Aritmiyalarning koʻplab turlari orasida, paroksizmal taxikardiya, tebranma aritmiya va yurak blokadasi ayniqsa havfli. Chunki ushbu kasalliklar xurujlari paytida bemor koʻpincha tez yordamga muhtoj boʻladi. - Aritmiyalarning koʻplab turlari orasida, paroksizmal taxikardiya, tebranma aritmiya va yurak blokadasi ayniqsa havfli. Chunki ushbu kasalliklar xurujlari paytida bemor koʻpincha tez yordamga muhtoj boʻladi.
- Tekshirishlar eng avvalo aritmiya rivojlanishining asosiy sabablarini aniqlashga qaratiladi. Bunda dastlab miokard infarkti, miokardit, kardioskleroz, tireotoksikoz, elektrolit buzilishlar va shu kabi kasalliklarga sinovlar oʻtkaziladi. Koʻpincha dastlab tashxis tasodifan majburiy umumiy koʻriklar paytida qoʻyiladi. Chunki aritmiya uzoq vaqt simptomlarsiz kechishi mumkin. Lekin yurak ritmi buzilishi xarakteri va aritmiya sababini faqat elektrokardiografik tekshirish chogʻida (EKG), aniqlik bilan belgilash mumkin. Bu tekshirishlarni shifokor-kardiolog tayinlaydi.
- Biroq qanday tahlildan oʻtishingizni bilib qoʻyganingiz maʼqul: jismoniy zoʻriqishli EKG sinovlari (veloergometriya); EKGning kechayu-kunduz sutka davomida yozib olishi; Elektrofiziologik tekshiruv, elektrolit almashinuvini tekshirish (qonda kaliy, kalsiy va magniy toʻplanishi); qalqonsimon bez garmonlarining darajasini aniqlash.
Aritmiya xurujida birinchi navbatda tez yordam chaqiring. Tez yordam yetib kelguncha bemorning ahvolini birmuncha yengillashtirishga harakat qiling. Buning uchun quyidagilarni bajaring. - Avvalo bemorni tinchlantirsh, toʻshakka yotqizish lozim. Tinchlantiruvchi dori valeriana nastoykasi, arslonquyruq nastoykasi, korvalol va shunga oʻxshash vositalar berish.
- Ayrim hollarda bemorni chuqur nafas oldirish, nafasni ushlab turish. Barmoqlari bilan burunni qisish va kuchanib nafas chiqarishni, oʻpkadagi havoni qisib ushlab turishni soʻrash kerak. Yuzi qip-qizarib ketadi, ammo bu xavfli emas. Ana shunday bir necha kuchanishlardan keyin yurak urishi xuruji koʻpincha toʻxtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |