Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Foyda solig’i solinadigan baza
Download 218.5 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi
Foyda solig’i solinadigan baza. Soliq silinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan harajatlar o’rtasidagi farq sifatida, soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq Soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.Jami aromad tarkibiga kaysi daromadlar kiradi? Jami daromadlar tarkibiga tovarlarni (ishlarini, xizmatlarini) sotishdan olingan daromadlar va boshqa mulklarni sotishdan,ishlatishdan kelgan daromadlar kiradi. Boshqa mulklarni sotish va ishlatishdan kelgan daromadlarga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, tyokin olingan mol-mulk, inventarizasiya natijasida aniqlangan tovar moddiy zaxiralar qiymati, majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklaridan olingan daromadlar, valyuta kursidagi ijobiy farq, dividentlar va foizlar va boshqa daromadlar kiradi.
Soliq to’lovchining harajatlari Soliq solinadigan foydani aniqlash paytida hisobga olinadi. Harajatlar Soliq kodeksning 141 moddasiga ko’ra chegirib tashlanadigan va chegirib taylanmaydigan turlariga bulinadi.Chegirib tashlanadigan harajatlarga quyidagi lar kiradi: 1) Moddiy harajatlar; 2) Mehnatga haq to’lash harajatlari; 3) Amortizasiya harajatlari; 4) Boshqa harajatlar. 5) Kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi harajatlar. Soliq solinadigan bazaga kiratiladigan harajatlar Soliq kodeksning 141-moddasida aks etirilgan. Bular chegirib tashlanmaydigan harajatlardir. Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi: Moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi me’yorlaridan ortiqcha yo’qotishlar va buzilishlar; Xodimlarga berilgan yoki Soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narxdagi farqlar. (zararlar); Belgilangan me’yorlardan ortiqcha harajatlar (xizmat safarlari, vakillik harajatlari, ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha ajratmalar); Nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar; Xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar; Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa chet el tashkilotlariga joylarni bepul berish harajatlari; Yilik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o’tkazish harajatlari; Soliq to’lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash harajatlari; Xodimlarga bepul ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq ovqatlar,tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki xodimlar uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy joy haqini to’lash harajatlari (yoki uy-joy,kommunal xizmatlar va boshqa lar uchun pul kompensasiyasi so’mmalari); 10.Xodimlarga qo’shimcha berilgan ta’tillarga to’langan haq va ular yuzasidan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan me’yorlardan ortiqcha kompensasiyalar; Xodimlarning ovqatlanishi, yo’l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun yo’llanmalar, ekskursiyalar va sayoxatlar uchun, sport seksiyalari, to’garaklari, klublaridagi mashg’ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun,obuna hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan harajatlarning o’rnini qoplash yoki to’lash va boshqa shunga o’xshash to’lovlar; Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar; Bayram sanalari va muxim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag’batlantirish hisoblanadigan bir yo’la mukofotlar; Sud chiqimlari va boshqalar. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling