Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Download 218.5 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer solig’i obyekti
- Soliq solinadigan baza
- Yer solig’idan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi
Yer solig’i to’lovchilar
Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’laydi. Soliq solishning alohida tartibi urnatilgan yuridik shaxslar hamda notijorat tashkilotlar, agar asosiy faoliyati turi bilan bir katorda boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalangan yerlari uchun yer solig’ini to’laydilar. Yer solig’i obyekti Soliq solish obyekti bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish xuquqi foydalanish huquqi yoki ijara xuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari hisoblanadi. Aholii punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari yeki uning madaniy-maishiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan hamda zaxira yerlar Soliq solish obyekti sifatida karalmaydi. Soliq solinadigan baza Yuridik shaxslar ixtiyorida mavjud bo’lgan yer uchastkalaridan Soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orkali yer solig’i solinadigan baza aniqlanadi. Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer solig’idan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi: madaniyat, ta’lim, soglikni saklash, aholini ijtimoiy muxofaza qilish muassasalari; nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil kilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Yangi tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga; Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling