Yuqumli kasalliklar, infeksiyaning tarqalishi va


Download 81.5 Kb.
bet4/7
Sana25.01.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1120929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maftuna xvf

Davosi. Kasallikni davolashda yaxshi tashkil etilgan gigiyenik shart-sharoitlar, yaxshi parvarish, sifatli ovqatlantirish va bemorni ikkilamchi infeksiyalardan saqlash kabilarni ahamiyati katta.
Bollarda qizamiqqa qarshi immunizatsiya L-16 qizamiq vaksinasi bilan o’tkaziladi. Tirik vaksinalar bilan qizamiqqa qarshi emlashlar 10 oylikdan boshlab 8 yoshgacha o’tkaziladi. Qizamiq bo’lgan bolalarga 12 oylik bo’lganda davolash yoki profilaktika maqsadida immunoglubin qilinganda o’zida qizamiqqa qarshi antitelolar tutgan qon preparatlari yuboriladi yoki qon quyilganda vaksinatsiya o’tkaziladi. Qizamiq vaksinasi qo’llashda 3 oydan keyingina ruxsat etiladi. Tirik vaksina bilan vaksinatsiya o’tkaziladigandan so’ng 2 hafta o’tgach, immunoglobulin qilish mumkin.
Qizilcha.
O’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yengil intoksikasiya belgilari, dog’li papulyoz toshmalar, orqa bo’yin, jag’ oldi limfa tugunlari kattalashishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchi juda kam yuqumli, tashqi muhitga chidamsizligi bilan ajralib turadigan virus. Yuqori nafas yo’llari, shilliq qavatlari kirish darvozasi bo’lib xizmat qiladi.
Klinikasi. Inkubatsion davri 2 kunidan 22 kunigacha, o’rtacha 15-20 kun davom etadi. Kasallikning prodromal davri bir oz isitma ko’tarilishi bilan, ba’zan bilinmay o’tib ketadi. Kasallik ensa va orqa bo’yin limfa tugunlarining kattalashishi bilan boshlanadi. Kasallik boshlanganda 1-3 kun o’tgach, yuzda, bo’yinda tez orada (ba’zan bir necha soatda) butun tanaga tarqaladigan qizil toshmalar paydo bo’ladi. Toshmalar dog’li papulyoz ko’rinishda bo’lib, xuddi qizamiq toshmalariga o’xshaydi. Ba’zi toshmalarning kattaligi to’g’nog’ichdek bo’lsa, ba’zilari esa yasmiq doniek keladi.
Ular asosan qo’l oyoqlarda, orqa va dumbada paydo bo’ladi. Isitma normal yoki ko’tarilganda (38Cdan oshmaydi)bo’lishi mumkin. Og’iz shilliq qavatida enantema (toshma) kuzatiladi.
Davolash. Shart emas. Bemor toshma toshgan kundan boshlab 6 kungacha alohida yotishi lozim.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling