Yuridik psixologiya fanidan mavzu: jinoyatchi shaxsini o


Download 161.27 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1569200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yuridik kurs tayyor3

Kurs ishining vazifalari: Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish;
- tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash;
- jinoyatchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yoritib berish;
Kurs ishida qo`llanilgan metodikalar:
1. Jinoyatchi psixologiyasini tadqiq qilish bo`yicha ma’lumot to`plash.
2. A. Bass va I.Darkning “Agressiya shakllari va uning ko`rsatkichlari”ni
diagnostika qilish metodikasi orqali sinaluvchi insonlarning jinoyatchilikka
moyillik darajasini aniqlash
3. Jinoyatchilikning oldini olish dasturi yordamida psixologik trening
tashkil etish va natijalarni tahlil qilish.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Tadqiqot ishida jinoyatchilikning ijtimoiy psixologik xususiyatlari muammosining nazariy taxlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to`plangan ma’lumotlar yuridik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, umumiy psixologiya, psixokorreksiya, psixodiagnostika, sotsial trening va amaliyot sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ishda jinoyatchi shaxs
tipologiyasi, belgilari bo`yicha metodikalar va yaratilgan usullar tizimi amaliy psixologlarning jinoyatga moyilligi mavjud shaxsda zarur ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish bo`yicha faoliyatlariga tadbiq etilishi mumkin.
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi 2 ta bob, 4ta bo’lim , kurs ishini nazariy va amaliy eksperimental qismi, xulosa, tavsiya va ilovadan iborat .


I BOB. G’AYRIIJTIMOIY XULQNI KELTIRIB CHIQARUVCHI
SHART-SHAROITLAR
1.1. G’AYRIIJTIMOIY XULQ VA «NORMADAN CHETGA CHIQISH» TUSHUNCHASI
Inson xulqi murakkab va ko`p qirrali hodisa bo`lib, uni o`rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ega bo`lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining umumiy tuzilishidagi o`rni bilan bog’liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy tizimlar individual axloqiy strategiyaning murakkab majmuiga aylanadi va shaxsning axloqiy tipini hosil qiladi. An’anaga ko`ra, g’ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga
– ijtimoiy va biologik sabablarga ajratiladi. Biroq, axloq-odob me’yorlari (qoida) dan og’uvchi xulqning ko`plab ko`rinishlarini tahlil qilish mazkur muammoni boshqacharoq, ya’ni tizimli-integrasiyalashgan (birlashgan) holda o`rganish zarur, degan xulosaga olib keladi. Ijtimoiylik yoki biologik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog’lanishlari
(determinasiyasi) bilan bog’liq barcha muammolar majmuini ijtimoiypsixologik biologik sabablar deb atash zarur. Bunda «psixologik» jihatning o`rtada joylashgani uning ham ijtimoiy, ham biologik omil uchun birlashtiruvchi funksiyaga egaligini anglatadi.
G’ayriijtimoiy xulq sabablari haqida so`z borar ekan, avvalo, muammoni tahlil qilishning asosiy prinsiplarini keltirib o`tamiz.
1. G’ayriijtimoiy xulq, normadagi xulq kabi, ko`p omillidir, u bir yoki hatto bir qancha sabablarning oqibati emas. Biroq, alohida olingan individual axloqiy ko`rinishning ko`p omillar bilan bog’liqligi va ehtimolli xususiyati uni o`rganib bo`lmasligini bildirmaydi. Bu o`rinda shaxsning tipik individualpsixologik xususiyatlari va axloqiy qarashlarini aniqlash ustun ahamiyatga ega. Ijtimoiy va biologik omillar o`z-o`zicha emas, balki jinoyatchi xulqining tipini hosil qiluvchi uning shaxsiy-psixologik xislatlarida birlashgan holda g’ayriijtimoiy xulqning aniqlovchilariga aylanadi.
2. G’ayriijtimoiy xulq ijtimoiy ijobiy xulqdan yo`nalishining mazmuni bo`yicha ham, psixoregulyasion xususiyatlari bo`yicha ham ajralib turadi. Shaxs xulqi uning ehtiyojlari, anglangan va anglanmagan mayllari tizimi, oldiga maqsad qo`yish va unga erishish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar uni sxema tarzida tasvirlaydigan bo`lsak, quyidagicha ko`rinish hosil qiladi.

SHAXS




Aksariyat jinoyatchilarning xulqiga ijtimoiy qadriyatlarga moslasha olmaslik (dezadaptasiya) va o`zini o`zi boshqarishdagi nuqsonlar xosdir. Individning o`zini o`zi boshqarish imkoniyatlari past darajada bo`lganida, g’ayriijtimoiy mayllari, odatlari nafaqat nazorat qilinmaydi, balki ularning o`zlari xulqning maqsad hosil qiluvchi mexanizmlariga aylanadi. 3. G’ayriijtimoiy xulq individning o`z ijtimoiy mas’uliyatini himoya qilish (o`zini oqlash) motivasiyasi, umum qabul qilingan ijtimoiy qadriyatlarning qadrsizlanishi asosida amalga oshiriladi. Inson xulqi uning ehtiyojlari va yo`nalganlik sohasi, qabul qilgan qadriyatlar tizimi, umuminsoniy madaniyatdan bahramandlik darajasi bilan bog’liqdir. Inson hayvondan farqli ravishda qandaydir yagona xulq tizimlariga mahkum emas, u ko`p funksiyalidir. Uning xulqini aniq instinktiv (tug’ma) mayllari emas, balki ijtimoiylashuv darajasi yuzaga keltiradi.


4. G’ayriijtimoiy xulq – mojaroli xulq bo`lib, doimo jamiyatda, ijtimoiy guruhlarda, shaxs bilan ijtimoiy guruh, ayrim shaxslar o`rtasida va, nihoyat, shaxsning o`zidagi ichki ziddiyatlarga asoslangan. Inson xulqidagi tashqi holatlar tizimi unda shakllangan ichki ruhiy shart-sharoitlar tizimi orqali namoyon bo`ladi. Ushbu ichki ruhiy shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:
– qadriyatlar tizimi;
– axloqiy yo`nalganlik;
– xatti-harakatning umumlashgan usullari;
– o`zini o`zi tartibga solishning psixodinamik xususiyatlari.
5. Inson xulqida na obyektiv, na subyektiv omillarni alohida ajratish mumkin.
Ijtimoiy omillar odamlar xulqiga bevosita ichki shaxsiy, individualpsixologik hodisalar orqali ta’sir ko`rsatadi (va bu, ba’zan «jinoiy tabiat» illyuziyasini yuzaga keltiradi).
6. Shaxs qanchalik kam ijtimoiylashgan bo`lsa (bu, odatda, jinoyatchi shaxsning o`ziga xos xususiyatidir), biologik omillarning ustun (dominanta) bo`lish ehtimoli shunchalik yuqori bo`ladi. Inson ongining rivojlanishi qanchalik cheklangan bo`lsa, uning xulqida iyerarxik jihatdan quyi turadigan motivasiya darajalari shunchalik katta rol o`ynaydi. Kriminolog olim Z.S.Zaripov va I.Ismailovlar jinoiy xulq shakllanish jarayonini quyidagi toifalarga ajratishadi:
a) shaxs ehtiyoji va manfaatlari buzilishi bilan bog’liq jinoiy xulq
shakllanish jarayoni;
b) shaxs ehtiyoji (manfaati) va imkoniyati o`rtasidagi farq (qaramaqarshilik) bilan bog’liq jarayonlar;
v) shaxs ma’naviy va huquqiy tasavvurining, qadriyatlar va ijtimoiy
yo`nalishining buzilishi bilan bog’liq jarayonlar;
g) qaror qabul qilish va amalga oshirishdagi nuqson va kamchiliklar bilan
bog’liq jarayonlar.
Jinoiy xatti-harakat jarayoni quyidagi asosiy qismlarni o`z ichiga oladi:
motivasiya, qaror qabul qilish va uni amalga oshirish. Har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xatti- harakat bu shaxsdagi o`ziga xos xususiyatlar bilan tashqi muhitning o`rtasidagi aloqaning natijasi degan fikrga asoslangan holda muayyan jinoiy xatti-harakat jarayonini quyidagicha tasvirlasa bo`ladi:

Rus olimi G. A. Avanesov inson xatti-harakatiga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi biologik shart-sharoitlarni ajratadi:


– jinsiy buzilish va jinoyatlarning sababiga aylanadigan biologik ehtiyojlar patologiyasi;
– asab tizimining qo`zg’aluvchanligini kuchaytiradigan, noadekvat reaksiyani keltirib chiqaradigan va harakatlarni ijtimoiy nazorat qilishni qiyinlashtiradigan asab-ruhiy kasalliklar (psixopatiyalar, nevrosteniyalar, kasallik va sog’liq chegarasidagi holatlar);
turli xil psixosomatik, allergik, zaharvandlik bilan bog’liq kasalliklarga olib keladigan va qo`shimcha jinoiy omil bo`lib xizmat qiladigan psixofiziologik zo`riqishlar.
Ruhiy anomaliya (normadan og’ish)lar esa irsiy (genetik) ildizlarga ega bo`lib, asabiy-ruhiy buzilishlar faqat noqulay muhit ta’siridagina jinoiy xulqning sababi bo`lishi mumkin.
XX asrning 20-yillaridayoq psixiatrlar (Antonyan Yu.M., Borodin S. A., Vinogradov M. V., Golub S. A. va boshq.) jinoiy xulq turi bilan ruhiy anomaliya o`rtasida bog’liqlik mavjudligini ta’kidlaganlar. Masalan, rus olimi Yu.M. Antonyanning fikricha, «...aqli ojizlar, kundalik hayotga moslasha olmaydiganlar o`zlarining tuban ehtiyojlarini qondirish maqsadida o`g’rilik, ba’zan esa qotillik jinoyatlarini sodir etadilar. Beqaror va tashqi muhit ta’siriga tez beriluvchan ixtiyorsiz psixopatlar odatdagi o`g’rilar safini oson to`ldiradilar;
Ma’nosiz ruhiy his-tuyg’ular va kuchli tuban mayllarga ega bo`lgan psixopatlardan esa banditlar, g’arazli qotillar boshqalarga qaraganda osonroq hosil bo`ladi; patologik qo`zg’aluvchanligi bilan ajralib turadigan psixopatlar arzimagan narsa tufayli atrofdagilar bilan oson aytishib qoladilar, jamoat tartibini buzadilar»
Ruhiy anomaliyalarga chalingan shaxslarning ulushi (koeffisiyenti) barchajinoyatchiliklarning taxminan 70 % ini tashkil qiladi.
Ma’lum bo`lishicha, ruhiy anomaliya holatida shaxslar tomonidan jismoniy kuch ishlatish (odam o`ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish) va bezorilik jinoyatlari sodir etilgan. Masalan, aqli raso deb tan olingan va odam o`ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish jinoyatlarini sodir etgan voyaga yetmaganlar sud-psixiatriya ekspertizasidan o`tkazilganda ularning har besh nafaridan uch nafarida aqli raso bo`lgan holda o`z jinoiy qilmishlariga yo`l ochuvchi turli anomaliya holatlari borligi aniqlangan. Ichki ishlar organlarining tegishli xizmat sohalari hisobida turgan voyaga yetmaganlar sodir yetgan huquqbuzarlik6larning 23–43 % ini ruhiyatida turli darajadagi ruhiy kamchiliklar mavjud bo`lgan yoshlar amalga oshirganlar. Jismoniy kuch ishlatish orqali og’ir turdagi jinoyat7 sodir etganlarning umumiy miqdorida anomaliya holatlarining mavjudligi tahlil etilganda 33 % shaxslarda anomaliya holatlari, 19% ida markaziy asab tizimining organik jarohati, 18 % ida bosh miya jarohati, 17 % ida surunkali alkogolizm alomatlarining mavjudligi aniqlangan.
Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchi shaxslarning xulqida janjalkashlik, tez ta’sirlanish, salbiy mayllarning o`z-o`zidan paydo bo`lishi, o`z xulqini ijobiy qadriyatlar va motivasiyalar bilan boshqarish mexanizmining sustligini kuzatish mumkin. Mazkur axloqiy ko`rinishlarning bari genetik anomaliyalar – Klayn Felter sindromi (ortiqcha X-xromosoma – 47/XXY sindrom yoki ortiqcha Yxromosoma – 47/XYY sindrom) deb nomlanadi.
Bunda ortiqcha X-xromosoma haddan tashqari tajovuzkorlik bilan, ortiqcha Y-xromosoma esa maqsad qo`yish va unga erishish sohasidagi og’ish (anomaliya)lar, xulqning irodaviy boshqaruvidagi buzilishlar bilan izohlanadi.
Hozirgi genetikaning yutuqlari individ psixikasining faqat «muhit» bilan bog’liqligi haqidagi ilgari shakllangan tasavvurlarga o`zgartishlar kiritmoqda. Biologik va ijtimoiy jihatlar inson xulqining murakkab tizimli bioijtimoiy omilini hosil qiladi.
Shunday qilib, inson xulqi yagona bioijtimoiy omil bilan bog’liqdir. Biologik jihatdan meros sifatida olingan inson xislatlari muayyan ijtimoiy sharoitlarda uning ruhiy xislatlari rivojlanishi uchun shart-sharoit hisoblanadi. Har bir jinoyat g’ayriijtimoiy yo`nalishdagi boshqaruv mexanizmlarga ega xulq natijasidir. Xo`sh, bu subyektiv ruhiy omil jinoyatni keltirib chiqarishga sabab bo`ladimi?
Albatta, ruhiy omillar jinoyat sodir etilishida birinchi o`ringa chiqadi va bu ularning birinchi sababi ekanligi xususidagi fikrni yuzaga keltiradi. Aslida, ruhiy omillarning o`zi jinoyatchi shaxsi shakllanishining haqiqiy sharoitlarida yuzaga keladi. Hech bir tashqi omil ham, hech bir ichki holat ham o`z-o`zicha axloqiy aktni yuzaga keltirmaydi. Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchilarda o`z-o`zidan yuzaga keladigan mayllarning tasodifiy vaziyatlarga bog’liqligi xosdir. Shaxsning o`zini o`zi boshqarish tizimining tarqoqligi aksariyat jinoyatchilarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy psixologik jihatlardan biridir. Jinoyatchilarning ayrim xudbinona intilishlari g’ayriijtimoiy tus olganda ularning axloqiy tizimini ong osti mayllari darajasida boshqaradi. Yaqin o`tmishda bo`lgan freydizmning asossiz tanqid qilinishi bizda «ong osti» tushunchasiga salbiy munosabatni yuzaga keltirdi. Hozirgi ilmiy psixologiya «ong osti omilini» «o`z» o`rniga qaytardi. Biroq «ong osti omilining taqiqlanganligi» fikri hali bizning huquqshunoslikda hukmronlik qilishda davom etmoqda. Huquqshunoslik dastlabki bosqichlarida faqat ongga asoslanadi. Biroq, ushbu cheklangan konsepsiya asosida shaxsning aksariyat vaziyat va impulslar bilan bog’liq harakatlarining ma’nosi va g’ayriqonuniy mohiyatini tushunib bo`lmaydi.
Garchi ushbu harakatlar mexanizmini ifodalash uchun soxta ilmiy surrogat – «motivsiz jinoyat» tushunchasi o`ylab topilgan bo`lsada, bu vaziyatdan chiqish yo`li emas, chunki sababsiz hodisalar sodir bo`lmaydi. Ruhiy boshqaruvlarning ong osti mexanizmlari barcha maqsadli harakatlarda, axloqiy qarashlarning keng miqyosli tizimida namoyon bo`ladi. Ong darajasi qanchalik past bo`lsa (aksariyat jinoyatchilarga ana shu belgi xos), xulqni tartibga solishning ong osti mexanizmlari shunchalik katta rol o`ynaydi.
Insonning asosiy axloqiy fondi umum qabul qilgan me’yorlarga aylanib
ulgurgan. Muayyan shaxs xulqining mustahkamlangan, umumlashgan usullari
uning tabiatiga xos xislatlardir. Ijtimoiylashgan shaxs barcha vaziyat va sharoitlarda barqaror va yaxlitdir. Jinoyatchi shaxs esa vaziyatga tobedir. Shu bilan birga, ashaddiy jinoyatchilarga xos barqaror g’ayriijtimoiy yo`nalganlik ularda tegishli ustunlik qiluvchi kriminogen motivlar, jamiyat uchun xavfli anglangan, ularning hayoti va faoliyatidagi boshqa barcha ko`rinishlarni o`ziga bo`ysundiruvchi intilishlar borligidan dalolat beradi. O`z navbatida, shaxs, o`zining ruhiy xislatlariga ko`ra jinoyatchining ijtimoiy roliga muqarrar mahkum etilishi mumkin emas. Biroq, har bir jinoyatda uning subyektiv tomoni sifatida jinoyatchi shaxsning ruhiy holatlari doimo namoyon bo`ladi.
Jinoyatchilar bir-birlaridan hamda ijtimoiy hayotga moslashgan, qonunga itoatkor odamlardan «jinoiy jihatlari» bilan emas, balki hayoti va faoliyatining turli sharoitlarida shakllangan fe’li-atvoriga xos salbiy jihatlari bilan farq qiladilar. «Jinoiy ruhiyat» ham, «jinoiy vorisiylik» ham mavjud emas. Ayni vaqtda ruhiyat ham, uning tabiiy shart-sharoitlari ham har qanday axloqiy aktga, jumladan g’ayriqonuniy harakatlarga «daxldordir». Ijtimoiy qarashlari qat’iy bo`lmagan insonda hatto uning tabiiy mayllari ham g’ayriijtimoiy axloq shakllarida, ya’ni jinsiy instinkt – nomusga tegishda; faol mudofaa refleksi – shaxsga tajovuz qilishda; o`zini saqlash instinkti – dezertirlikda namoyon bo`lishi mumkin. Huquqiy belgilariga ko`ra bir xil jinoiy qilmish turli ruhiy omillardan kelib chiqishi mumkin. Masalan, o`g’rilik jinoyati aybdorning shaxsiy yo`nalishi bilan ham, irodasining sustligi va ishonuvchanligi bilan ham, patologik xususiyati bilan ham sodir etilishi mumkin. Insonning jinoiy qilmishida namoyon bo`ladigan shaxsiy xislatlari «huquqiy ongdagi qandaydir umumiy nuqsonlar»dan emas, balki aniq axloqiy psixologik qusurlari (baxillik, shafqatsizlik, ijtimoiy negativizm) dan dalolat beradi.
Rus olimi A. R. Ratinovning o`tkazgan tadqiqotida jinoyatchilar va qonunga itoatkor fuqarolar o`rtasidagi jiddiy psixologik farqlar borligi kuzatilgan. Ya’ni shkalali tahlilda tekshiriluvchilarning qonunga itoatkor guruhi barcha asosiy qadriyatlarga ijtimoiy-ijobiy munosabatini, o`z hayotining mazmunini baholashi bo`yicha jinoyatchilardan ancha ustun ekanligi ma’lum bo`lgan. Jinoyatchilar bilan qonunga itoatkor shaxslar o`rtasidagi farqlar ijtimoiy muhit, faoliyat, badiiy zavq, nikoh, sevgi, farzandlar, oila kabi qadriyatlarda yorqin ko`rinadi.
Ayrim huquqshunoslar aksariyat jinoyatlarni o`z-o`zidan jinoyatni keltirib chiqaradigan, uning amalga oshishi uchun sharoit yaratadigan kriminoge vaziyat bilan bog’laydilar.

Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling