Yuridik psixologiya fanidan mavzu: jinoyatchi shaxsini o


Download 161.27 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1569200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yuridik kurs tayyor3

Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo`ydi. Ushbu maqsadga erishishda, eng avvalo, jamiyatda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni hal qilish asosiy vazifalardan biridir. Jinoyatchilikning sodir etilishi demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishga, jamiyatda aholining tinch, osoyishta, farovon hayot kechirishiga hamda jamiyatda har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-ruhiy jihatdan komil insonni shakllantirishga to`sqinlik qiladi.
Muammoning o`rganilganlik darajasi: Gans Gross, Z.S.Zaripova, I.Ismoilova, M.I.Yenikeyev, O.L. Kochetov, Yu.V. Chufarovskiy, G. A. Avanesov, Yu. M. Antonyan, M. V. Vinogradov, S. A. Golub. M.I.Yenikeyev, O.L. Kochetov, Yu.V. Chufarovskiy, Yu.L. Vasilyev. Vasilyev Rus olimi A. R. Ratinovning o`tkazgan tadqiqotida jinoyatchilar va qonunga itoatkor fuqarolar o`rtasidagi jiddiy psixologik farqlar borligi kuzatilgan.
Kurs ishining predmeti: O`zbekistonda bugun jinoyatchilik ustidan ijtimoiyhuquqiy nazorat shartli ravishda quyidagi uch yo`nalishda amalga oshirilmoqda:
– jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy,
ma’naviy-tarbiyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlar;
– sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash
maqsadida amalga oshirilayotgan operativ-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov
va sud tergovini amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlar majmui;
– sodir etilgan jinoyatlar uchun sud belgilagan jazoning ijrosini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jinoiy xatti-harakatlarni kasb qilib olgan shaxslarning ruhiy olamini o`rganish, nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, balki ko`plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o`ziga qaratmoqda.

Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling