Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi
Download 184.18 Kb.
|
yurak qon tomir kasaliklari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh og‘rig‘i va quloqlardagi shovqinlar
- Bosh og‘rig‘i bo‘yin va tomoq og‘rig‘i bilan birga
Bosh og‘rishi va qusish
Kuchli bosh og‘riq va qayt qilish meningit sababli bo‘lishi mumkin. Bunda og‘riq juda kuchli va diffuz (tarqoq) bo‘ladi. Og‘riq xuddi “bosh ichidan yorilib chiqadigandek” bo‘ladi. Bu esa miya ichi suyuqliklari sintezi kuchayotgani va miya ichida shish ketayotganidan, bosh miya ichki bosimi oshayotganidan dalolat beradi. Og‘riq retseptorlari kuchli qo‘zg‘aladi. Bosh miya ichki bosimi oshganda bemor kuchli qo‘zg‘algan bo‘ladi, ayniqsa gallyutsinatsiyalarda bemor baqiradi va har xil harakatlar qiladi. Bosh terisi ta’sirchan, mushaklar qisqarishi ortgan bo‘ladi. Bosh og‘rig‘I birinchi soatlardan paydo bo‘ladi va qayt qilish bilan kechadi. Ko‘pincha og‘riq va qayt qilish har xil travmalarda ham kuzatiladi, masalan bosh miya chayqalishi, kontuziya, lat yeyish kabi. Bosh miyaning zararlanishlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: Kompressiya; Qon tomirlar devori yorilishi; Bosh suyaklari sinishi va shu kabilar; Subaroxnoidal qon ketishlarda ham bosh og‘rig‘i va qayt qilish kuzatiladi. Buning oqibati ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Bosh og‘rig‘i va quloqlardagi shovqinlarKo‘pchilikka vestibular apparat shikastlanishi degan patologiya ma’lum. Bu organ qon bilan juda yaxshi ta’minlangan. Vestibular apparatning zararlanishida bosh og‘riq bosh va ko‘z olmasini harakatlantirganda kuchayadi. Bunda bosh og‘rishi bilan birga quloqlarda shovqinlar ham eshitiladi, bosh miya ichki bosimi oshadi. Ko‘ngil aynishi va qusish yuzaga keladi. Belgilar 2-5 soatgacha davom etdi. Bunga sabab umurtqalararo qon tomirlarining siqilib qolishidir. Bu esa miyada qon oqib ketishining qiyinlashishiga, miya ichki bosimi oshishiga olib keladi. Bosh og‘rig‘i bo‘yin va tomoq og‘rig‘i bilan birgaKo‘pincha bo‘yin umurtqalari osteoxondrozida “bo‘yin migreni” kuzatiladi. Uni odatiy migren bilan adashtirmaslik kerak. Og‘riq bo‘yin umurtqalari sohasidan boshlanib, boshga ham o‘tadi. “Bo‘yin migreni” simptomlari bosh og‘rig‘i ko‘proq bo‘yin sohasidan boshlanib, chakka sohasiga, ko‘zlarning bir tomoniga tarqaladi. Og‘riq xurujsimon ko‘rinishda keladi, qayt qilish ham yuzaga kelishi mumkin. Xurujning davomiyligi 6-10 soat. Bemor boshini og‘riq bo‘lmagan tomonga burgan holatda bo‘ladi. Bo‘yin osteoxondrozida ba’zida bosh miyaning ayrim sohalarida ham kamchiliklar uchraydi. Ko‘proq diensefal yoki gipotalamik qismida. Bunda bosh og‘rig‘i yurak urishi, qaltirash bilan birga keladi. Xuruj 20-30 daqiqa davom etadi. Tomoqdagi og‘riqlarga noinfeksion va infeksion sabablar bo‘ladi. Gaymorit va sinusit – yiringli bakteriyalar natijasida kelib chiqadigan kasallik. Burun oldi bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘lanishida o‘ziga xos simptomlar kuzatiladi. Og‘riq burun yoni, ko‘zlarning osti va ustida sezilib, bosh og‘rig‘i ko‘proq bir taraflama bo‘ladi. Og‘riq bosimli, siquvchi xarakterda bo‘ladi. Ba’zida bemor chiday olmaydigan darajada kuchli og‘riq og‘riqni sezishi mumkin, qovoq shishi ham kuzatiladi, ayniqsa zararlangan tarafda. Bo‘yin sohasi mushaklari va umurtqalari travmasi natijasida bosh og‘rig‘i va migren kuzatiladi. Buning sababi mushaklar spazmidir. Og‘riq to‘satdan paydo bo‘ladi. Odatda og‘riq boshning orqa sohasida, ba’zida kalla suyagining yuqori qismida paydo bo‘ladi. Download 184.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling