Ekstrasistoliya – yurakning muddatidan oldin qisqarishi, bunda yurak notekis urayotgandek yoki urmay qolgandek boʻlib tuyuladi. Bu kasallik koʻproq sogʻlom odamlarda uchraydi. Agar ekstrasistoliya siyrak (daqiqasiga 5 tadan kamroq) boʻlsa va bemor uni sezmasa, unda maxsus muolaja talab etilmaydi. Bordi-yu, ekstrasistoliya tezlashsa, daqiqasiga 6 va undan ham oshsa. Bemor yuragi notekis urayotganini sezsa, boshi aylansa, unda darhol shifokorga murojaat qilish zarur. - Ekstrasistoliya – yurakning muddatidan oldin qisqarishi, bunda yurak notekis urayotgandek yoki urmay qolgandek boʻlib tuyuladi. Bu kasallik koʻproq sogʻlom odamlarda uchraydi. Agar ekstrasistoliya siyrak (daqiqasiga 5 tadan kamroq) boʻlsa va bemor uni sezmasa, unda maxsus muolaja talab etilmaydi. Bordi-yu, ekstrasistoliya tezlashsa, daqiqasiga 6 va undan ham oshsa. Bemor yuragi notekis urayotganini sezsa, boshi aylansa, unda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
- Beqaror aritmiya – beqaror yurak urushi, daqiqasiga 100 dan 150 martagacha va oʻziga xos tebranma ritm bilan harakterlanadi. Yurak boʻlmasining tebranishi barqaror yoki xurujli boʻlishi mumkin. Tebranma aritmiya bemorga sezilmasligi yoki yurakning oddiy urishi kabi sezilishi mumkin. Baʼzida qon tomirlarida tromblar hosil boʻlishi qayd etiladi.
Uyda, shifokor qabuligacha yordam. Agar sizda taxikardiya belgilari boʻlsa, shifokor qabuligacha yalpiz, limon oʻt, doʻlana yoki valeriana oʻsimliklari damlamasini ichish mumkin. - Uyda, shifokor qabuligacha yordam. Agar sizda taxikardiya belgilari boʻlsa, shifokor qabuligacha yalpiz, limon oʻt, doʻlana yoki valeriana oʻsimliklari damlamasini ichish mumkin.
- Agar bradikardiya belgilari kuzatilsa, aksincha, sizning holatingizni qoʻzgʻatish kerak. Buning uchun achchiq choy yoki qora qahva ichish kerak.
- Qoʻshimcha qilish kerakki, bradikardiyani davolashda qoʻllanadigan barcha dori vositalari tarkibida qoʻzgʻaluvchanlikni oshiradigan kofeindan foydalaniladi.
- Bemorlar orasida yurakning tartibsiz urishi bilan namoyon boʻluvchi aritmiya turi ham kuzatiladi. Baʼzida ritm kuchayadi, soʻngra keskin tushadi, keyin esa bir necha soniyaga yurakning butunlay «toʻxtashi»ni his qilish mumkin. Bunday holatlarda siz avvalo, tinchlantiruvchi choy iching. Agar bu yordam bermasa, shoshilinch ravishda maxsus dori-darmonlar qabul qilish uchun shifokor bilan maslahatlashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |