Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi


Download 184.18 Kb.
bet2/37
Sana16.06.2023
Hajmi184.18 Kb.
#1509909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
yurak qon tomir kasaliklari 2

Bosh og’riqlari- Bosh ogʻrigʻi — boshda ogʻriq sezish; turli xastaliklarning eng koʻp uchraydigan belgilaridan biri. Bosh yoki miya pardalari va tomirlaridagi nerv oxirlarining taʼsirlanishi tufayli kelib chiqadi. Qattiq charchash, shamollash, asabiylashish holatlari, burun yondosh boʻshliqlarining kasalliklari, gipertoniya , miyada qon aylanishining buzilishi yoki unda oʻsma paydo boʻlishi, yuqumli kasalliklar, ichki aʼzolar kasalliklari, zaharlanish va boshqa Bosh ogʻrigʻi ga sabab boʻladi. Tomirlar kasalliklarida bosh oʻqtinoʻqtin ogʻrib, kishi kattik charchaganda, spirtli ichimliklar ichganda, koʻp chekkanda, shuningdek shovqinsuron, noxush hid , ravshan yorugʻlik taʼsir etganda kuchayadi. Gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar uxlab turganidan keyin boshida ogʻirlik sezadi va ensasi tortishib ogʻriydi. Odatda, shamollatilgan xonada uxlaganda va ertalab yengil mashqlar kilganda ogʻriq kamayadi. Migren Bosh ogʻrigʻi ning bir shakli boʻlib, unda boshning oʻng yoki chap yarmi tutibtutib ogʻriydi. Osteoxondroza" bosh muskullari taranglashganda, ish vaqtida, oʻqiganda boshni notoʻgʻri tutish natijasida boʻyin muskullari zoʻriqishi oqibatida ham bosh ogʻriydi. Xira yorugʻda oʻqibyozganda koʻzga zoʻr kelishi, koʻz kasalligi, mas, glaucoma ham Bosh ogʻrigʻi ga sabab boʻlishi mumkin. Doim bosh ogʻrib tursa, bemor sinchiklab tekshirilishi va Bosh ogʻrigʻi sababi aniqlangandan soʻng vrach nazoratida davolanishi lozim.
Og‘riqning bosh aylanishi va hushdan ketish bilan birga kechishi
Bosh og‘rishi vaqtida qon tomirlarning holati o‘zgarganligi sababli bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari kuzatilib turadi. Ko‘p tarqalgan shunday kasalliklardan biri – migrendir. Bu holat vaqti vaqti bilan takrorlanib turib, vaqt o‘tgan sari ahvol og‘irlashib boradi. Bunday holatga sabab uzoq vaqt ovqatlanmaslik natijasida qon tomirlar orqali yetarlicha oziq moddalar kelmasligi bo‘ladi.
Ko‘pincha bosh og‘rig‘i qon bosimi past yoki yuqori bo‘lganlarda uchraydi. Inson hushini yo‘qotganda uning qon bosimi tushib ketadi. Bu holatni uyquchanlik bilan taqqoslasa ham bo‘ladi. Agar simptomlar peshona sohasida bo‘lib, shu vaqtda ko‘rish o‘tkirligi ham pasaygan bo‘lsa, bunga sabab ortiqcha tana vaznidir. Odatda bosh og‘rig‘i va hushdan ketishlar turli xil travmalardan keyin, ba’zida miya shishida yuzaga keladi. Inson hushini yo‘qotgandan keyin o‘ziga kelganda bosh og‘rishi bilan ko‘ngil aynishi ham seziladi. Qo‘shimcha simptomlarga ko‘z oldida nuqtalar va qora dog‘​lar paydo bo‘lishi, qo‘l va oyoq uchlarining muzlashi kiradi. Bunda inson boshini biror-bir narsa bilan qattiq o‘ralgandagi kabi holatni sezadi. Bir vaqtning o‘zida eshitish qobiliyati ham susayishi kuzatilishi mumkin. Agar bosh aylanishiga – spirtli ichimlik sabab bo‘lsa, bosh og‘rig‘i qon hujayralarining intoksikatsiyasi bilan tushuntiriladi.

Download 184.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling