Yuridik psixologiya


Tergovchi, tezkor xodim, sudya professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir


Download 2.33 Mb.
bet136/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Tergovchi, tezkor xodim, sudya professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir.
Rekonstruktiv faoliyat jinoiy ish bo’yicha jami to’plangan ma’lumotlar joriy va yakuniy tahlili bo’lib, uning sintezi va maxsus bilimlarga tayangan holda farazlarni ilgari surish. Ishni rejalashtirish ham rekonstruktiv faoliyatning natijasi hisoblanadi.
Kommunikativ (aloqaga kirish) faoliyati muomala jarayonida zarur ma’lumotni olishni anglatadi. Bu faoliyat ayniqsa, tergov mobaynida, advokatlar, tezkor xodimlar, mehnataxloq tuzatish muassasalari xodimlari ishida katta ahamiyat kasb etadi.
Tashkiliy faoliyat ishchi versiya (taxmin) va rejalarni amalga oshirish chog’idagi irodaviy xatti-harakatlardan iboratdir. U muayyan professional masalani hal etish uchun o’zini va odamlarni safarbar etish singari ikkita omilga bo’linadi.
Dalillash faoliyati ish bo’yicha olingan barcha ma’lumotlarni qonunda ko’zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon (qaror, protokol, hukm va hokazo tarzda) etishni bildiradi.
Huquqshunos kasbining professiogrammasini tahlil qilishni tergovchi kasbidan boshlash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz, chunki tergovchi professiogrammasi umuman huquqshunoslik faoliyati uchun mushtarak bo’lgan psixik qonuniyatlarni to’laroq aks ettirish imkonini beradi.
Tergovchi tergov xatti-harakatlarining tashkilotchisi bo’lib, mas’uliyatli qarorlarni qabul qiladi, ular bajarilishiga erishadi, shu tariqa ko’plab kishilar faoliyatining muvofiqlashtiruvchisi vazifasini o’taydi.
Amaliy ish undan hamisha diqqate’tiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi. Tergovchi faoliyatining rekonstruktiv jihati ma’lumotlarni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda ko’zga tashlanadi.
Tergovchi ayni chog’da juda ko’p narsalarni: jinoyat prosessual kodeksi, jinoyat kodeksi, kriminalistika va psixologiya, buxgalteriya hisobi, ballistika va boshqa bilimlarni chuqur egallagan bo’lishi zarur. U har tomonlama bilimdon bo’lishi bilan birga, ma’naviyaxloqiy qiyofa, madaniyat borasida ham boshqalarga o’rnak bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir.
Tergovchi o’zida aniq, ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashi kerak. Bu o’z ishiga qiziqishning mezonlaridan biridir. Bunday qiziqish bo’lmagan taqdirda, diqqatni tarbiyalashga qaratilgan barcha urinishlar zoye ketaveradi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling