Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi


Download 184.18 Kb.
bet35/37
Sana16.06.2023
Hajmi184.18 Kb.
#1509909
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
yurak qon tomir kasaliklari 2

Aritmiya belgilari
Aritmiya boshlanishi bilan odam isitma yoki sovqotishni his qilishi mumkin, shuningdek, bosh aylanishi, to‘satdan ongni yo‘qotish, yurakdagi og‘riq yoki sanchiqlar, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yurak urishi sekinlashgani yoxud aksincha, qattiq urganini sezish, umumiy lohaslik, nevrologik buzilishlar kuzatiladi. 
Aritmiya mustaqil tashxis bo‘lishi mumkin, ammo uning taxikardiya va bradikardiya kabi pastki turlari ko‘proq uchraydi. 
Katta yoshli sog‘lom kishilarda bir daqiqada normal yurak tezligi 60-80 marta urish hisoblanadi. Yurak urishi ko‘payishi yoki sekinlashishi yurak yetishmovchiligi belgisidir. 

  • Taxikardiya – yurak ritmi buzilishi, unda daqiqada 90 martadan ko‘proq yurak urishi kuzatiladi. 

  • Bradikardiya – yurakning daqiqasiga 60 martadan kam urishi kasalligi. Ushbu ma'lumotlar katta yoshlilar uchun standart me'yor hisoblanadi, bolalar uchun ularning yoshi bo‘yicha maxsus darajalash mavjud. 

Agar sizda taxikardiya belgilari bo‘lsa, shifokor qabuli va tekshiruvlardan oldin hech bo‘lmaganda tinchlanib olish juda muhimdir. Bunga yalpiz, limono‘t, do‘lana yoki valeriana qo‘shilgan o‘simlik damlamasi yordam berishi mumkin. 
Agar bradikardiya belgilari kuzatilsa, aksincha, sizning holatingizni qo‘zg‘atish kerak. Buning uchun achchiq choy yoki qora qahva (agar taqiqlangan bo‘lmasa) ichish kerak.
Qo‘shimcha qilish kerakki, bradikardiyani davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari tarkibida qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradigan kofeindan foydalaniladi. 
Bemorlar orasida yurakning tartibsiz ritmi bilan namoyon bo‘luvchi klassik aritmiya turi ham kuzatiladi. Ba'zida ritm kuchayadi, so‘ngra keskin tushadi, keyin esa bir necha soniyaga yurakning butunlay «to‘xtashi»ni his qilish mumkin. Bunday holatlarda siz tinchlanishingiz kerak (tinchlantiruvchi choy iching) va agar bu yordam bermasa, shoshilinch ravishda maxsus dori-darmonlar qabul qilish uchun shifokor bilan maslahatlashing. 

Download 184.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling