Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Soliq solinadigan oborot deganda nima tushuniladi?
Download 218.5 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solinadigan import deganda nima tushuniladi
Soliq solinadigan oborot deganda nima tushuniladi?
Soliq solinadigan oborot deganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilish oboroti tushuniladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilish oboroti deb quyidagi lar e’tirof etiladi: 1)Mol- mulkka bo’lgan mulk-huquqini o’tkazish, shu jumladan: - tovar va boshqa mol- mulkni junatish (sotish); - ustav fondiga Qo’shilgan xissa; -mol- mulkni bepul berish; -xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga dividentlar to’lash hisobiga mol- mulk berish: 2) Mol- mulkni moliyaviy ijaraga berish. 3) Mol –mulkni moliya ijarasiga berish. 4) Intellektual mulk obyektlariga bo’lgan huquqni o’tkazish yoki ulardan foydalanish huquqini berish va boshqalar. Realizasiya qilish oborotiga kiritilmaydigan tovarlar xam Soliq kodeksining 199 moddasiga aks ettirilgan. Soliq solinadigan import deganda nima tushuniladi? Soliq solinadigan import deganda,O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga olib kirilayetgan tovarlar tushuniladi. Bular tarkibiga Kodeksning 211-moddasini muvofiq qo’shimcha qiymat solig’idan ozod etilgan import tovarlar kiritilmaydi. Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza Soliq kodeksining 204- moddasiga binoan aniqlanadi. Soliq solinadigan baza realizasiya kilinayetgan tovarlarning qiymati asosida, unga Qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda belgilanadi. Tovarlar tanarxidan yoki tovarlar olingan narxdan past narxlarda realizasiya qilingan tagdirda , Soliq solinadigan baza tovarlarning tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Tovarlar qayta ishlashga berilganda xom-ashyo va materiallardan tayyorlangan taqdirda , Soliq solinadigan baza Qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida, aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha esa, ularni qayta ishlash xizmatlarini qiymati asosida, kodeksning 232- moddasiga muvofik hisoblab chiqarilgan aksiz solig’ini hisobga olgan holda belgilanadi. Import qilingan tovarlar realizasiya qilinganda, soliq solinadigan baza realizasiya qilinayotgan tovarlarning qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda ba’za mazkur import qilinganda qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past bo’lishi mumkin emas. Aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan bazaga aksiz solig’ining so’mmasi kiritiladi. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling