Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi
Bosh og‘rishi va ko‘ngil aynishi, siqib og‘rishi
Download 184.18 Kb.
|
yurak qon tomir kasaliklari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh og‘rishi va tana harorati oshishi
Bosh og‘rishi va ko‘ngil aynishi, siqib og‘rishiBunday holatning kuchli namoyon bo‘lishi meningit, orqa va bosh miyaning infeksiya ta’sirida zararlanishidan dalolat beradi. Bir vaqtning o‘zida tana harorati ko‘tariladi va inson umumiy holsizlikni sezadi, umumiy qaltirash boshlanadi. Katta yoshdagi odamlar bunday simptomni bosh miya qon tomirlari shikastlanganda sezishadi. Ko‘pincha holsizlik travma olish natijasida yoki uning asorati sifatida kelib chiqadi. Bunda moddalar almashinuvi buzilib inson quyidagi simptomlarni sezadi: Qo‘l va oyoqlarning qaltirashi; Ularning muzlashi; Bundan tashqari, yondosh simptomnlar ham birga keladi, masalan ko‘ngil aynishi va qusish kabi, simptomlar insult, bosh miya ichki qon quyilishlari, subdural gematomalarda. Agar og‘riq sababi – frontit bo‘lsa, og‘riq peshona, chakka sohalariga tarqaladi. Bosh og‘rishi va tana harorati oshishiO‘RVI va gripp – shu kabi yallig‘lanish kasalliklari tana harorati oshishiga sabab bo‘ladi. Organizmda intoksikatsiya ketadi. Tana harorati stabil ya’ni 37,5 C dan past bo‘lmagan ko‘rsatkichlarda bo‘lsa, bu organizmda qandaydir infeksion jarayon ketayotganligidan dalolat beradi. Meningitda og‘riq juda kuchli bo‘ladi, tana harorati oshishi ham kuzatiladi. Bundan tashqari tana mushaklari qisqargan bo‘ladi. Agar simptomlarga qayt qilish ham qo‘shilsa zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak. Grippda bosh og‘rishi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va quyidagi sohalarda kuzatiladi: Ko‘zlarga; Chakkaga – bir taraflama yoki ikki taraflama; Peshona. Gripp kasalligini aniqlab olish oson, bunda bosh og‘rig‘i eng xavfsiz simptomdir. Tana harorati ko‘tarilishi qon tarkibining o‘zgarib ketishiga olib keladi. Organizm og‘riqqa sabab bo‘lgan infeksiyalar bilan kurashadi va bu kurash tana harorati ko‘tarilishi bilan yuzaga chiqadi. 38 C tana harorati kuzatilsa, isitma tushiruvchi preparatlar qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda bosh og‘rig‘i siquvchi, bo‘yin mushaklari harakati chegaralangan bo‘ladi. Agar simptomlar hayz ko‘rish vaqtida yuzaga kelsa oddiy og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan og‘riqni qoldirsa bo‘ladi. Download 184.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling