Yurak glikozidlarni saqlovchi o’simliklar


Download 10.31 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi10.31 Kb.
#1800466
1   2   3   4
Bog'liq
Yurak glikozidlarni saqlovchi o’simliklar

Dorivor preparatlari:
Strofantin-K (0,05%li eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi)
Bahorgi Adonis-Adonis Vernalis.
Ayiqtovondoshlar-Ranunculaceae oilasiga kiradi
Adonis o’simligining turlari juda ko’p.
Tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan adonis turlari quydagilar:
Turkiston adonisi, Amur adonisi, Sibir Adonisi, Tyanshan adonisi.
Tayyor maxsulot o’simlikning poyasi, bargi, guli va mevalarining aralashmasidan iborat.Poyning uzunligi 10-30 sm, unda gullar yoki ko’proq mevalar boladi. Bargi panjasimon 5 ga ajralgan, shundan 2 ta pastki bo’lagi kalta, qolgan 3 ta bo’lagi bir-biriga teng.
Guli yirik, quritilganda diametri 3,5 sm bo’ladi.Mevasi ko’p yong’oqli bo’lib, umumiy ko’rinishi cho’ziqsharsimon, uzunligi 20 mm. Mahsulotdan simain, adonitoksin va boshqa yurak glikozidlari hamda flavon glikozidlari ajratib olingan
Ishlatilishi:
Adonis o’simligining preparati yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.Adonis preparatlari kumulativ xossaga ega bo’lmagani sababli surunkali yurak porogini davolashda doim ishlatish mumkin.
Dorivor preparatlari. Yangi Galen preparati- Adonizid(15 ml dan shisha idishda chiqariladi), quruq adonizid (tabletka holida chiqariladi), quruq ekstrakt, damlama. Adonisning quruq ekstrakti Bexterov tabletkasi(draje) hamda adonis-brom tabletkasi va yurak kasalligida ishlatildigan boshqa kompleks preparatlar tarkibiga kiradi
Marvaridgul yerustki qismi- Herba Convallariae
May Marvaridguli- Convallaria majalis
Lolaguldoshlar-Liliaceae
Marvaridgul turlari ko’p yillik, boyi15-30 sm ga yetadigan ot o’simlik. Tayyor mahsulot o’simlik gulidan, bargdan yoki yerustki qismidan(barg,gulo’qi va gullaridan)tashkil topgan.Bargi oddiy, ellipsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali, har iki tomoni tuksiz, yashil rangli, qinli bo’lib yoysimon tomirlangan .Bargning uzunlugi 10-20 sm.Gulo’qi uch qirrali, och yashil, tuksiz ,bir tomonlama siyrak joylashgan shingil to’pgul bilan tamomlanadi.Guli oq yoki sariq-oq rangli, gulqorg’oni oddiy,oltita tishli qo’ng’iroqsimon gultojisidan iborat.Otaligi 6 ta , onalik tug’uni uch xonali, yuqoriga joylashgan .Mahsulot kuchsiz hid va achchiq mazaga ega.

Download 10.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling