Yurak qon tomir tizimi


Yurak qon- tomir tizimi holatini baholash


Download 116.72 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi116.72 Kb.
#1651549
1   2   3
Bog'liq
YURAK QON TOMIR TIZIMI

Yurak qon- tomir tizimi holatini baholash
Ko’rik. Ko’rik asosan bemor holatini, gavdani tutish vaziyatini, terining rangini aniqlashdan boshlanib, bunda yurak qon-tomir kasalligi natijasida ko’zga ko’ringan o’zgarishlarni baxolash katta axamiyatga ega bo’ladi. Bolaning jismoniy o’sishdan orqada qolishi yurak hastaligi uzoq davom etib, gemodinamikani va to’qimalar trofikasini davomli buzulganligidan dalolat beradi. Agar bolaning yuqorigi va pastki tana tuzilishida disproportsiya holati kuzatilsa, ayniqsa tananing yuqorigi qismi yaxshi o’sib, tananing pastki qismi qo’l -oyoqlari o’sishdan orqada qolgan bo’lsa aorta anomaliyasi (koarktatsiya)ni gumon qilish mumkin.
Terining ko’karishi-qon aylanishning yetishmovchiligida qonda O2ning kamayishi xisobiga kuzatiladi. Yurak kasalliklarida ko’karish akrotsianoz ko’rinishida (barmoq uchlari, burun uchi, lab, qo’l va oyoq kaftida) bo’ladi. Bunda teri marmarsimon ko’rinishda bo’lib, ushlab ko’rganda doimo sovuq, yopishqoq bo’ladi. Ko’k-zangori tarqoq rang ba’zan aortani tug’ma nuqsonlarida, Teri va shilliq qoplamlarning oqarishi odatda klapanlarining yetishmovchiligida, yurak ichki pardasining yallig’lanishida (endokardit), kollapsda uchraydi. Septik endokarditda teri qoplami sutli kofe rangini eslatadi. Mitral teshigining stenozida lunjida oqarish bilan binafsha va malina ranglari birlashmasi «qizillik yugirish» (facies mitralis) kuzatiladi.
Ko’rish jarayonida shuningdek, barmoqlarning tashqi ko’rinishi, qo’l va oyoq tirnoqlariga e’tibor berilishi lozim. Qo’l va oyoq barmoqlarning «nog’ora tayoqchasi», tirnoqlarning «soat shishasi» ko’rinishida bo’lishi og’ir tug’ma yurak nuqsonlarida, surunkali zotiljamda, bronxoektaziya (bronxlarning kengayishi) kasalliklarida uchraydi.
Tananing yurak joylashgan qismini ko’zdan o’tkazganda, u yerda yurak usti do’ngligini (yurak bukurligi) ko’rish mumkin, ya’ni bu yerda ko’krak qafasi bir tekisda bo’rtib chiqqan bo’lib, bu bolada yurak gipertrofiyasi mavjudligini va u ancha kattalashganini ko’rsatadi. Agar yurak gipertrofiyasi, ko’krak qafasi to’liq rivojlanmagan hali yumshoq paytidan boshlangan bo’lsa, bu o’zgarish yanada sezilarli bo’ladi. Perikarditda, yurak oldi xaltasiga suyuqlik yig’ilganda ham shunday manzarani kuzatish mumkin.
Ko’rish jarayonida yana uyqu arteriyasini pulsatsiyasini (uyqu arteriyasining kuchli pulsatsiyasiga «karotid puls) deyiladi hamda bo’yin venalarining bo’rtib turishini kuzatish mumkin. Odatda sog’lom bolalarda uyqu arteriyasini kuchsiz pulьsatsiyasi kuzatiladi. Pulsatsiyani kuchli bo’lishi aorta klapanining yetishmasligida kuzatiladi. Bo’yin venalarining bo’rtishi va pulsatsiyasi asosan patologik holatda uchrab, qon tomirda, o’ng bo’lmachada dimiqish mavjudligini ko’rsatadi. Bo’yin venasini pulsatsiyasi uch tabaqalik klapanning yetishmovchiligida uchraydi.

Download 116.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling