Yurish qismi


Download 0.67 Mb.
bet5/10
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1302671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Юриш кисми

3.Amortizatorlar
Avtomobil notekis yo’llarda harakatlanganda kuzovning tebranishi hosil bo’lib, bu tebranish g’ildiraklar notekisliklardan o’tgandan so’ng ham birmuncha vaqt oralig’ida davom etadi. Avtomobillarda yuzaga keladigan tebranishlarni so’ndirish uchun osma konstruksiyalarida ko’pincha suyuqlik bilan ishlaydigan teleskop turidagi amortizatorlar ishlatiladi.
Amortizatorning ishlashi maxsus АЖ- 12Т suyuqlikning oqib o’tishidagi qarshiligiga asoslangan. Bu suyuqlik amortizatorning ichki bo’shliqlarida joylashadi va ularning hajmi o’zgarganda bir bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa oqib o’tadi. Teleskopsimon amortizatorlar ikki tomonlam ishlaydi, ya’ni siqilganda ham, qaytarilganda ham osma tebranishlarni so’ndiradi.
Teleskopsimon amortizatorning tuzilishi 19. 7- chizmada ko’rsatilgan. U uchta qismdan tashkil topgan: silindr (2) va uning tubi (1), shtokli (5) porshen (3), zichlagichlari bo’lgan yo’naltiruvchi vtulka (4). Amortizator silindri osma richagi yoki ko’prik bilan, shtok esa avtomobil kuzovi bilan biriktirilgan, buning natijasida amortizator porsheni osmalar kuzovga nisbatan tebranganda silindr ichida harakatlanadi.
Porshen (3) ikki qator teshiklar bo’lib yuqori tomondan o’tkazuvchi klapan (6) bilan, past tamondan esa kuchli prujinasi (8) bo’lgan qaytarilish klapani (7) bilan yopib qo’yilgan. Silindr tubida (1) siqish klapani (10) va kiritish klapani (9) joylashgan. Silindrningichki bo’shlig’i amortizator suyuqligi bilan to’ldirilgan.
Telekopsimon amortizatorning o’ziga xos tomoni, unda kompensatsiyalovchi kameraning mavjudligidir. Bu kamera ishchi silindrni (2) qamrab turuvchi, ishchi silindr ko’rinishida yasalgan. Ushbu kameradagi qo’shimcha bo’shliq osmaning siljishi (harakatlanishi) tufayli ishchi silindrdagi porshenning ikkla tomonidagi suyuqlik hajmining o’zgarishini kompensatsiyalash uchun xizmat qiladi.



Osma siqishga ohista ishlaganda amortizator porsheni (3) pastga tomon harakatlanadi va suyuqlik pastki bo’shliqdan o’tkazish klapani (6) orqali porshen ustidagi bo’shliqqa oqib o’tadi. Vaholanki, bu bo’shliqda birmuncha hajmni egallovchi shtok (5) joylashganligi sababli ishchi silindrning (2) pastki bo’shlig’idagi barcha suyuqlik yuqoridagi bo’shliqqa sig’maydi. Shuning uchun suyuqlikning bir qismi pastki bo’shliqdan siqish klapanining (10) kalibrlangan teshigi orqali kompensatsiyalovchi kamerag oqib o’tadi. Bu paytda siqish klapani yopiq bo’ladi va amortizator osmaning siqilishidagi siljishiga yetarlicha qarshilik ko’rsatadi.
Osma siqishga keskin ishlangan porshen (3) pastga tomon juda tez harakatlanadi va uning ostidagi suyuqlik bosimi keskin ortib ketadi. Buning natijasida siqish klapani (10) ochiladi va suyuqlik klapanning ochilgan katta teshigi orqali kameraga oqib o’tadi. Amortizatorning qarshiligi keskin kamayadi. Bu bilan amortizator va osma detallari katta kuchlardan, ya’ni yomon yo’lda harakatlanish paytida osmaning siqishga keskin ishlashidan yuzaga keladigan zo’riqishlardan saqlanadi.
Osma qaytarilishiga ohista ishlaganda amortizator uzayadi, chunki uning porsheni (3) yuqoriga qarab harakatlanadi. Bu paytda porshen tepsidagi suyuqlikning bosimi ortib ketadi, o’tkazuvchi klapan (6) yopiladi, suyuqlik esa porshendagi teshiklarning ichki qatori hamda yopiq turgan qaytarilish klapani (7) bilan uning yo’naltiruvchi vtulkasi orasidagi halqasimon tirqish orqali porshen ostidagi bo’shliqqa o’ta boshlaydi. Shu bilan bir paytda klapan (9) ham ochiladi va suyuqlik kompensatsiyalovchi kameradan silindrga oqib o’tadi.
Qaytarilish keskin bo’lganda porshenning harakatlanish tezligi ortib ketadi, bu esa porshen ustidagi suyuqlikning ancha sezilarli bosimini hosil qiladi. Ushbu bosim ta’siri ostida qaytarilish klapani (7) ochiladi va suyuqlik kichik qarshilik bilan porshen ostidagi bo’shliqqa oqib o’tadi. Suyuqlikning silindrga kiritish klapani (9) orqali kirib kelayotgan boshqa oqimi keskin qaytarilishda ham saqlanib qoladi.
Shunday qilib, qaytarilish klapani amortizator va osmani katta kuchlardan, ya’ni qaytarilish keskin bo’lganda, shuningdek, past haroratlarda suyuqlikning qovushqoqligi ortib ketganda yuzaga keladigan zo’riqishlardan saqlaydi.
Teleskopik amortizatorning tavsifnomasi shunday hisob bilan tanlanadiki, uning osma qaytarilishiga ishlagandagi qarshiligi, siqishga ishlagandagi qarshiligidan 2- 3 barobar katta bo’ladi. Bunga klapanlar teshiklari kesimini va ular prujinalarini siqish kuchini tanlash orqali erishiladi.
Bir avtomobilning oldingi va orqa osmalari uchun ishlatiladigan amortizatorlar bir- biridan prinsipial jihatdan farq qilmaydi. Ammo ular shtoklar yo’li va uzunligi bo’yicha, shuningdek, amortizatorni kuzov va osmaning detallariga mahkanlanadigan qismining konstruksiyasi bo’yicha farqlanishi mumkin.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling