Yuridik psixologiya


Download 2.33 Mb.
bet53/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Harakat xotirasi turli harakatlarni, ularning bajarilish tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat turi. Harakatni esga tushirish shu harakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo’ladi. Harakat xotirasi mehnat, o’quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib topishi hamda bajarilishida muhim ahamiyatga egadir. O’z gavdasining xatti-harakatlarini esda saqlab qolish inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, bunday eslab qolishning asosida harakat shakli, tezligi, izchilligi, ularning ritmi va hokazolar to’g’risidagi muskul harakat tasavvurlari yotadi.

  • Mantiq xotirasi ma’lum g’oyalar, fikrlar, hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat bo’lgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushohadalar, qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustahkamlash va qayta tiklash jarayonlaridir. So’zlar (verbal) orqali ifodalangan fikrlar so’zmantiq xotirasi yordamida esda olib qolinadi. O’quvchilar va talabalar o’zlari o’rganadigan, o’zlashtiradigan, hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi tushunchalarni egallash, ular to’g’risida hukm va xulosalar chiqarish jarayonida xotiraning xuddi mana shu turiga suyanib ish ko’radilar. Badiiy va ilmiy adabiyotlar matnlarini esda olib qolish va esga tushirish asosida mazkur xotira turi yotadi. Bunday fikrlar xuddi kitobdagidek so’zmaso’z shaklda ham, shuningdek, fikrning so’z ifodasi aniq saqlanmagan holda esda olib qolish va esga tushirilishi mumkin.

  • His-tuyg’u (emotsional) xotirasi voqyelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushirishdan iborat xotira turi. His-tuyg’u yoki hissiy xotira odamlarning ilgari o’z boshidan kechirgan his-tuyg’ularni hissiy holatlarini esda olib qolishdir. Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va murakkab ishni amalga oshirgan paytingizda yoki musobaqa g’olibi bo’lganingizda va shu kabi boshqa holatlarda sizda jo’sh urgan quvonch yoxud iftixor hissi oradan ancha vaqt o’tgandan keyin ham xotirada tiklanish mumkin. Imtihon paytida qoniqarsiz javob qaytargan yoki noto’g’ri nojo’ya xatti-xarakat tufayli qattiq xijolat chekib, uyalgan bo’lsangiz, siz uni uzoq vaqt esdan chiqarmasligingiz mumkin.

  • Mexanik (grek. ongga yo’naltirilmagan) xotira muayyan materialni uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bog’lanishlariga tushunmagan holda, faqat muhim bo’lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi.


  • Download 2.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling