Yuridik psixologiya
Bunda biz uning quyidagi jihatlari qanday bo’lganligiga e’tibor qilishni tavsiya qilamiz
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
Bunda biz uning quyidagi jihatlari qanday bo’lganligiga e’tibor qilishni tavsiya qilamiz:
• tashqi ko’rinishi: saranjomsarishta, palapartish, ko’zga tashlanmaydigan, qaltis, o’z yoshiga mos, yoshidan kichikroq, kattaroq ko’rinishi mumkin; • uning yuziga xos ifodasi: osoyishta, so’ppaygan, bo’shashgan, qayg’uli, g’ayratli, jizzaki; • o’zini tutishi: bemalol, erkin, befarq, namoyishkarona, artistona, surbetlarcha, o’rtadagi farqni mensimaslik, siqiluvchan, asabiy, tortinchoq, senzitiv; • nazari: yorqin, so’niq, sovuq, o’tkir, ochiq, zimdan, keskin, qamrovli, ehtiyotkorona, boshqa tomonga, past, qochirib; • yig’isi va ko’z yoshlari: teztez yig’laydi, qandaydir hodisalarni eslatganda ko’zlari yoshga to’lib ketardi, o’zini tuta bilishligi bilan ajralib turardi; • kulishi: tortinchoq, ochiqchasiga, kinoyali, ahmoqona, sirli, bir xil emas; • harakatlari va imoishoralari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, gayritabiiy, ohista, beso’naqay, hovliqma, imoishoralarsiz, harakatlar teztez qaytariladi; • tovushi: sekin, baland, yuqori, past; • nutq ohanglari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, g’azabli, jahldor, jizzaki, qatiy, talabchan, yumshoq, shikoyatli, alamli, iltimosli, quvnoq; • nutqning mahsuldorligi: qisqalo’nda, kamgap, ko’p gapiradigan, oddiy; • nutq sur’ati: sustlashgan, tanaffuslar bilan, jadal, normal; • nutqning o’ziga xos xususiyatlari: ayrim iboralarni teztez takrorlash, erkalatish va qisqartirilgan qo’shimchalarni ishlatish, jargon, «begona so’zlar»; • aloqaga kirishuvi: aloqaga birinchi bo’lib, oson, tez, xohish bilan, qiyin, o’zini tutib, ehtiyotkorona, kirgan, biroz kuttirib, ko’pincha o’rinsiz yoki mohiyatiga qaramay javob bergan; • emosional-irodaviy holati: qo’rqoq, qayg’uli, g’amgin, zerikarli, erinchoq, o’zgaruvchan, jizzaki, jahldor, uyatchan, agressiv, serzarda, passiv, tushkun, optimist, quvnoq, sho’x, yuqori kayfiyatli, jo’shqin, tashabbuskor, tirishqoq; • diqqate’tibori: kuzatuvchan, parishonxotir, tez chalg’iydigan, o’ziga xos xususiyatlarsiz; • xotirasi: o’tkir, yaxshi, yomon, o’ziga xos xususiyatlarsiz; • fikrlashi: izchil, yuzaki, fikrini yo’qotib qo’yadi, ziyrak, ixtiroli, kaltafahm, ezma, teztez aniqlashtiruvchi, ortiqcha detallashtirish. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling