Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari. Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari
Download 2.48 Mb.
|
1-2 Kirish.rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun’iy immunitet
- Etiboringiz uchun raxmat!!!
Orttirilgan immunitetbu odam organizmi yoki hayvonning shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta spetsifiklik bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mumkin. Yuqumli kasallikdan keyin paydo bo‘lgan immunitet har xil muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u gripp, dizenteriyada qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli bir umr saqlanadi.Sun’iy immunitetorganizmni yuqumli kasalliklardan asrash uchun sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Sun’iy immunitet 2 xil bo‘ladi: faol (aktiv) va faol bo‘lmagan (passiv). Vaksinalar ta’sirida hosil qilinadigan immunitet faol immunitet hisoblanadi. Chunki, bunda organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan spetsifik antitelolar sintezlanadi (bunda organizm faol qatnashadi). Bunday immunitet organizmni uzoq vaqtgacha mazkur kasallikdan asraydi.Faol bo‘lmagan (passiv) immunitet organizmga boshqa immun organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida paydo bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (passiv) immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.Faol bo‘lmagan (passiv) immunitet organizmga boshqa immun organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida paydo bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (passiv) immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.Profilaktik emlashlar (vaksinatsiya) reja asosida o‘tkaziladi. Yuqumli kasalliklar bilan kurashishda erishilgan yutuqlar asosan emlash bilan bevosita bog‘liqdir. Kelajakda ayrim yuqumli kasalliklarni tugatish ishlari ayni shu asosda amalga oshiriladi.Etiboringiz uchun raxmat!!!Etiboringiz uchun raxmat!!!Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling