Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi


Osmaning texnik holatini tekshirish


Download 102 Kb.
bet2/6
Sana06.02.2023
Hajmi102 Kb.
#1170116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
34.Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

Osmaning texnik holatini tekshirish. Avtomobil osmasining buzuqligini shinalarning tez yeyilishi, avtomobilning to`g`ri chiziqli harakatining o`zgarishi, osmaning qattiq shovqin chiqarishini bildiradi.
Ressoralar qayishoqligini yo`qotganda ular odatdagidan ko’p egiladi, oqibatda ‘okrishkalar kuzovga tegib ishqalanadi va tez yeyiladi.
Avtomobilning to`g`ri chiziqli harakatining o`zgarishi shina-lardagi bosimning pasayishi, osma prujinasining cho`ziluvchanligini buzilishi, amortizatorlarning ishlamay qolishi, burish tsapfalari yoki old osma richaglarining deformatsiyalanishi tufayli bo`lishi mumkin.
Osmaning kuchli shovqin chiqarishiga amortizatorlarning bu-zilganligi, detallar mahkamlanishining bo`shashishi va tutash ishchi sirtlarining yeyilishi sabab bo`lishi mumkin.
G`ildiraklarning texnik holatini tekshirish. g’ildiraklarning texnik holati ko’zdan kechirib tekshiriladi. SH’ilka va gaykalarning yaxshi mahkamlanmaganligi tufayli mahkamlash sh’ilkalari kirgizilgan teshiklarning yeyilib kengayishi disklarning deformatsiyalanishi, to`g`inlarning mexanik shikastlanishi va korroziyalanishi g`ildiraklarning asosiy buzuqliklaridir.
SHinalarning asosiy buzuqliklariga protektorning yeyilishi, qatlamlarning kopchishi va karkasning yorilishi kiradi. protektor shinalaridagi bosimning o`zgarishi, avtomobil ortiqcha yuklanganda, g`ildiraklarni o`rnatish burchaklari buzilganda ko’p yeyiladi. protektorning notekis yeyilishiga g`illiraklarning muvozanatsizlanishi, ularning notekis tormozlanishi old g`ildiraklarni o`rnatish burchaklari buzilganda va osma buzuqliklari sabab bo`ladi.
YUrish qismiga texnik xizmat koprsatish. KTXK da rama, ressoralar, amortizatorlar, g`ildiraklar ko’zdan kechirib tekshirib chikiladi.
1-TXK da g`ildiraklar gupchaklarining podshipniklari tekshiriladi va zarur bo`lsa rostlanadi, osma (zarur bo`lganda stermyankalar, ressoralarning barmoqlari va g`ildiraklarning gaykalari mahkamlanadi) hamda shinalar (protektorda va qo`shaloq shinalar orasidagi qisilib qolgan begona predmetlar olib tashlanadi) holati tekshiriladi. SHinalardagi havo bosimi tekshiriladi va zarur bo`lsa, ularga dam beriladi. Ressoralarning barmoqlari va burish tsapfalarining shkvorenlari grafikka muvofiq moylanadi.
2-TXK da 1-TXK da bajariladigan ishlarga qo`shimcha ra-vishda rama, shatakka olish qurilmasi va old ko’prik balkalari, old va ketingi ko’priklarning to`g`ri joylashganligi ko’zdan ke-chiriladi, amortizatorlarning holati hamda mahkamlanishi tekshiriladi. protektor tez yeyilganda g`ildiraklarni o`rnatish burchaklari tekshiriladi va zarur bo`lganda rostlanadi, g`ildiraklar o`rni shaklga muvofiq almashtiriladi. 2-TXK ishlari hajmiga gupchaklarni demontaj qilish, podshipniklarni yuvish va holatini tekshirish, moyni almashtirish hamda g`ildiraklar podshipniklarini rostlash ham kiradi.
YUrish qismi mexanizmlarini rostlashga g`ildiraklarning yaqinlashuvini, yengil avtomobillarda esa old g`ildiraklarning og`ishini ham, old g`ildiraklarning eng katta burilish burchaklarini, burish tsapfasi bilan old ko’prik balkasining quloqchalari orasidagi o`q yo`nalishidagi tirqishni, shuningdek gupchaklarning podshipniklarini rostlash ishlari kiradi.
Avtomobildan foydalanilganda old g`ildiraklarning yaqinlashuvi odatda kattalashadi, biroq «teskari» yaqinlashuv ham bo`ladi. Uni rostlash uchun kopndalang rul tortqisi uchliklarining mahkamlash boltlari bo`shatiladi va tortqi trubasimon kalit bilan yaqinlashuvni kattalashtirish uchun oldinga, kichraytirish uchun esa ketinga buraladi. g`ildiraklar yaqinlashuvi rostlab bo`lingach, tortqi uchliklarini taranglash boltlarining gaykalari oxirigacha qattiq
buraladi.
g’ildiraklarning og`ishi ustunning pastki uchidagi ekstsentrik vtulkani burash bilan rostlanadi. Rostlashdan oldin ustunning pastki uchidagi taranglash bolti burab mahkamlanadi.
Old g`ildiraklarning eng katta burilish burchaklari pastki burish richaglariga (osma nomustaqil bo`lganda) yoki ustun tayanchiga (osma mustaqil bo`lganda) burab kirgizilgan boltlar yordamida o`rnatiladi. Eng katta burilish burchagiga erishilganda boltlar old ko’prik balkasining chiqiqlariga taqalib, g`ildiraklarning burilishini cheklab turadi.
YUk avtomobillari shkvorenlarining qiyaligi va g`ildirak-larining tashqariga og`ishi rostlash bilan emas, balki yeyilgan detallarni almashtirish yo`li bilan tiklanadi.
Burish tsapfasi bilan old ko’prik balkasining quloqchasi orasidagi o`q bo`ylab tirqish rostlash qistirmasini qo`yib kichray-tiriladi.
Old g`ildiraklar gupchaklarining podshipniklari osilgan g`ildiraklarda rostlanadi. podshipnik qo’qog`ini olib va gaykani bo`shatib, gayka gupchakning tormozlana boshlanishigacha burab mahkamlanadi. Gaykani burab mahkamlayotgan paytda roliklarning podshipniklarda to`g`ri joylashishi uchun g`ildirakni burab turish zarur. So`ngra shtift qulfli shaybadagi eng yaqin teshikka to`g`ri kelguncha gayka taxminan 1/6 aylanaga burab bo`shatiladi. Gaykani burab mahkamlab va stoporlash shaybasini gayka qirrasiga qayirib, g`ildiraklarning ikkala yo`nalishda aylanishi tekshiriladi. g’ildirakni qo`l bilan qattiq aylantirib yuborgandan keyin u lyufti bilinmagan holda kamida 8 marta aylanishi lozim.
Ketingi ko’prik podshipniklarining o`q bo`ylab lyuftlarini aniqlash va rostlash uchun uni osib, yarim o`q gupchakdan ajratib olinadi; rostlash old ko’prik podshipniklarini rostlash tartibiga o`xshaydi, gayka bilan rostlanib, kontragayka va stoporlash halqasi yordamida qo`yiladi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling