Psixologiyada affekt deb «kuchli va shunchaki qisqa muddatli emosional hayajonlanish paydo bo’lishi tushuniladi». Bunday vaziyatlarda psixik holatlar almashinuvi deb baholanadi, lekin ularda xasatlik belgilari bo’lmaydi.
Affekt holatini yuzaga kelishining ikki xil sababi bo’lishi mumkun.
Birinchidan, bu holat odamning hayotiga xavf tug’diruvchi biologik instinktiga va ehtiyojiga bog’liq ravishda, masalan, bevosita yoki bilvosita hayotga tatbiq qilish.
Ikkinchidan, affekt uni o’rab turganlarning harakati ularning mulohazalari, ijtimoiy baholari, uning shaxsiga kattiq shikast yetkazuvchi insonning o’zinio’zi baholashiga tasir ko’rsatuvchi omillar bilan yuzaga keltirish mumkin. Malumki, affektni, majburlash yoki shaxsni qattiq haqorat qilish yo’li bilan yuzaga keltirish aksariyat hollarda uchraydi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, affekt faqat (spepesifik) o’ziga xos xususiyatlari bor bo’lgan vaziyatlardagina yuzaga keladi, xolos. Ushbu omilni tasdiqlovchi bir talay materiallar mavjud.
Yuridik adabiyotlarda haqqoniy ravishda ko’rsatiladiki, mana shu vaziyat subyektning hayolida emas, balki uning o’ngida paydo bo’lishi shart.
Affekt har doim bir zumda paydo bo’lish xususiyati bilan tavsiflanadi, chunki u birinchi bor insonga tasir qilgani uchun unda ko’zg’atuvchilar affektli munosabatni yuzaga kedtiradi.
Bazida affektli portlash tayyorlovining shartlaridan biri affektli munosabatni keltiruvchi takroriy vaziyat bo’lib hisoblanadi.
Aynan takroriy vaziyat kechinmalarning rivojlanishiga, keyinchalik esa affektiv portlash sodir bo’lishiga olib keladi.
Buning asosiy manosi shundan iboratki, oxirgi vaziyatlarda g’ayriqonuniy harakatlarni sodir qilgan shaxs favqulodda affekt holatida bo’ladi. Sud, tergov amaliyotida shunday holatlar malumki, jinoiy xatti-harakatlar, qachonki jabrlanuvchi tomonidan ko’p marta va takror sodir etilgan haqoratlardan so’ng sodir etilishi kuzatiladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, jabrlanuvchi o’zining harakatini oxirida qo’pol va haqoratli harakatlar sodir kilishi mumkin, lekin bu harakatlarning o’zi affektning «oxirgi tomchisi» sifatida kelib chiqishiga sabab bo’lishi aksariyat hollarda uchraydi.
Shunday qilib, fiziologax affekt, yani jismoniy affekt birlamchi yoki bir marotabalik «affektogen» holatlarining paydo bo’lishi natijasida asta sekinlik bilan affekt kechinmalarining to’planishida vujudga keladi.
Affekt ongning funksiyasini yo’qolishini keltirib chikarmaydi. Shuning uchun inson o’z xatti-harakatini eslaydi, bazida bu harakat yoki harakatning ba’zi bir elementlari esdan chiqib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |