Yuridik psixologiya


-MAVZU : SUD MUHOKAMASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI


Download 2.33 Mb.
bet133/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

14 -MAVZU : SUD MUHOKAMASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
(2 SOAT)
1.Sud, tergov jarayonida dalillarni tekshirishning psixologik xususiyati. Sudlanuvchi shaxsning individual psixologik xususiyati va sodir yetilgan jinoiy voqyeaning psixologik holatlarini aniklash.
2.Sud jarayonidagi harakatlarining individual psixologik xususiyatlari. 3.Sudlanuvchini, guvohni va jabrlanuvchini so’roq kilish psixologiyasi.
4.Sud muhokamasining psixologik xususiyatlari.
5.Hukm qarorining (matnining) psixologiyasi. Hukmning obyektivligiga qarshilik ko’rsatuvchi psixogen omillarni bartaraf yetish.
Guvohlar va jabrlanuvchilarni so’roq qilishga tayyorgarlikning psixologik jihatlari quyidagi asosiy qismlardan tarkib topadi:
1.Reja tuzish, ish materiallarini o’rganish va aniqlik kiritilish lozim bo’lgan masalalar tahlili;
2.So’roq qilinadigan shaxsni o’rganish;
3.Muvaffaqiyatli so’roq uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
4.Tergovchining xulqatvori va o’zini hozirlashi.
Reja so’roqning asosi bo’lib hisoblanadi, unda aniqlik kiritilishi uchun zarur savollar, ularning mazmuni va tartibi belgilab qo’yiladi.
So’roqdan avval ish materiallarini o’rganish, guvoh yoki jabrlanuvchini so’roq qilish chog’ida aniqlanishi kerak bo’lgan savollar doirasi bilan bog’liq dalillarni tahlil qilish zarur.
So’roqqa kirishishdan avval guvohlar va jabrlanuvchilar shaxsiyatini o’rganish talab etiladi. Ularning tarjimai holi, shaxsiytipik yoshlari bilan bog’liq xususiyatlar, psixologik rivojlanganlik darajasi, kasbkori, qiziqish doirasi, jinoiy xatti-harakatga aloqadorligi va hokazo ma’lumotlar shular jumlasidandir. Rasmiy so’roq oldidan, bevosita tanishuv chog’ida tergovchi gumondor, guvoh yoki jabrlanuvchining tashqi qiyofasi, madaniyati, nutqining alomatlari, psixofiziologik ta’sirot va holatlari (hayronlik, loqaydlik, hayajon, qo’rquv, xotirjamlik, dushmanlik va hokazo)ni kuzatish orqali ularning tergovga yordam berish istagi yoki aksincha iloji boricha kamroq, ahamiyatsiz, yolg’on ma’lumotlar berish bilan cheklanishga intilishi haqida muayyan tushuncha hosil qiladi.

Guvoh yoki jabrlanuvchi shaxsiyatiga oid ma’lumotlar psixologik muomala (kontakt) o’rnatish, so’roqning eng maqbul yo’sinini (taktikasini) tanlashda qo’l keladi. Guvoh va jabrlanuvchilarni chaqirtirish vaqti va usuli, shuningdek tergov harakati o’tkazilayotgan sharoit va joy alohida psixologik ahamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko’ra guvoh va jabrlanuvchilar imkoni boricha zudlik bilan so’roq qilinmog’i kerak. Biroq bu yerda ham istisnolar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvoh ko’z o’ngida sodir etilgan jinoyat tufayli ruhiy hayajonga tushgan, asablari qaqshagan, o’zini yo’qotib qo’ygan bo’lsa so’roqni kechiktirgan ma’qul.


Bezorilik, bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoiy ishlarning tergovida zudlik bilan so’roq qilish bilan birga jinoyatchini qidirib topish va hibsga olish uchun zarur ma’lumotlar jamlanganidan keyin, guvoh va jabrlanuvchilarni qaytadan, batafsil so’roq qilish maqsadga muvofiqdir.
Psixologik nuqtai nazardan guvoh yoki jabrlanuvchini so’roqqa chaqirish vaqtini belgilayotib, ish manfaatlari bilan chaqirilayotganlarning imkoniyatlari va manfaatlarini uyg’unlashtirishga intilish lozim.
Agar chaqirilayotgan shaxslarning ko’rgazmalari ish uchun juda ham ahamiyatli bo’lsa, ularni chaqirish uchun telefondan foydalanish afzalroqdir. Telefon orqali so’zlashuv psixologik muomala (kontakt) o’rnatilishiga imkon beradi, bundan tashqari so’roqqa maxsus chaqiruv qog’ozi bilan ham chaqirtirish mumkin, ular guvoh, jabrlanuvchining uyiga albatta konvertga solib jo’natiladi.
Jabrlanuvchi, guvohni so’roq qilishning joyini belgilash ham psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, jabrlanuvchi yoki guvohlar jinoyatga oid muhim tafsilotlarni unutgan bo’lsalar, ularni voqyea yuz bergan joyda so’roq qilish maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi.
So’roq joyini tanlayotgan paytda odobaxloqqa oid mulohazalarni ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Yoshi o’tib qolgan yoki bemor kishilarni tergovchi huzuriga chaqirtirish tavsiya etilmaydi. Tergovchining o’zi ularning oldiga borishi va o’sha joyning o’zida so’roq qilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo’lmasa, ushbu ish bo’yicha surishtiruv olib borilayotgan joydagi tegishli tergovchiga shaxsni yashash joyida so’roq qilishga oid alohida topshiriq yuborish lozim.

Bemor jabrlanuvchi yoki guvohni faqat vrachning ruxsati bilan, u yotgan joyda (uyida yoki kasalxonada) so’roq qilish mumkin.


So’roq kutilgan natijani berishi ko’p jihatdan o’tkazilayotgan sharoitiga bog’liq. Bitta ish bo’yicha chaqirilgan guvohlar alohidaalohida, boshqa guvohlarsiz so’roq qilinadi. Ayni chog’da tergovchi bitta ish bo’yicha guvohlar birbirlari bilan kelishib olmasliklari uchun tegishli choralarini ko’rishi zarur. Butun so’roq mobaynida tergovchi, ayblanuvchi, guvoh yoki jabrlanuvchini hyech narsa chalg’itmasligi, telefon qo’ng’iroqlari, kiribchiqayotgan xodimlarning gapso’zlari tergovchiga xalaqit bermasligi muhimdir.
E’tiqodli (prinsipial), adolatparvar, halol, va odobli tergovchi so’roq qilayotgan kishining hurmatini qozonadi, unda rostmana ko’rgazmalar bilan tergovchiga yordam berish istagini uyg’otadi. So’roq qilinayotgan shaxsning ko’ngliga individualpsixologik nuqtai nazardan yo’l topish tergovchining eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Buning uchun tergovchi so’roq qilinayotgan kishining yoshi, manfaatlari, jinsi, ma’lumoti, turmush tajribasi, madaniyatlilik darajasi, e’tiqodlari, so’roq paytidagi psixik kechinmalarini e’tiborga olib, o’zaro ishonch vaziyatini tug’dirishga intilishi lozim. Tergovchining tashqi ko’rinishi, yaxshi xulqatvori, sarishtaligi, kirishimliligi, odamgarchiligi, diqqate’tiborliligi, xushmuomalaliligi hamohang ravishda so’roq qilinayotgan shaxsda ishonch va muomalaga hozirlik kayfiyatini uyg’otadi.
So’roqning dastlabki, kirish qismida tergovchi so’roq qilinayotgandan asosan tarjimai holi, yashash va ishlash joyi kabi ma’lumotlarni (anketa ma’lumotlarini) oladi. Mohiyate’tiboriga ko’ra bu savoljavoblar suhbatdoshlarning birbiriga nisbatan bundan keyingi munosabatlarini belgilab beradi.
So’roqning ikkinchi bosqichi psixologik muomala (kontakt) o’rnatishni taqozo etadi, bunda so’roq qilinayotganning hozirjavobligi, rosmana ko’rgazma berishga shaylangani tushuniladi. Bu bosqichda so’roq suhbatning maromi, ohangi, emosional darajasi, suhbatdoshlarning kechinmalari va birbirlarini ishontirish uchun keltiriladigan, o’zlarining haqliklarini ta’kidlaydigan dalilisbotlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Jabrlanuvchi va guvohlarning ijtimoiy-psixologik fazilatlariga ta’sir o’tkazish orqali psixologik muloqot (kontakt) o’rnatilishi mumkin.
Ba’zan tergovchi o’ziga ishonch uyg’otish, jabrlanuvchi va guvohlarda suhbatlashishga ishtiyoq tug’dirish, o’zi bilan ularning maylehtiyojlari, qiziqish doiralari o’rtasida umumiylikni namoyon qilish orqali psixologik kontakt o’rnatishga erishadi.
Tergovchi guvoh va jabrlanuvchilarning ko’rgazmalariga xayrixohlik va ishonch bilan munosabatda bo’lishi shart. U tomondan qo’pollik, istehzo, nazarpisand qilmaslik, ishonchsizlik, shoshqaloqlik, e’tiborsizlik kabi muomala ko’rinishlariga yo’l qo’yilishi tergov samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
So’roq qilinayotgan kishi voqyea tafsilotlarini o’z bilganicha so’zlab berganidan keyin, tergovchi uning tergovni qiziqtirayotgan holatlarni tilga olmayotgani yoki mavzudan chetga chiqib ketayotganini payqasa, qo’shimcha, aniqlik kirituvchi savollarni beradi.
Jinoiy ishlar tergov qilinayotganda ko’pincha jabrlanuvchi, guvohlarni tergov qilayotib ular aytib berayotgan voqyea sodir bo’lgan aniq vaqtni tasdiqlab olish zaruriyati tug’iladi. Tergovchi so’roq qilinayotgan kishining esiga tushiruvchi mulohazasi bilan unga yordamlashishi mumkin. Ana shu maqsadda xronometraj usuli ham qo’llanadi. Muqaddima tarzida guvoh yoki jabrlanuvchi uchun xotirasidan o’chmaydigan bironta sana, voqyea eslatiladi, so’ngra tergovchi o’sha kuni uning yana nimalar bilan shug’ullangani, faoliyatining maromi, muddatlari bilan qiziqib, shu orqali o’sha kunni tergovni qiziqtirayotgan daqiqalargacha vaqt jadvaliga soladi.
So’roqning yakuniy bosqichida tergovchi turlicha vositalar: qo’lyozma, mashinka yoki kompyuter yozuvi, audio, video yozuv bilan so’roq jarayonida olingan ma’lumotlarni qayd etib, so’roq qilinayotgan kishiga yozma ravishda topshiradi, u tanishib chiqib, o’z imzosi bilan bayonnoma (protokol)dagi ma’lumotlarning asliga to’g’riligini tasdiqlaydi.
So’roq mobaynida so’roq qilinayotgan kishining kechinmalarini aniqlab olish maqsadida uni diqqat bilan kuzatish lozim, negaki uning ichki kechinmalari tashqi qiyofasida, xulqatvorida, eshitgan ma’lumotlarni qanday qabul qilishida, nutqining xususiyatlari (maromida, mazmuniga ko’ra bog’liqligi, takrorlar, uzuqyuluqligi va hokazo)da yaqqol ko’zga tashlanadi. Misol uchun, rangning oqarishi yoki qizarishi, nutq tezligi va maromining o’zgarishi, duduqlanish, qaltirash, to’xtamay gapirish, chalachulpa so’zlash, ovozni balandlatish yoki xaxolay boshlash, nafas olishining tezlashishi yoki sekinlashishi qattiq hayajonlanishdan dalolat beradi.
Bunday psixologik kechinmalarni qayd etish so’roq berayotgan kishi qay paytda rost, qay paytda yolg’on aralashtirib yoki faktlarni bo’rttirib gapirayotganini aniqlab olishga ko’maklashadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling