Yuridik psixologiya


Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi


Download 2.33 Mb.
bet60/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi

  1. Dominanta (lat. dominans–hukmronlik qiluvchi) –muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’atuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazi. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. Dominanta markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday qo’zg’alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradida, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi.

1. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarini ishlash prinsipini tashkil qiladi. Dominanta diqqatning fiziologik asosidir.

  1. Nerv jarayonlarining induksiyasioliy nerv faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat: MNSining biror markazida qo’zg’alish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo’zg’alishning kelib chiqishiga sabab bo’lishdan iborat qonuniyat.

  2. Nerv tizimi jarayonlarning konsentrasiyasi markaziy nerv tizimidagi qo’zg’alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o’tishi bilan dastlabki paydo bo’lgan uchastkasiga to’planish qonuni.

  3. Diqqatning ko’lami-bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan obyektlarning miqdori.

  4. Diqqatning ko’chuvchanligifaoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.

  5. Diqqatning taqsimlanishi-diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.

  6. Diqqatning barqarorligidiqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati.

  7. Parishonlik-diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatida gavdalanishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hyech narsaga qarata olmaslik hisoblansa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko’ra kelib chiqishi ham mumkin.

  8. Kasbga xos diqqat-ma’lum bir kasbda ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talabalari va obyektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko’cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi.

  9. Ixtiyoriy diqqat ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan obyektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.

  10. Ixtiyoriydan keyingi diqqat diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.

  11. Diqqat chalg’ishi-ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o’tib turishidan iborat salbiy xususiyati.

  12. Diqqatning hajmi-diqqatning bir vaqtning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan mustaqil obyektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 26 mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o’rtasida qanchalik yaqin bog’lanishlar mavjud bo’lsa, uning hajmi shunchalik kengdir va aksincha.

  13. Diqqat obyekti ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo’naltirilgan va faol to’plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o’z his-tuyg’ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo’lishi mumkin.

  14. Ixtiyorsiz diqqat ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo’naltirilishi va unga to’planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.

  15. Diqqatsizlik-diqqatni obyektga yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.

  16. Diqqatning o’zgarib turishi idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan minutiga 2530 marta ham o’zgaradi. Diqqatning o’rtacha o’zgarish-tebranish chastotasi 23 sekundga tengdir.

  17. Ko’ruv diqqati-narsa va hodisalarni ko’ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo’ladigan diqqat turi.

  18. Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat-ongimizning muayyan obyektga ixtiyorsiz ravishda yo’naltirilsada, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to’planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to’plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.

  19. Ichki diqqat-ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg’ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.

  20. Tashqi diqqat ongimizning obyektiv voqyelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi.

  21. Retikulyar formasiya - bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliyev ko’prigi, o’rta miya) nerv hujayralari bo’lib, ular o’z tuzilishiga ko’ra, qalin to’rni eslatadigan o’simtalarga egadir. Ko’zg’ovchilar ta’sir ostida turli reseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o’simtalari. R. F. ga tutashgan bo’lib, mavjud singal R. F. ni ham qo’zg’aydi. R. F. da xos bo’lgan qo’zg’alish, o’z navbatida, bosh miya qobig’idagi turli markazlarni qo’zg’aydi. Bosh miyadagi qo’zg’alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susaytiradi. Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko’p signallar qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko’rsatib turadi.

  22. Bedor holat bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zg’alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.

  23. Qo’zg’alish markazi-markaziy nerv tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y bergan uchastkasi.

  24. Ergograf (yunon. yergon) –mushaklarning ishini grafik usulda ifodalashda qo’llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayoni o’rganishda qo’llaniladigan asbob.

  25. Vigillik( lat. vigil –xushyor, sinchkov)ziyraklik; diqqatni yangi obyektlarga, ayniqsa subyektiv taassurotlarga tez to’play olish qobiliyati.

  26. Diqqat depressiyasi (lat. depresio –pasayish)turli tashqi va ichki omillarga ko’ra obyektda to’planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.

  27. Alfaritmasining ekzaltamiyasi (lat. Yexatatio-kuchayish) bioelektrik potensiallar amplatudasining kuchayishi; signallarga javob berishda tomirlarning torayishi o’rniga ularda kengayishning yuz berishi.

  28. Kuch qonuni (I. P. Pavlov)kuchli qo’zg’ovchilar kuchli, kuchsizlar esa kuchsiz reaksiya berish holati.

  29. Paradoks fazasi-kuchli qo’zg’atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo’zg’atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).

  30. Oriyentir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi-ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq va oqilona instruksiya (yoki ustanovka) berish hamda vaziyatga qarab uni o’zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytatdan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.

  31. Diqqat korreksiyasi (lat. Correctio-tuzatish)insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling