Юридик психологиянинг долзарб вазифалари ва предмети


Yuridik psixologiyaning tarmoqlari


Download 71.5 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1483054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuridik psixologiyaning tarixiy rivojlanishi

3.Yuridik psixologiyaning tarmoqlari.
Yuridik psixologiya psixologiyaning faoliyat mezoni bo`yicha ajratilgan sohalaridan biridir. Bu fan xorijda juda keng rivojlangan. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bizning mamlakatimizda ham psixologiyaga, jumladan yuridik psixologiyaga bo`lgan e`tibor kuchaydi.
Yuridik psixologiya asosan oliy o`quv yurtlarida, huquqshunoslik bo`limlari talabalari uchun o`tiladi. Bu fanning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
sud ishi psixologiyasi;
kriminal psixologiya;
jinoyatchilar psixologiyasi;
tergovchi psixologiyasi;
sudya psixologiyasi;
advokat psixologiyasi.
Sud - psixologik ekspertiza.
Bu tarkibiy qismlar bir-biri bilan uzviy bog`liq holda rivojlanadi. Ularning asosiy obyekti – bu shaxs va uning xatti-harakatlari.
Sud ishi psixologiyasi sud jarayoniga bog`liq bo`lgan holatlarni o`rganib, jinoyatchilikni xolisona baholashga harakat qiladi. Sudyalar jinoyat ishi bilan tanishib, tergovdagi holatni tahlil qiladi. Hozirgi kunda sudlarning vakolati doirasi kengaydi. Sudya hech qachon uning qo`lida inson taqdiri turganini esidan chiqarmasligi, ayblanuvchi shaxsini hurmat qilishi, ishga xolisona yondoshishi kerak. Kriminal psixologiyaning predmeti jinoyatchilikni fosh qilish, uning oldini olish (profilaktika) dan iborat. Jinoyatchilar psixologiyasi esa jinoyatchilarning psixologik xususiyatlarini, xarakteri, temperamenti, emotsiyalarini, jinoyatchi xatti-harakatining motivlarini o`rganadi. Tergovchi, sudya, advokatlar psixologiyasi ham ularning ruhiy holatlarini, ruhiy jarayonlari, xususiyatlarini o`rganadi. Ularda muomala madaniyatini shakllanishini tadqiq qiladi. Sud - psixologik ekspertizada esa jinoyatchilikka xolisona yondoshish maqsadida jinoyat ishi bilan tanishib, gumondor, jabrlanuvchilar bilan psixologik testlar asosida individual suhbat olib boriladi. YA`ni jinoyat motivlari aniqlanadi. Sud-psixologik ekspertizani mutaxassis - psixologlar olib boradilar.
4. Yuridik psixologiyaning metodlari
Tadqiqotdan ko`zlangan maqsadlar bo`yicha yuridik psixologiyaning metodlari uch guruhga bo`linadi:
Ilmiy- tadqiqot metodlari. Bu metodlar yordamida huquq normalari bilan tartibga solinadigan insoniy munosabatlarning psixologik qonuniyatlari tadqiq etiladi, jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurash bilan shug`ullanayotgan xodimlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlab beriladi.
Shaxsga psixologik ta`sir o`tkazish metodi. Bu usul jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan mansabdor shaxslar tomonidan qo`llanilib, jinoyatlarni ochish, ularning motivlarini aniqlash maqsadlarini ko`zlaydi.
Sud-psixologik ekspertizasi metodlari. Ular tergov yoki sud organlari qarori bo`yicha ekspert-psixolog tomonidan imkoni boricha to`la-to`kis va obyektiv tadqiqot o`tkazib, gumondor yoki sudlanuvchining xatti-harakatlari uchun javob bera oladigan darajadagi psixik holatini aniqlash maqsadini ko`zlaydi.
Kuzatish metodi. Uning afzalligi shundaki, tadqiqot jarayonida inson faoliyatining odatdagi oqimiga ta`sir ko`rsatilmaydi. Bu metod asosida xolis natijalarga erishish uchun bir qator shartlarga amal qilish talab etiladi. Jumladan, kuzatish dasturini tayyorlash, tadqiqot natijalarini to`g`ri qayd etish kabilar.
Bundan tashqari anketa, individual suhbat, tajriba metodlaridan ham foydalanish mumkin.




  1. Download 71.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling