Yurak qon tomir tizimi
Sog’lom bolalarda yurak cho’qqisi zarbining yoshiga qarab joylashishi
Download 116.72 Kb.
|
YURAK QON TOMIR TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak cho’qqisini aniqlash.
- Bilak sohalarida pulsni aniqlash.
- Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash.
- Son va to’piq arteriyasida pulsni aniqlash.
Sog’lom bolalarda yurak cho’qqisi zarbining yoshiga qarab joylashishi
Yurak cho’qqisini aniqlash. Yurak urishi zarbi - bu umuman yurakning shu jumladan o’ng qorinchaning qisqarishidan ko’krak qafasining tebranishi bo’lib, bu tebranish to’sh va epigastral sohaga tarqalishi mumkin. Bu holat sog’lom bolalarda kuzatilmaydi. Yurak urishi zarbining kuzatilishi yurak chegarasining umuman, ayniksa ungga kengayganligidan dalolat beradi. Paypaslash usuli bilan dastlab, bolaning pulsi tekshiriladi. Pulsni chakka, bilak, uyqu, son, tizza osti, katta boldir orqasi, arteriyalarida ham oyoq yuzi orqa arteriyasini paypaslash usulida tekshirib ko’rish mumkin. Ammo odatda pulsning xususiyati asosan bilakning nur arteriyasida tekshirib aniqlanadi. Bolalarda nur arteriyasini paypaslash xuddi kattalardagidek, qo’lni yurak satxida joylashtirilib, ung kul bilan kaft bilak soxasida ichki tomondan erkin ushlanib, bunda tekshiruvchining bosh barmogi bilakning orka tomonidan urab, kursatgich va urta barmoklar bilan arteriya paypaslash kilinadi. Pulьs bilak mushaklarini bush tutgan xolda, bolani utirgan yoki yotgan xolatida tekshiriladi. Dastlab pulьs bir vaktda ikki kulda, agar ularning xolatida fark bulmasa, ung kulda tekshiriladi. Paypaslash vositasida pulьs tekshirilganda uning soniga, ritmiga tulikligiga, tarangligiga va formasiga e’tibor kilinadi. Pulьs soni bir dakikadan kam bulmagan vakt davomida sanaladi. Bolalarda pulьs juda uzgaruvchan bulib, pulьsning xakikatga yakin bulgan kursatgichini, ertalab uykudan uygonish bilan xali urnidan turmagan xolda tekshirgandagina olish mumkin. Lekin amalda kupincha puls bolani 10-15 daqiqa davomida tinchlantirib keyin tekshirish lozim. Bolalarda puls sonini me’yordan 10-15% kam yoki ko’p bo’lishi me’yorli holat deb hisoblash mumkin. Bilak sohalarida pulsni aniqlash. Me’yorda puls soni yangi tug’ilgan chaqaloqlarda 135 -140 marta, 6 oyda 130-135 marta, 1 yoshda 120-125 marta, 2 yoshda 110-115 marta, 3 yoshda 105-110 marta, 4 yoshda 100 - 105 marta, 5 yoshda 98 - 100 marta, 6 yoshda 90 - 95 marta, 7 yoshda 85 -90 marta, 8 yoshda 80 - 85 marta, 9 yoshda 80 - 85 marta, 10 yoshda 78 - 85 marta, 11 yoshda 78 - 84 marta, 12 yoshda 72 - 82 marta, 13 yoshda 72 - 80 marta, 14 yoshda 72 - 76 marta, 15 yoshda 70 - 78 martaga teng bo’ladi. Pulsning tezlashishi - taxikardiya sog’lom bolalarda hayajonlanishda, jismoniy zo’riqishda, ovqatlanganda, bemorlarda tana harorati ko’tarilganda (tana harorati 1° ko’tarilsa puls tezligi 10-15 taga oshadi) buqoq bezi faoliyati ortganda (giperterioz), infeksion kasalliklarda, peritonitda, kamqonlikda, yurak yetishmovchiligida kuzatiladi. Pulsning sekinlashishi - bradikardiya ko’proq sayyor nerv tonusi ta’sirini oshishida b’ladi. Bradikardiya, sog’lom bolalarda uyquda, bemorlarda sariq kasalligida, uremiyada, bosh miya bosimi oshganda, ich terlamada, yurakning o’tkazuvchi nerv tizimsi - Giss tolalari jaroxatlanganda, miksidemada, meningitning boshlanish davrida kuzatiladi. Pulsning bir maromda ritmik bulishiga ritmik puls (pulsus regulans), noritmik bo’lishiga-aritmik puls (pulsus irregularis) deyiladi. Bolalarda ayniqsa kichik yoshlik bolalarda aritmik puls, kattalarga nisbatan ko’proq uchraydi. Bola nafas olganda puls tezlashadi, nafas chiqarganda esa sekinlashadi va bu kasallik hisoblanmaydi. Buning paydo bo’lishi sayyor nerv tonusining reflektor ta’siri bilan bog’lanadi. Agar puls xurujsimon birdan juda tezlashib soni 200, xatto undan xam ortib ketsa bunda paroksizmal taxikardiya deyiladi. Paypaslash usulida chakka arteriyasi pulьsi II-III barmoq uchlari bilan, chakka chuqurchasining o’zida aniqlanadi. Uyqu arteriyasi pulsi M.Stemocleidomastoideus ning ichki tomonidan, hiqildoq tog’ayi soxasida, bir tomonlama yengil bosib ko’rish yo’li bilan aniqlanadi. Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash. Son arteriyasi pulsi bolaning turgan yoki yotgan xolida, koo’rsatgich va urta barmoqlar bilan chov burmasi soxasida, arteriyaning pupart boylami ostidan chiqish joyida aniqlanadi. Tizza osti arteriyasi pulsi, tizza osti o’yig’i chuqurchasida, boldir orqa arteriyasi pulsi ichki to’piq orqasi mushak tarnovchasida, oyoq yuzi orqa arteriyasi pulsi oyoq kafti tashqi qirg’og’ining chetki va o’rta qismi chegarasida aniqlanadi. Son va to’piq arteriyasida pulsni aniqlash. Arterial qon bosimni o’lchash. Qon bosimini o’lchash texnikasi bo’yicha o’lchov, bemorni dam olgandan so’ng, tinch xolatida ohtirgan xolda me’yorli havo temperaturali xonada bajariladi. Bolaning manjet boylanadigan yelkasi, qo’li qo’yilgan yuzaga nisbatan 45 gradus burchak ostida joylanishi kerak. Bemor bolani holiga qarab, o’tirgan yoki yotgan xolida o’lchash mumkin. O’lchov apparat manjeti yelka uzunligi va aylanasiga mos bulishi kerak. Manjetning eni yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun 2,5-4 sm, uzunligi 5-10 sm, erta va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muvofiq ravishda 6-8 va 12-13 sm, kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalar uchun muvofiq ravishda 9-10 va 17-22.5 smga teng bo’lishi kerak. Me’yorli vazndagi o’smir va katta kishilar uchun standart eni 12-13 sm, bo’yi 22-23.5 sm bo’lgan manjet ishlatiladi. Vazni me’yordan ortiq, (semiz) o’smir va katta kishilar uchun eni 15.5 sm, bo’yi 30 sm bo’lgan manjet ishlatilishi lozim. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yoshiga mos bo’lmagan, ya’ni katta manjetlar ishlatilsa, arterial bosim haqiqiysidan past, kichigi ishlatilsa esa, bosim yuqori bo’lishiga olib keladi. Manjetni shunday joylashtirish kerakki, uning past qirg’ogi tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqorida bo’lishi, teriga erkin ammo zich, ostiga bir ikki barmoq sig’adigan darajada qoldirib rezina qopchasining o’rtasi esa yelka arteriyasi proyektsiyasida bo’lishi kerak. O’lchashdan oldin manjetkaga nur arteriyasida puls to’lqini yo’qolgungacha bosim yuborib, qo’shimcha. 30-40 mm simob ustuniga teng havo yuboriladi. Manjetdagi havo bosimini tushirish sekin, ya’ni 2 mm/sek bo’lishi kerak, bu esa arterial bosimni 2 mm simob ustuniga teng aniqlikda o’lchashni ta’minlaydi. Sistolik arterial bosim ko’rsatkichiga Korotkov bo’yicha birinchi ton paydo bo’lgandagi shkala ko’rsatkichi, diastolik bosimga esa ana o’sha ton yo’qolgandagi shkala ko’rsatkichi qabul qilinadi. Arterial bosimni uch marta qaytarilib har xil o’lchovdan keyin, manjetkadagi havo to’liq chiqarilishi va undan keyin ikkinchi va uchinchi o’lchovlar o’tkazilishi lozim. Bunda birinchi o’lchov hisobi emas, balki ikkinchi va uchinchi o’lchovlar o’rtacha ko’rsatkichlarini hisobga olib, bola yoshiga muvofiq me’yorli bosim bilan solishtiriladi. Download 116.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling