- Lavlagi, sabzi va sholgʻom suvlari aralashmasini 1:1:1 nisbatda yurak aritmiyalarining har qanday turida bir necha oy davomida har kuni ichish foydalidir. Yurak qattiq ura boshlaganda anjir yeyish yoki limon poʻstini chaynash juda foydali. Beshbargli arslonquyruq suvini aroq bilan 1:1 nisbatda aralashtirib ichish ham foyda beradi. Yurak qattiq urganda, taxikardiya, aritmiya va nevrozda ovqat isteʼmol qilish oldidan kuniga 3 martadan 1 choy qoshiqdan ichish lozim.
- Yurakning tez-tez urishi, gipertoniya kasalligida qip-qizil doʻlana mevalari va asalari mumi nastoykasi bilan aralashtirilib, 1:1 nisbatda kuniga 3 marta 25 tomchidan ichiladi.
- Qalampir yalpiz – yurak ritmi buzilganda, yurak mushagi ishining uzilish yoki toʻxtab qolish holatlarida isteʼmol qilinadigan eng samarali vositalardan biri. Yalpizning 1 choy qoshiq yaproqlari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 1 soat issiq joyda saqlanadi. Dokadan oʻtkaziladi. Ertalab nonushtadan yarim soat oldin oz-ozdan hoʻplab ichiladi. Damlama bir kun ham kanda qilmay uzoq muddatgacha har kuni ichiladi.
- Bir osh qoshiq asalni yarim stakan lavlagi suviga aralashtirilib, kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichish ham koni foyda.
- Olovda pishirilgan kartoshka ham juda foydali. Uni butunligicha olov qoʻrida yoki pechda pishiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |