«yurisprudensiya»


Suv qonunchiligini buzganlik uchun fuqarolik huquqiy javob-garlik


Download 1.39 Mb.
bet37/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suv qonunchiligini buzganlik uchun fuqarolik huquqiy javob-garlik
Suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan asosiy javobgarlik turlaridan biri fuqarolik huquqiy javobgarlik bo‘lib, u suv obyektlariga mulkiy zarar yetkazilganida kelib chiqadi. Bu javobgarlik yuridik javobgarlikning mustaqil turi hisoblanib suvdan foydalanish munosabatlarda suvning egasi, mulkdori, foydalanuvchisiga nisbatan mulkiy zarar yetkazilganida, ya’ni suvni ifloslantirganlik, egallab olganlik kabi holatlarda qo‘llaniladi.
Suvga yetkazilgan zararning tarkibiga quyidagilar kiradi: haqiqiy yetkazilgan zarar, zararning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan harajatlar, olinmagan daromadlar va boshqalar.
Ifloslangan suvlarni tozalashga, eqologik zarar oqibatlarini bartaraf etishga sarflangan boshqa sarf-harajatlar majburiy harajatlar hisoblanadi. Olinmagan daromadga tabiiy obyektning foydalanishidan kelib tushishi lozim bo‘lgan, ammo uning yomonlashuvi oqibatida olinmagan yoxud olish imkoniyati yo‘qolgan daromadlar kiradi.
Suvga yetkazilgan zararni qoplash ixtiyoriy yoki majburiy bo‘lishi mumkin. Uni majburiy undirish Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza etishni tashkil qiluvchi davlat organlarining, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning da’vosiga asosan, tegishli sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Zararni hisoblash suvga yetkazilgan ziyon miqdoriga, uning ifloslantirilganlik darajasiga bog‘liqdir.
Suv qonunchiligini buzganlik belgilangan fuqarolik-huquqiy javob-garlik huquqbuzar zimmasiga jabrlangan tomon ko‘rgan zararni natura shaklida (real qoplash) yoki pul shaklida qoplash majburiyatini yuklatilishidan iboratdir. Bunday zarar suvni muhofaza qilish bo‘yicha huquqiy talablarning buzilishi natijasida yetkaziladi.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 49-moddasiga binoan atrof muhitga, odamlar salomatligiga va davlatga atrof muhit muhofazasini buzish oqibatida zarar yetkazgan yuridik va jismoniy shaxslar zararni qoplashlari shart. Shaxsni yuqoridagi huquqbuzarlik javobgarlikka tortish Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga asoslanib amalga oshiriladi.
Ammo suv qonunchiligini buzish tufayli yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha munosabatlarda bir qator o‘ziga xosliklar mavjudligini hamda ushbu javobgarlik faqat shu sohada qo‘llanishini mumkinligini ta’kidlab o‘tish lozim. Bu xususiyatlarga yetkazilgan zararning hajmi va tartibi, zararning o‘ziga xos tarkibi, yetkazilgan zararni qoplash uchun undirib olingan pul mablag‘larini hisoblab chiqish usuli va ulardan foydalanish tartibi kiradi. Bo‘larning barchasi suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi zararni qoplash bilan bog‘lik fuqaroviy-huquqiy javobgarlikni qo‘llashda o‘ziga xos qoidalar mavjudligidan dalolat beradi. Suvni muhofaza qilish sohasiga yetkazilgan zararni natura bilan qoplash, buzilgan holatni qayta tiklashning juda murakkabligi, ba’zi hollarda esa umuman mumkin emasligi sababli u pul shaklida undiriladi.
Shuning uchun ushbu sohadagi munosabatlarda mulkiy javobgarlik moddiy javobgarlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Demak, yetkazilgan zararni qoplash uchun olingan mablag‘lar jabrlanuvchi tomonidan suv qonunchiligi buzganlik natijasida yuzaga kelgan zarani qoplashga ishlatiladi. Yetkazilgan moddiy zararning to‘liq qoplanishi aybdorni fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortishning maqsadidir. U faqat suvdan foydalanuvchini emas, balki davlat va umuman jamiyatning ham manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Chunki yetkazilgan zarar inson salomatligiga, shu jumladan yosh avlod kelajagiga, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Suvdan foydalanish sohasidagi mulkiy javobgarlikning o‘ziga xos xususiyati zararni hisoblab chiqishning taksa usulidir. Taksa tabiat obyektlariga yetkazilgan zararni hisoblashning taxminiy birligidir. Uning miqdori davlat tomonidan tabiat muhofazasiga qilingan harajatlarining tegishli qismi va bundan tashqari yana ma’lum so‘mmani tashkil etadi. Taksaga oid javobgarlikning o‘ziga xosligi shundaki, u maxsus normativ hujjatlar asosida belgilanadi va tabiiy ravishda, inson mehnati singmagan tabiat obyektlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Amalda tabiat obyektlariga yetkazilgan zararni hisoblab chiqishni yengillashtirish maqsadida taksalar belgilab qo‘yilgan. Ular o‘rmon, o‘simliklar va hayvonot dunyosi kabi tabiiy resurslarga nisbatan qo‘llaniladi. Zararni hisoblab chiqishning bunday usuli sud amaliyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega.
Uni qo‘llash zaruriyati tabiat obyektlarining o‘ziga xosligidan kelib chiqadi, chunki ular mulkdan farqli o‘laroq qat’iy bahoga ega emaslar. Yetkazilgan zararning hajmini aniqlash huquqbuzarlikning aniq turi, tabiat obyektining halq xo‘jaligidagi ahamiyati va ijtimoiy-eqologik qimmatiga bog‘liqdir.
Bizning nazarimizda, taksaga oid javobgarlik mulkiy javobgarlikning alohida turi bo‘lib, u zararni qoplashning fuqarolik huquqida nazarda tutilgan umumiy asoslari mavjud bo‘lganda vujudga keladi.
Zararni hisoblab chiqish uslubi va taksalar mavjud bo‘lmagan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ko‘rilgan ziyonlarni hisobga olgan holda suvning buzilgan holatini qayta tiklash uchun amalda qilingan harajatlarga asosan amalga oshiriladi. Bu ishlar fuqarolik huquqi normalariga mos ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi 1-bandiga ko‘ra, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha holatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashlarini talab etishi mumkin.
Suv qonunchiligini buzish yo‘li bilan yetkazilgan zarar yuqorida tilga olib o‘tilgan zararni bir turi bo‘lsa-da, ammo ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. qonun buzilishi tufayli yetkazilgan zarar quyidagi elementlardan tashkil topadi: ilgari suv resurslariga sarf qilingan, ammo foydalanilmagan harajatlar; suvning avvalgi holatini tiklash uchun qilingan harajatlar; olinmay qolingan foydalar.
Suv resurslarini ifloslanishi oqibatida inson salomatligiga yetka-zilgan zarar, yoxud «ekogen zarar» kishilarning kasalliklarga chalinishida yoxud sog‘liqni boshqacha yo‘qotilishida yoki sog‘lig‘i yo‘qotilishining xavfi tug‘ilishida, shuningdek boshqa genetik salbiy holatlarda namoyon bo‘ladi. Ular kishilarning noqulay eqologik shart-sharoitlarda yashashi, ifloslangan tabiiy resurslar (suv, havo) va tarkibiga kimyoviy moddalar aralashgan tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari hamda ularga zararli fizikaviy ta’sirlar ko‘rsatilishi (shovqin, radiatsiya) bilan chambarchas bog‘liqdir.
To‘g‘ri, iqtisodiy zararning o‘rnini qoplash mumkin, ammo butun jamiyatning sof hamda sog‘lom tabiiy muhitga nisbatan bo‘lgan manfaatlariga tajovuz qiluvchi eqologik zararning o‘rnini qoplashning iloji yo‘q, chunki yetkazilgan eqologik zararning miqdorini pulda ifodalab bo‘lmaydi. Eqologik zarar juda uzoq vaqtlar davomida namoyon bo‘la boradi, shu sababdan uni naturada tiklash juda qiyin. Ba’zi bir tabiiy resurslarni esa qayta tiklab bo‘lmaydi. Eqologik zarar inson salomatligiga zarar yetishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortishning qonunda mavjud bo‘lgan tartibi, suvga yetkazilgan zarar uchun undirib olingan mablag‘larning maqsadsiz ishlatilishi, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash usulining takomil emasligi fuqarolik-huquqiy javobgarlikning samaradorligini pasaytirib yubormoqda.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik faqat qonunda ko‘rsatilgan shart-sharoitlar vujudga kelgandagina kelib chiqadi. Bu shart-sharoitlar fuqarolik huquqbuzarligining tarkibini tashkil qilib, shu turdagi huquqiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘lar quyidagilardir: 1) zararning mavjudligi; 2) huquqka zid hulq-atvor; 3) huquqqa zid hulq-atvor bilan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligi; 4) aybning mavjudligi. Sodir etilgan huquqbuzarlikda mana shu elementlar bo‘lgandagina fuqarolik huquqiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Suv qonunchiligini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish suvga haqiqatdan ham zarar yetkazilgan; ushbu zararni yetkazgan yuridik yoki jismoniy shaxsning xatti-harakati qonunga zid bo‘lishi, ushbu qonunga zid xatti-harakat bilan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish va aybdorning aybi mavjud bo‘lganidagina amalga oshiriladi.
Aybning mavjudligi fuqarolik huquqiy javobgarlikni qo‘llashning asoslaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi FK ning 333-moddasiga ko‘ra qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Demak, umumiy qoidaga binoan fuqarolik huquqiy javobgarlikka tortishning asosi ayb mavjudligi hisoblanadi.
Fuqarolik huquqiy javobgarlikning ikkita asosiy shakli mavjud. Bo‘lar birinchidan, zararni qoplash va ikkinchidan, neustoyka (penya, jarima). Zararni qoplash va neustoyka o‘ziga xos xususiyatlarga ega: garchi zararni qoplash javobgarlik chorasi sifatida qo‘llanilsada, uning miqdori qoidaga binoan yetkazilgan zarar miqdoriga bog‘liq ravishda hisoblab chiqiladi va u isbotlangan bo‘lishi lozim. Demak, haqiqatdan ham zararning yetkazilganligini isbotlash vazifasi - zarar ko‘rgan shaxsning, ya’ni kreditorning zimmasiga yuklatiladi. Huquqbuzarlikning u yoki bu shakli uchun qo‘llaniladigan neustoyka va ularning miqdori har qanday hollarda ham qonunda va shartnomada nazarda tutiladi; zararlarni qoplash uchun umumiy da’vo muddati amal qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasi); zararlarni qoplash uchun javobgarlik asoslarining to‘liq tarkibi mavjud bo‘lishi lozim. Bo‘lar: g‘ayriqonuniy xatti-harakat, zarar, g‘ayriqonuniy xatti-harakat bilan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligi, zarar yetkazuvchining aybidan iborat. Neustoyka esa bunday tarkib mavjud bo‘lmaganida ham undirilishi mumkin. Neustoykani undirib olishda zarar yetkazilganligi va g‘ayriqonuniy harakat va yetkazilgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligini isbotlash talab etilmaydi, g‘ayriqonuniy xatti-harakat va qarzdor aybining mavjudligi neustoykani undirish uchun yetarlidir (huquqbuzarlik va qarzdorning aybi).

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling