Yuridik psixologiya
“Endopsixika» va «Ekzopsixika” haqida tushuncha
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (“endopsixik” yunoncha “endo” ichki degan ma’noni bildiradi)
- “ekzopsixik” qismi bo’lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini
“Endopsixika» va «Ekzopsixika” haqida tushunchaYuqorida ta’kidlab o’tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulqatvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo’yilishi dastavval ta’lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog’liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o’tish, u haqida yetarli darajada to’la tasavvurga ega bo’lishni xohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab o’tish lozim. Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikasiyalashni) tavsiya etmoqdalar. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial) omil (faktor) ning, voqyelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqyeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” yunoncha “endo” ichki degan ma’noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko’ra “endopsixika” shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nervpsixologik tuzilishi bilan “endopsixik” aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go’yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning “ekzopsixik” qismi bo’lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. “Endopsixika” o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan “endopsixika” biologik shart-sharoitlarga bog’liqdir, aksincha, “ekzopsixika” ijtimoiy voqyeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning namoyandalari bo’lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sosial) voqyeliklarning ta’siriga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Obyektsubyekt munosabatini belgilaydi. “Endopsixika” o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi. Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur’atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq? Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga o’ta keskin e’tiroz bildirishga hojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasada) uchun unda tabiiybiologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sosial) omillarni birlamchi deb e’tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o’zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini topadi. Ko’pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo’sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqyelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda birbiriga qarama-qarshi qo’yadi, o’zaro ta’sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar. Ta’kidlab o’tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariya tadqiqotchilari tajribalarida 80130 sm balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning bo’yi past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hyech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi kishilarda bolalarga xos kulgini, hyech bir tanqidsiz optimizmni, o’ta soddalikni, muayyan darajada hissiy (emosional) zo’riqishni talab qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkindir. Shaxsning xislatlariga na “endopsixika”, na “ekzopsixika” qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning psixik xususiyatlarining mahsuli bo’lib, ular bo’yiga nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e’tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, tevarakatrofdagilarning mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqaga munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi narsalarni his qilish, orzu qilish, ajablanish, hayron qolish sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqyelik ularning ruhiy ezilishini, ba’zan boshqalarga, hatto o’zlariga nisbatan tajavuzkorona yo’l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (liliputlar) o’zlari bilan bapbarovar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarakatrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo’lar edi. Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta’kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog’liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomikfiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hyech mahal ixtiyorsiz ravishda birbiriga qarama-qarshi qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Shunday qilib, ilmiy psixologiya (materialistik deb atashdan saqlanish maqsadida) fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy, umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sosial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy voqyeliklarni atigi shularning negizida qarama-qarshi qo’yishga tanqidiy munosabatda bo’ladi. Shaxs muammosini dialektik materializm pozisiyasida turib himoya qiluvchi sobiq sovet psixologiyasi va boshqa taraqqiyparvar yo’nalish vakillari shaxsning faolligi tevarakatrofdagi olam bilan bo’ladigan o’zaro munosabat jarayonida faoliyat vujudga kelishi mumkin degan ta’limotga asoslanadi. Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo’nalishga harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir. Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog’liqligi motivlar tizimi (motivasiya) sifatida o’zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma’lum ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta’riflanishga mutlaqo mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo’naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish ehtiyojlarini shaxs tomonidan qondirilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta’lim vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushinishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi. E’tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulqatvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi anglashilgan ehtiyojlar majmuidir. E’tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil bo’ladi va astasekin turli tashqi ta’sirlar yordamida takomillashib boradi. Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’iharakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi. Shaxsning psixik taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayotifaoliyati davomida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib hisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir. Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’iharakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitasiya (taqlid), identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, ta’lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan ehtiyojni tug’diradi. Shunday qilib, ehtiyojlarning tug’ilishi, taraqqiyoti, ularni saralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy jamiyat kishisiga xos bo’lgan milliy, hududiy ma’naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asoslangan sharqona, o’zbekona yuksak axloqiy hislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko’p tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovasion xususiyatli), metodikalar (ularning invariantlari, variasiyalari, modifikasiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko’rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to’lato’kis qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olingan natijalarni ko’p qirrali (sifat, miqdor, korrelyasion, dispersion, faktor va hokazo) tahlil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin, ikkiyoqlama o’zaro ta’sir bunday imkoniyat yaratishga qodir. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling