Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 18.94 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi18.94 Kb.
#1519401
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING FOYDA SOLIG\'I


Buxoro Davlat Universiteti
2-MAVZU:
YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN
FOYDA SOLIG‘I
(2-soat)
“Iqtisodiyot”
KAFEDRASI

1) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

1) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

2) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lovchilari, soliq solish ob’ekti va soliq bazasini shakllantirish tartibi.

3) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’I bo’yicha imtiyozlar va foyda solig’i stavkalari.

4) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi.


REJA:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratilgan sof daromadni ifodalaydi. Foyda tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlarining so’nggi moliyaviy natijasi bo’lishi bilan birga, davlat byudjetining asosiy moliyaviy manbalaridan biri, shuningdek tadbirkordlik faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Narxlar barqaror bo’lganda foydaning o’sishi korxonananing samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining o’sishi korxonaning moliyaviy salohiyati, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishchi va xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i o’zining mohiyatiga ko’ra to’g’ri soliq, byudjetga tushishiga ko’ra esa umumdavlat solig’i hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Foyda solig’ining mohiyati yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish, ular foydasining bir qismini byudjetga undirish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Yuridik shaxslar foydasi buxgalteriya qonunchiligida belgilangan moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibiga asosan aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i 1991 yil 15 fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida”gi Qonunga asosan joriy qilingan va 1992 yildan boshlab daromad solig’i sifatida undirilgan.
1995 yildan mazkur soliq to’lovchilari quyidagilardan birini to’lashi belgilandi, ya’ni:
A) Foyda solig’i;
B) Daromad solig’i (tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, ko’ngil ochar o’yinlar, birjalar va boshqalar).

Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling