Yuridik psixologiya


Bu tobelik P.V.Simonov tomonidan emosiyaning strukturasi formulasida puxta izohlab beriladi


Download 2.33 Mb.
bet132/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Bu tobelik P.V.Simonov tomonidan emosiyaning strukturasi formulasida puxta izohlab beriladi. Shundan kelib chiqadiki, affektogenli vaziyatni rivojlantirish uchun zaruriy va yetarli sabab, yuqori shaxsiyatli psixik shikastlantirish bilan xavf solish faktori va shartlari mavjudligi, subyektni to’lqinlantiruvchi, narsa, yo’lyo’riq xaqidagi malumotlarning kamligi, narsaning va vaqtning neytralligida paydo bo’lgan xavf va qoniqish hissi orqali uning istagi va xavfsizligi faollashgan hisoblanadi.
Talablarning iyerarxiyasi individual xususiyatga ega bo’lib, u hamma odamda shunday nomlanuvchi asosiy talablarni o’zining tartibiga kiritadi. Bularga biologik, instinktli talablar va ayrim yuqori sosial talablar kiritiladi, dastavval hamma talablar sosial iqror bo’liщda, hurmatda, o’zligining qimmatli “men”ligini ko’tarishdan va uni saqlashdan iborat. Asosiy talablar birbiridan chiqarilmaydigan va o’zaro birbirining o’rnini bosa olmaydigan ehtiyojlar bo’lib, hisoblanadi. Shuning uchungina bular yuqori affektli potensialga egadirlar.
Shaxsni ijtimoiy shaklda qoniqtirish mumkin bo’lmagan vaziyatlarda shaxs mavjud holatni affektning «halokatli» yo’li bilan hal qilishga o’tadi.
Psixik holatga tasir kilishning informatik xarakteristikasiii, obyektiv shartlarining o’ziga xosligi va sababiy bog’lanishlarni faqat obyekt holatining shartlaridagina emas,balki subyektning shaxsi, uning dinamik holatlarida ham ko’rish mumkin.
Shu bilan affekt holatning tasirini aniqlasada, lekin jabhaviy obyektlarini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Bu holat ekspertni adekvat, yani to’g’ri baholashda subyektning shaxsini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Nizoli vaziyatlarning mavjudligi affektning vujudga kelishiga yetarli asos bo’lib hisoblanmaydi.
Keyingi muhit — bu shaxsning individual psixologik xususiyatining kompleksi va subyektkonflikt jarayonidagi muvaqqat holatidir.
Bir shaxsda mavjud bo’lgan, yani affektni keltirib chiqaradigan psixologik muhit boshqa bir shaxsning xatti-harakatidagi uzluksiz holatlarning buzilishiga olib kelmaydi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling