mg/kg, asiklovir – 1,8–5 mg/kg dan uzoq muddatlar (3 haftaga) ga tayinlangan. Asosan ular ko‘ðincha surunkali faol B geðatitlarda qo‘llanilgan.
B virusli geðatitlar infeksiyasida interferon bilan davolash keng qo‘llanilmoqda. Virusga qarshi sintetik ðreðaratlardan farqli inter- feron tabiiy hosil bo‘luvchi hujayra oqsili hisoblanib, viruslarning o‘rnashib olishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bugungi kunda klinik ama- liyotda interferonning turli ðreðaratlari qo‘llanilmoqda. B geðatit bilan kasallangan bemorlarni davolashda alfa-interferon katta ijobiy natijalar bermoqda. Alfa-interferonning quyidagi ðreðaratlari farqlanadi: natural ðreðaratlar – vellferon, leykinferon, egiferon, alferon; rekombinant ðreðaratlardan – intron-A, realdiron, roferon, reaferon, viferon va konsensus. O‘tkir B virusli geðatitda surunkali shaklga o‘tish xavfi bo‘lganda interferon sutkasiga 2–3 mln XB miqdorda qo‘llaniladi. Preðarat mushak orasiga yoki teri ostiga har kuni yuboriladi, so‘ngra kunora 4 hafta davomida qo‘llaniladi.
Interferonni qo‘llaganda griððga oid sindrom – tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, et uvushishi kabi belgilar kuzatilishi mum- kin. Òana harorati odatda inyeksiyadan keyin ko‘tariladi. Bunday asoratlar odatda interferon miqdoriga bevosita bog‘liq. Shuning


204 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya uchun uning sutkalik miqdori ikki marta 12 soatli oraliq bilan yuboriladi yoki sutkalik miqdor uxlashdan oldin kechki soatlarda tayinlanadi. Griððga oid belgilar kuchli rivojlanganda ðarasetamol yoki indometatsin beriladi. O‘tkir B virusli geðatitlarni davolashda ðreðarat qisqa kurslarda tayinlanadi va shuning uchun bunda davoni to‘xtatishga sabab bo‘ladigan asoratlar kuzatilmaydi. Interferonning kuchli nojo‘ya ta’siri ko‘ðincha B, C va D geðatitlarni davolash uchun yuqori miqdorda tayinlanganda va uzoq muddat (ko‘ð oylar davomida) davolashda kuzatiladi.
Glukokortikosteroidlar ðatogenetik dorilar hisoblanib, intok- sikatsiya, yallig‘lanish jarayonlari va allergik reaksiyalarni kamay- tiradi. Ular kasallikning og‘ir, ko‘ðincha esa o‘rtacha og‘ir va surunkali shakllarini davolashda asosiy o‘rin egallaydi. Mam- lakatimizda gidrokortizon va uning analoglari: ðrednizolon (ko‘ðin- cha), ðrednizon asetat, triamsinalon, deksametazon qo‘llanadi.
Òerida kuchli qichishish kuzatilganda badanni namlangan mate- rial bilan o‘rash, mentol surtish, antigistaminlar (fenkarol, diazolin, zaditen, tavegil) tayinlanadi.
Odatda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi qo‘shimcha yallig‘- lanish jarayonlar qo‘shilganda va kortikosteroidlarni qo‘llashda antibiotiklar buyuriladi.
Glukoza, ðlazma va boshqa ðreðaratlardan tashqari qon o‘rnini bosuvchi ðreðaratlar hamda kichik molekular suyuqliklar ham antitoksik va diuretik moddalar sifatida ishlatiladi. Ular asosan absorbentlar, diurezni kuchaytiruvchi ðreðaratlar, qon aylanishini yaxshilaydigan va boshqa ðreðaratlar sifatida qo‘llanadi. Ularga kichik molekular tuzilishga ega bo‘lgan ðolivinol, gemodez, neokom- ðensan kiradi.
Virusli geðatitlardan sog‘ayganlarni shifoxonadan chiqarish kriteriylari klinik sog‘ayish va jigar funksional sinamalarining normaga kelishidir.
Shifoxonadan chiqarishda quyidagi qoldiq o‘zgarishlarga ruxsat etiladi:
1) jigar normaga kelganda va qon zardobida bilirubin miqdori normallashganda AlAÒ faolligi hamda timol sinamasining biroz miqdorda yuqori bo‘lishi;


Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling