Foyda solig’ini to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslar
Nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar
Jazoni ijro etish muassasalari
Davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari
Ichki ishlar organlari huzuridagi qo’riqlash bo’linmalari
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi
Protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko’rsatishdan, nogironlar uchun mo’ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko’rsatishdan olingan foydasi
Tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi
Shahar yo’lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olingan foydasi
Investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo’naltiriladigan foydasi
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan foydasi
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko’prog’ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari (2023 yil uchun)
Do'stlaringiz bilan baham: |