Юрак аритмиялари
Kasallik tarixi (anamnesis morbi)
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot tarixi (anamnesis vitae)
- UMUMIY TEKSHIRISH USULLARI
Kasallik tarixi (anamnesis morbi)So'rab - surishtirishda kasallik belgilarini paydo bo'lish vaqtini aniqlash juda muhim (og'riq, yurak urib ketishi, hansirash, arterial qon bosimini ko'tarilishi). Shuningdek, ulaming xarakteri, bemor boshdan kechirgan infeksiyalar va boshqa kasalliklar, shikoyatlaming sovqotish, jismoniy zo'riqish bilan bog'liqligi va mavjud belgilaming keyingi rivojlanib borishi aniqlanadi. Qanday davo choralari o'tkazilgan va kasallik kechishiga ulaming tasiri o'rganiladi. Kasallikni qaytalanishi kuzatilganda bu holatning nima bilan bog'liqligi va qanday kechganligi so'raladi.Hayot tarixi (anamnesis vitae)Yurak kasalligini rivojlanishiga olib keluvchi sabablarga alohida etibor beriladi. Yurak qon-tomir tizimi zararlanishiga sabab bo'ladigan va ilgari boshdan kechirgan revmatizm, tez- tez takrorlanib turuvchi angina, bo'g'ma, zaxm kasalliklari to'g'risida aniq malumotlar yig'ish zarur. Noqulay hayot va mehnat sharoitlarini (zax va sovuq ish joyi, ruhiy zo'riqishlar, kam harakatli hayot tarzi, ovqatlanishdagi tartibsizliklar, kasbiy zararlar), zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklami suiistemol qilish) so'rab surishtiriladi. Yurak kasalliklariga bo'lgan nasliy moyillik to'g'risida ham (ota-onasi, yaqin qarindoshlaridagi yurak kasalliklari) malumot yig'iladi. Ayollardan homiladorlik qanday kechganligi, tug'ruq, klimakterik davr to'g'risida so'raladi. Chunki ayrim hollarda homiladorlik davrida yurak qon- tomir tizimi kasalliklarining belgilari paydo bo'lishi mumkin.UMUMIY TEKSHIRISH USULLARIKorikU quyidagicha o'tkaziladi: ♦ Umumiy ko'rik; Yurak sohasi ko'rigi; ♦ Tomirlar ko'rigi. Umumiy ko’rik Umumiy ko‘rikda e’tibor beriladi: Bemoming umumiy ко ‘rinishiga; Bemor holatiga; Teri va ко 'rinib turgan shilliq qavatlar rangiga; Shish bor-yo'qligiga; Oyoq va qo 7 barmoqlarining oxirgi falangalari shakliga; Qorin konfiguratsiyasiga va boshqa qator belgilarga. PAYPASLASH Yurak sohasini paypaslash quyidagilarga imkon beradi: > Yurak choqqi turtkisini baholash; Yurak turtkisi borligini aniqlash; > Pulsatsiya mavjudligi va uni korinishini aniqlash; > Kokrak qafasida titrash borligini aniqlash «mushuk xirillashi» simptomi. Kerakli sharoit va asboblar: santimetrli lenta, yaxshi yoritilgan xona, bemorga jarayon mazmunini tushuntirish va undan beligacha yechihishni sorash. Vrachning barmoqlari iliq, tirnoqlari kalta qilib olingan bolishi lozim. Yurak choqqi turtkisini baholash Yurak cho'qqi turtkisi - chap qorinchadan kelib chiqadigan va kokrak qafasi yuzasiga uriladigan zarba tebranishlarini aks ettiradi. Harakatlar ketma-ketligi Bemor chalqanchasiga yotgan holatda (turgan yoki o'tirgan holatda ham bo'lishi mumkin) Shifokor bemorga ong tomondan yondoshishi lozim Agar bemor ayol kishi bolsa, u holda chap sut bezini yuqori va o'ng tomonga siljitish iltimos qilinadi (o'ng tomonda mos ravishda) Awal ong qo'l kafti bemoming ko'krak qafasiga - qol asosi tosh tomonga yonalgan bo'lishi kerak, barmoqlar esa qo'ltiq ostiga IV- VII qovurg'a sohasiga qo'yiladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling