Yuqumli kasalliklar, infeksiyaning tarqalishi va


Download 81.5 Kb.
bet3/7
Sana25.01.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1120929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maftuna xvf

Etiologiyasi. Kasallik qo’zg’atuvchisi juda “uchuvchan”, tashqi muhitga chidamsiz bo’lgan filtirlanuvchi virusdir. Qizamiq virusi piramiksoviruslar oilasiga kirib, tarkibida RNK – polimeraza, murakkab antigenlar tutadi. Virionning asosiy subbirliklari – gemaglyutilin, gemolizin, nukleokaspid va membrane oqsili immunogenligi darajasi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Qo’zg’atuvchi antibiotiklarga ancha chidamlidir.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai faqat qizamiq bilan og’rigan bemor bo’lib, u kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lgan davridan boshlaboq atrofidagilar uchun xavfli bo’lib qoladi. Ammo xastalikning 5 kuniga kelib (pnevmoniya asoratlari bo’lgan2-kunidan boshlab), yuqumlilik xususiyatiniyo’qotgan va atrofidagilar uchun xavfsiz bo’lib qoladi. Infeksiya asosan havo tomchi yo’li bilan tarqaladi. Kasallikka moyillik onalari qizamiq bilan og’rib o’tgan, uch oylikkacha bo’lgan chaqaloqlardan boshqa hamma yoshdagi odamlarda ham juda yuqoridir. Yuqumli darajasi 90-95% ni tashkil qiladi. Qizamiq bilan ko’proq kasallanish 1 yoshdan tortib 4-8 yoshgacha bo’lgan bolalarda qayd etiladi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri9-10 kunida14 kungacha kamdan-kam 17 kungacha, passiv immunizatsiyaolgan bolalarda 21 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik uch davrga bo’linadi. 3 kundan 5 kungacha cho’ziladigan katta prodromal davri, toshma toshish( 3 kun) davri va 2 haftagacha cho’ziladigan rekonvalessentsiya davri shular jumlasidandir. Kasallikning birinchi davriga behollik, isitmaning ko’tarilishi, tumov, yo’tal va konyunktivit xos bo’ladi. Yana muhim tasgxisiy belgilaridan biri lunj shilliq pardasi qizil rangli ingichka gardish bilano’ralgan mayday dog’-Belksiy-filatov-koplik dog’lar va qattiqtanglayda egzatemalarning paydo bo’lishidir. Toshma toshish davrida qaytadan isitma ko’tariladi. Toshmadog’simon populyoz ko’rinishda bo’lib, 1-kuni quloqlar orasini, 2-kuni gavdani, 3-4 kunlari qo’l-oyoqlarni qoplaydi. Toshma toshishining 4-kunidan boshlab toshma qanday paydo bo’lgan bo’lsa, xuddi shunday yo’qola boshlaydi va pigmentatsiya davrida o’tadi.
Toshma qaytayotganda teri qipiqsimon mayday po’st tashlaydi. Bu davrga kelib, isitma pasayadi kartaral holatlar kamayadi, bemorning umumiy ahvoli yaxshilana boshlaydi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling