Yurish qismi


Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish


Download 0.67 Mb.
bet8/10
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1302671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Юриш кисми

Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning mahkamla- nishini tekshirish, yeyilgan rezina vtulkalarini o‘z vaqtida almashtirish, jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Agar amortizator o‘z xossalarini yo‘qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo‘lsa, ta’mirlanadi, sinovdan o‘tkaziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani - g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, shkvorenning bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchak- ning buzilishiga olib keladi.
1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o‘q balkasi va oldingi g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, g‘ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.


XULOSA
G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi. G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama harakatlanishga majbur bo‘ladi.
G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayot- gan tikyo ‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘Iga uzatishdir.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling