Yuridik psixologiya


Download 2.33 Mb.
bet52/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Proaktiv tormozlanish (lotincha pro - olg’a, activus faol); avvalgi faoliyatning undan keyingi materiallarni esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta’sir ko’rsatishdan iborat xotira qonuni. Proaktiv tormozlanishning fiziologik asosi asab jarayonlari, ya’ni qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi induksion (lotincha inductin-keltirib chiqaruvchi) munosabatdir.

  • Retroaktiv tormozlanish (lotincha retro - qaytadan, orqaga, activus faol, harakatchan); muayyan materialni esda qoldirish yoki esga tushirish jarayoniga undan keyingi faoliyatning salbiy ta’siri. Retroaktiv tormozlanish oldingi faoliyatga o’xshash materiallardan birontasini esda qoldirish yoki esga tushirishda ayniqsa yaqqol ko’rinib, uning fiziologik sababi asab jarayonlarining salbiy induksiyasidir (keltirib chiqaruvchisidir).

  • Induksiya (lotincha inductio - keltirib chiqarish)induksiya; juz’iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o’tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi oliy asab faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo’zg’alish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.

  • Retrograd amneziya (lotincha retrogradis - orqaga ketuvchi, ainkor yuklamasi, mnemaxotira); Ilgari yuz bergan voqyea va hodisalarni esda saqlashdan, hozir sodir bo’lgan voqyea va hodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning tiklanishi esa unitish jarayoniga teskari ravishda ro’y beradi; keyinchalik unitilgan oldin, oldin unitilganlar keyin esga tushiriladi.

  • Reproduksiya (lotincha re - qaytadan, pradicjo - esga tushirish)reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.

  • Retenziya (lotincha retecio - tutib turish)retensiya; xotiraning idrok qilingan narsa va hodisalarni saqlab qolish vazifasi (funksiyasi).

  • Letargiya (yunon. Letargia-unitish, esdan chiqarish); soatlab, bir necha kunlab, hatto, ba’zan oylab davom etadigan ruhiy kasallikdagi uyqu. Letargiya holatida insonning nafas olishi, tomir urishi deyarli bilinmaydi, tana qismlari harakatsiz, faoliyatsiz, sust bo’lib qoladi.

  • Obraz xotirasi – yaqqol mazmunni, ya’ni narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va bog’lanishlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi analizatorlarning (tashqi va ichki muhitdan keladigan taassurotlarni qabul qilib, fiziologik jarayon hisoblangan qo’zg’alishni ruhiy jarayonga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi) nomiga ko’ra ko’ruv, eshituv, teri sezgisi kabi turlarga bo’linadi. Obraz xotirasining alohida bir turi eydetizm hisoblanadi. Masalan, biz ilgari o’zimiz ko’rgan qo’shiqchining obrazini, u ijro etgan kuyini va ashulani, uning ashula paytidagi ifodali harakatlarini va turli qo’zg’atuvchilarni hosil qilgan boshqa taassurotlarni esimizda saqlaymiz.


  • Download 2.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   157




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling