Kimyoviy tarkibi.O’smlikning hamma qismi tarkibida yurak glikozidlari bo’ladi.Gulidan Konvallatoksin glikozidi ajratib olingan. Bargning tarkibida 0,1% yurak glikozidlari yig’indisi bor. Glikozidlar yig’indisidan konvallotoksin,konvallotoksol, glukonvallazid, konvallazid va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan.Yurak glikozidlaridan tashqari, bargda 15 tagacha flavonoidlar, konvallarin saponini va boshqa birikmalar bor. Konvallarin saponini ichakning shilliq qavatlarini hamda buyrakni ta’sirlash xossasiga va surgi xususiyatiga ega
Ishlatilishi. Marvaridgul o’simligining preparatlari yurak kasalliklarini (yurak porogi, yurak ishining surunkali va chuqur buzilishi, kardioskleroz va yurak nevrozi) davolashda ishlatiladi.
Dorivor Preparatlari. Barg va gul nastoykasi,korglikon(barg glikozidlarining yig’indisi bo’lib 0,06% li suvdagi eritma holida 1 ml dan ampulalarda chiqariladi). Marvaridgul preparatlari yurakka ta’sir etuvchi har xil kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Keyske marvaridgulining bargidan konvaflavin(tabletka holidagi flavonoidar yig’indisi) preparati olingan va o’t haydovchi vosita sifatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |