Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Chegirib tashlanadigan xarajatlar


Download 18.94 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi18.94 Kb.
#1519401
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING FOYDA SOLIG\'I

Chegirib tashlanadigan xarajatlar
(O‘zR SK 305, 306-modda)
Moddiy xarajatlar
Mehnatga haq to’lash xarajatlari
Amortizatsiya xarajatlari
Boshqa xarajatlar
Kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar
CHEGIRILMAYDIGAN XARAJATLAR
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan ortiqcha yo'qotishlar va buzilishlar;
  • belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha ajratmalar);

  • - nodavlat pensiya jamg'armalariga ajratmalar;
  • soliq to'lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo'yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari;
  • xodimlarga to'lanadigan moddiy yordam;
  • sud chiqimlari;
  • aybdorlari aniqlanmagan o'g'irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summalarning o'rnini qoplash mumkin bo'lmaganda ko'rilgan zararlar va boshqalar.

Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari

Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ushbu xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq to'lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o'n yildan ko'p bo'lmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) yangi ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni o'zlashtirish xarajatlari;
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o'rnatilish sifatini tekshirib ko'rish maqsadida kompleks sinab ko'rish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar;
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan SKga muvofiq belgilangan normalar bo'yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o'rtasidagi farq.
Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatida soliq imtiyozlari asosan investitsion faoliyatni rag’batlantirishga, ishlab chiqarishni yangi texnik va texnologiya asbob-uskunalar bilan qayta modernizatsiya qilish hisobiga korxonalar moliyaviy holatini faollashtirish, mamalakatimiz eksport salohiyatini ko’paytirishga qaratilgan. Soliq imtiyozlarini belgilashda ayrim toifa soliq to’lovchilarni soliqlardan to’liq yoki vaqtincha ozod qilish yoki soliqlarni kamaytirish bilan birgalikda korxona ixtiyorida imtiyoz hisobiga qoladigan mablag’lardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsad qilib qo’yilmoqda.

Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling