Yuqumli kasalliklar, infeksiyaning tarqalishi va
Download 81.5 Kb.
|
maftuna xvf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldini olish
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bemor odam, u kasallikning 1 kunidan boshlab, to 4-6 haftasigacha atrofdagilar uchun xafli. Asosan 1 – 5 yoshdagi bolalar kasallanadi.
Klinikasi. Yashirin davri 3-14 kun. Kasallik kechishida 3 davrfarqlanadi. Kataral dari - quruq yo’tal, ba’zan haroratning ko’tarilishi va yuqori nafas yo’llarida biroz kataral belgilar bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik yo’tal zo’rayib boradi va kasllikning 10-12 kunlariga kelib spazmatik davri boshlanadi. Bunda bola vaqti – vaqti bilan qisqa – qisqa, biroq tez – tez va ustma – ust yo’taladi va oxirida chuqur shovqinli nafas oladi (repriz). Yo’tal paytida yopishqoq balg’am ajraladi va ba’zan bola qusadi. Spazmatik davr 2-8 hafta, ba’zan ortiqroq davom etadi. Tuzalish davrida xurujlar kundan – kunga kuchsizlanib va kamayib boradi va bola sog’ayib ketadi. Tashxisi. Kasallik tashxisiqo’zg’atuvchiniu aniqlash, ya’ni bakteriologik usul bilan xal etiladi. Bu maqsadda “yo’tal plastinkasi” yoki pastali tampon usullaridan foydalaniladi. Flyuorestsentsiyalanuvchi antitelolarni aniqlash usulidan foydalanish va vaqt tashxis qo’yish imkonini beradi. Davolash. Ko’kyo’talni davolashda bolaning doimiy toza havoda bo’lishi, yo’tal qo’zg’atishi mumkin bo’lgan noxush omillardan saqlanishi, ko’p uxlashi va to’g’ri ovqatlanishini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bolani qiziqarli o’yin bilan qilish yo’tal xurujlarini ancha kamaytiradi. Antibiotiklar ( ampitsilin, streptomitsin, levomitsetin va b) kasallikning boshlangiya davrida yaxshi samara beradi. Kasallikka qarshi spetsfik immunoglobulin qo’llash yaxshi natija beradi. Oldini olish. Tashxisi aniqlangan yoki ko’kyo’talga shubxa qilingan bemor darxol alohidalanadi. U bilan muloqotda bo’lgan bolalar 14 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo’ladilar. Bemor bilan muloqotda bo’lgan 6 oylikgacha bolalarga gamma – globulin yuboriladi. Ko’kyo’talga qarshi spetsifik emlash o’zbekistonda qabul qilingan taqvimiy rejaga ko’ra AKDS bilan kuzatiladi. Bemor kasallik boshlangan kunidan 30 kun davomida aloxidalanadi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling