Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi
Pulsatsiyali bosh og‘rig‘i
Download 184.18 Kb.
|
yurak qon tomir kasaliklari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosimli (siquvchi) bosh og‘rig‘i
- Bosh og‘rig‘iga sabablar
Pulsatsiyali bosh og‘rig‘iPulsatsiyali kuchli bosh og‘riqlari odatda tomirlardan qon oqishi buzilishidan kelib chiqadi. Gipotoniyada qon tomirlarning kengayib ketishi hisobiga pulsatsiyali og‘riq paydo bo‘ladi, bunga sabab qon tomirlar vegetodistoniyasidir. Eng keng tarqalgan, pulsatsiyali kuchli bosh og‘rig‘i arteriovenoz shuntlarning patologik ochilib ketishida yuzaga keladi. Ba’zida alkogol ta’sirida organizmda gistamin va adrenalin miqdori ham oshadi, shunday holatda ham boshda pulsatsiyali (lo‘qqilovchi) og‘riq paydo bo‘ladi. Gipertoniyada ham pulsatsiyali bosh og‘riqlar uchrashi mumkin. Ko‘pincha shamollashda arterial bosim oshishi hisobiga boshda “lo‘qqilovchi, ichki tomondan urganga” o‘xshagan og‘riq yuzaga keladi. Bundan tashqari, stress holatlarida arterial bosim oshishidan ham pulsatsiyali og‘riq kuzatiladi. Bosimli (siquvchi) bosh og‘rig‘iBosh og‘riqlari ichida eng ko‘p uchraydigani. Aholining 90 % ga yaqinida uchrab turadi. Har qanday yoshda yuzaga chiqadi, eng xavfli yosh 25-30 yoshlar hisoblanadi, ayniqsa ayollarda. Bunga sabab odatda organizmning zo‘riqishidir. Masalan psixologik zo‘riqishlarda boshning og‘riqli qismida bosim, nima bilandir siqib turganga o‘xshagan belgilar namoyon bo‘ladi, xuddi “siqib turgan bosh kiyimi” kabi. Bunda boshning chakka, peshona, tepa sohalarida og‘riq hissi paydo bo‘ladi. Og‘riq bo‘yinga, ko‘z sohasiga tarqalishi ham mumkin. Yuqoridagi kabi simptom bosh miya absessida ham kuzatilishi mumkin. Bosh miya to‘qimalarining yiringli bakteriya ta’sirida zararlanishidir. Agar uning kelib chiqishiga quloqlardagi patologiyalar sabab bo‘lsa, og‘riq lokalizatsiyasi chakka sohasi bo‘ladi. Absessning joylashgan joyi simptomatikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Bosimli og‘riq ensefalitda ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunda og‘riq doimiy, qayt qilish bilan birgalikda keladi. Bosh og‘rig‘iga sabablarGipertoniya sababli og‘rishiGipertonik kasallik vaqt o‘tishi bilan xavfli bo‘lib bormoqda. Bu kasallikning asosiy belgilaridan biri bosh og‘rig‘idir. Ilmiy izlanishlarda 30 % yaqin gipertoniya bilan kasallangan insonlar, o‘zlarida aynan shu kasallik borligini doimiy bosh og‘rig‘iga shikoyat qilib shifokorga murojaat etganlarida aniqlab olishgan. Arterial bosim oshishi qon tomirlar tonusining oshishi va nerv oxirlarini qo‘zg‘atishi bilan tushuntiriladi. Qo‘zg‘algan nerv oxirlari impuls tarqatib bosh miyada to‘planadi va doimiy bosh og‘riqlariga sabab bo‘ladi. Bosh miya ichki bosimi ortishi ham miyaning siqilishiga olib kelib, doimiy, to‘mtoq bosh og‘riqlari sabab bo‘ladi. Download 184.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling