Yuridik psixologiya


Ekspert-psixologlarga savollar quyidagi tarzda havola qilinishi mumkin


Download 2.33 Mb.
bet120/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Ekspert-psixologlarga savollar quyidagi tarzda havola qilinishi mumkin:
1. Halok bo’lgan kishining individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari qanday va ular uning o’limi holatida kay tarzda yuzaga kelgan?
2. Halok bo’lgan kishi o’limidan oldingi vaziyatda o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan psixik holat yuz berganmi va agar shunday bo’lsa, bunday holatning sababi nimada ekan?
Mutaxassislar ekspertizaning bunday turini eng murakkab va masuliyatli turlar qatoriga kiritadi, chunki ekspertlar yuzmayuz eksperimental psixologik tekshirish imkoyaiyatiga ega bo’lmaydilar.
Odam o’lib ketgan, lekin uning obrazi, shaxsi, psixo­logik maqomini qayta yaratish, uning ichki dunyosi fikrlash tarzi, dunyoni sezishini qayta tiklash va tadqiq etish lozim, chunki uning olamdan ko’z yumishining sabablarini aniqlash yoki bunday sabablarnyang bo’lmaganligini qayd qilish kerak.
Ekspertlar vazifalarining hal etilishi butunlay tergov jarayonida to’plagan jinoiy ish materiallariga asoslanadi va ekspertlar xulosalarining asosliligi, ishonchliligi va samaradorligi ularning sifatiga, to’liqligi va obyektivligiga bog’liq bo’ladi. Bunday ishlarni tergabtekshirishda ekspert guvohlarni so’roq qilishda bevosita ishtirok etishi, ekspertga ekspertiza doirasida halok bo’lgan kishining qarindoshlari, do’stlari va yaqinlarini so’rabsurishtirish imkoniyatining berilishi ancha foydalidir.
Bunday ekspertizani o’tkazish uchun tayyorlangan jinoiy ish materiallari nafaqat halok bo’lgan kishini bilgan shaxslarning ko’rsatmalari, uning xatlari, yozuv daftarlari, shaxsiy kundaliklari, yozishmalari, shuningdek, agar mavjud bo’lsa o’lgan kishining ijodiy namunalari sur’atlari, she’rlari, nasriy asarlari va shu kabilar ham o’z ichiga olinishi kerak.
Magnitli manbalar — audiozapis va videokasseta hamda videoroliklardagi malumotlar yana kompyuter va disketalar xotirasida muhim axborotlar qolishi mumkin. Ekspertlar savollarga asosli javob berishi uchun halok bo’lgan kishining shaxsi, xarakteri, hissiy ta’sirlanishining o’ziga xos xususiyatlari, nizoli vaziyatlardagi o’zini o’zi tutishi, shuningdek, tergalayotgan hodisa, voqyea arafasida o’lgan kishining tevarakatrofidagi vaziyat, psixologik muhit uning bu holatga munosabati haqida imkoni boricha to’liq va aniq malumotlar to’planishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, o’zini o’zi o’ldirish shaxsning ijtimoiy-psixologik jihatdan ko’nika olmasligi oqibati hisoblanadi, bunday vaziyatda odam vujudga kelgan shart-sharoitlarda bundan keyin yashash uchun imkon qolmadi, deb xisoblaydi. Bunday vaziyatning vujudga kelishining ko’plab sabablari mavjuddir.
Masalan, shaxsning ko’nika olmay qolish holati jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy beqarorlik davrlarida obyektiv ko’payadi, bu o’zini o’zi o’ldirish hollari statistikasida o’z aksini toptan.
Ayniqsa, “orzu-umid”lardan xalos bo’lish davri og’ir davr hisoblanib, bunda ijtimoiy-psixologik yuksalishning o’rnini inqiroz egallaydi, bu ijtimoiy-psixologik ong tangligini chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga og’ir ta’sir qiladi va uning birmuncha zaif a’zolarining hayotdan ixtiyoriy ko’z yumishiga ko’maklashadi.
Inqirozni o’z boshidan kechirayotgan va taraqqiyot istiqbollariga ega bo’lmagan jamiyatda bunday hol ko’p uchraydi. Rossiyadagi manzara bunga misol bo’lishi mumkin: 2004 yilda 81417 nafar kishining suitsid (o’zini o’zi o’ldirish) holati qayd qilingan (100 ming nafar aholiga taxminan 32 tadan) — bu Yevropa, AQSh va Kanadani ham qo’shib hisoblagandagi butun g’arb dunyosidagi bunday hollardan ko’p deganidir.
Qayta qurishning dastlabki yillarida yaxshi o’zgarishlar bo’layotgan bir davrida o’zini o’zi o’ldirish hollari kamaya boshladi, lekin 1989-1990 yillarda, kartochkali tizim amal qilgan vaqtda bunday hollar yana ko’paydi. Hozirgi vaqtda 100 ming aholiga 38 ta holat to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda ijtimoiy himoyalanmagan shaxslar va boshqalarga nisbatan ko’proq depressiyaga, tushkunlikka tushadiganlar, ishonchsizlik hissi ko’proq rivojlanadiganlar, boshqalardan ko’ra zaifroq, ko’p ta’sirlanadigan, o’ziga shponmaydigan, shubhalanadigan, atrofdagilarga qaram kishilar vaziyatga moslasha olmaydilar.
Yetarlicha qayishqoq bo’lmagan, murosasiz, o’z-o’ziga nisbatan haddan ortiq talabchan kishilar ham bunday vaziyatda zaiflasha boradi.
Og’ir kasallik, hayotdagi mag’lubiyatlar, yaqin kipgasini yo’qotish oqibatida ham qatiy ko’nika olmaslik holati paydo bo’lishi mumkin.
Har qanday holatda ham shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmasligining og’irligi va chuqurligini baholashda uchta tarkibiy qism ko’rib chiqiladi:
• odatiy hayotiy sharoitlarning jidsiy tuzilishi;
• odamning ularni talqin kilishi (hayotiy halokat, chiqib bo’lmaydigan vaziyat, shaxsning falokati yoki og’ir, lekin o’tib ketadigan epizod);
• moslashish uchun kuchg’ayratlarni namoyon qilish xoxishi yoki bunta tayyorlik (hayotdan charchaganlik, «hayotni yana qaytadan boshlash»ni istamaslik, bu to’g’rida o’ylashdayoq noxushlik sezish yoki hayotiy io’nalishlarni qayta ko’rib chiqib, o’zini o’zi qo’lga olishga tayyorlik, vaziyatni o’z nazorati ostita olish).
O’zini o’zi o’ldirishlar o’z ahamiyatiga va psixologik sabablariga ko’ra birbiridan farqlanadi.
Ularning negizida ko’pincha ongli yoki ongsiz tarzda yaqin kishilarning xistuyg’ulari yoki jamoatchilik fikridan hamdardlikka ehtiyoj sezish, atrofidagi kishilardan yordam olishga intilish yotgan bo’ladi. Bunday holda o’zini o’zi o’ldirish harakatlari namoyishkorona tuye olib, haqiqiy yoki shantajli harakatdan iborat ekanligi kuzatiladi.
Ular ko’pincha odamlarning ko’zi oldida yoki kimdir kelishiga bir necha daqiqa qolganida sodir qilinadi, ularning usullari ko’pincha jiddiy xavf tug’dirmaydi — bir necha tabletka dori ichilishi, teri hamda vena qon tomirlarining biroz kesilishi, yupqa yoki keskir arqon ishlatilishi, eshiklar ochiq holida qoldirilishi mumkin.
Suisid xatti-harakat, ziddiyat vaziyatdan chiqishning (bahsdagi oxirgi, tortishilmaydigan dalil sifatida) mantiqqa zid tus olishi mumkin, u bunda yolg’izlik, og’ir yo’qotish va shu kabilar okibatida o’zini o’zi o’ldirishni amalga oshirayotgan odamning hayotdan butunlay yiroqlashishidan farqli ravishda o’zini o’zi o’ldiruvchining hayot bilan uyg’unligini bilvosita anglatadi oxirgi holatda omon qolishga imkon qoldirmaydigan qo’pol va ishonchli usullar tanlanadi. Tadqiqotchilarning fikricha, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirishlar asosida harbiy jamoadagi o’ziga xos turmush sharoitlariga moslashishning nomuvofiq taktikasi yotadi. Bu o’rindagi o’zini o’zi o’ldirishlarning 76% i xizmatning dastlabki yarim yilligiga, faol ko’nikish davriga to’g’ri keladi.
Yosh askarlar qatiy armiya tartibiga, jismoniy yuklamalarga, shaxsiy erkinlikning cheklanishiga, «qariyachilik» kabi salbiy hodisalar mavjud bo’ladigan, ayrim harbiy xizmatchilarning o’zini o’zi qaror toptirishi qo’pol jismoniy kuch ishlatilishi, axloqiypsixologik tazyiq o’tkazilishi ehtimoli mavjud yopiq harbiy jamoaga moslashishga majbur bo’ladilar. Nizoli vaziyatlar vujudga kelganida yosh askarlar ko’pincha raqobatchilik taktikasini tanlaщsa ancha noqobil va shu sababli oqibatda o’z joniga o’zi qasd qilishga olib boradigan usullarni ko’zlashadi.
Xarakterida senzitivshizoid xususiyatlar: mahdudlik, indamaslik, sipolik, norasmiy munosabatlarni o’rnatishga qiynalish, guruhli faoliyatga emas, balki ko’proq individual faoliyatga mayllilik, kamtarlik, osoyishtalik, shiddat va tajovuzkorlik darajasining pastligi, hissiyotning kuchliligi, jizzakilik ustunlik qiladigan shaxslarning armiyada ko’nikishi goyat murakkab kechadi.
Ular o’zlarining intizomliligi, ijrochililigiga qaramasdan jamoada past maqomga ega bo’ladilar, xizmatdoshlari o’rtasida ommaviylasha olmaydi, kichik uyushgan guruhlarga kirmaydi, faqat birikkita xizmatdoshlari bilan birmuncha yaqinlashadi, hatto ular do’sto’rtoq orttira olishmaydi, sardorlari e’tiborini o’zlariga jalb kila bilmaydi.
Pirovard natijada bunday holat emrsional izolyasiyaga, jamoa va ayrim harbiy xizmatchilarning ularni qabul qilmasligi, ajralib qolish va tajovuzga uchrashiga olib keladi. Bo’linmada samarali tarbiyaviy ma’naviyma’rifiy ishlarning kam olib borilishi bunday askarlarda - depressiv (tushkunlik), frustratsiya (g’amginlik) hamda shok (ilojsizlik) holati kuchaya boradi, o’zini o’zi baholash va o’zini o’zi hurmat qilish susayadi va bu o’zini o’zi o’ldirish uchun qaror qabul qilinishiga bosh sabab hisoblanadi. Halok bo’lgan shaxs, haqida axborot to’plaganda uning bolaligidagi psixik rivojlanishi, maktabdagi o’zlashtirshpi, otaonasining uydagi o’zaro munosabatlari tusiga doir ma’lumotlarga alohida diqqat, e’tibor qilish kerak, ayniqsa, o’smirni o’zini o’zi o’ldirshini tergabtekshirish jarayonida buni unutmaslnk lozim.
Harbiy xizmatchining suidsidal (o’zini o’zi o’ldirish) holatida halok bo’lgan shaxsni armiyaga chaqirilishdan avvalgi hayotini tavsif laydigan materiallar zarur. Ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxsning bolalikdagi psixik rivojlanishi yuzasidan ekspertpsixologlar kuyidagilarni bilishi muhimdir:
• ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxsning tug’ilgan vaqtida uning onasining yoshi;
• homiladorlik xohlab, rejalashtirib amalga oshirilganmi;
• homiladorlikning kechishi, tug’ish asoratlari;
• dastlabki o’sishida, yura boshlashda, so’zlashida qiyinchiliklarga uchraganmi;
• fe’latvorning o’ziga xos xususiyatlari, hayajonlanish, yig’loqiliq, passivlik, teztez jazavaga tushish, tungi ko’rqishlar, sonnambulizm (tushida yurish), tungi enurez (siydikning tutilmasligi), duduqlik va h.;
• bolaligida kim tomonidan tarbiyalanganligi, tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari;
• onasi bilan uzoqlashishlar bo’lmaganmi;
• otaonasining xarakter xususiyatlari, ularning tarbiyaviy uslubi;
• otaonadan ajralganmi, necha yoshida, qanday sababga ko’ra;
• maktabgacha bolalar tarbiya muassasalariga borganmi, bu to’g’rida tarbiyachilarning fikrlari;
• maktabda o’qishni boshlagan vakti (yakuni);
• o’zlashtirish va uning dinamikasi, pedagoglarning fikrlari;
• qaysi fanlarni oson o’zlashtirgaya, qaysilari qiyinroq kechgan;
• maktabdan tashqari vaktdagi mashg’ulotlari;
• pubertat («kiyin») yoshdagi o’ziga xos xususiyatlari, xarakteridagi o’zgarishlar, uyidan qochib ketishlar, mashg’ulotlarga bormasliklar uchraydimi, chekish, ichimlik ichish, giyohvand moddalar iste’mol qilish, erta jinsiy aloqada bo’lishlar va shu kabilar mavjudmi;
• do’stlari, oshnaog’aynilari doirasida, psixik muloqotda bo’lish shakllari, o’smirning yaxshi kurgan odamlari va ideallari;
• kelgusiga munosabat, kasbiy yo’nalish, reja, niyatlari, ularning mustaqilligi, realligi, barqarorligi;
• harbiy xizmatga munosabat: xizmat kilishga hohishi mavjudmi, kaysi qo’shin turida xizmat qilipshi xohlagan va h.x.
Halok bo’lgan kishining fe’latvori, xarakteri, emosional holatishshg o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni uni bilgan shaxslarning kuzatuvlaridan olish mumkin.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling