«yurisprudensiya»


Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari


Download 1.39 Mb.
bet34/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

5. Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari
Suvdan foydalanish huquqi to‘g‘risida gapirganda, bu huquqni bekor qilish masalasiga aloxida to‘xtalib o‘tish kerak. Zotan, suvdan foydalanish huquqi mazmuni unsurlari ichida shunday huquqning tugatilishi mustaqil unsur hisoblanadi. Suvdan foydalanish huquqini to‘xtatishning umumiy asoslari «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan (36 — 38 — moddalar). Bu barcha subyektlarning suvdan foydalanish huquqini to‘xtatish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 36—moddasiga binoan korxonalar, muassasalar, dehqon ho‘jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi:
suvdan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
suvdan foydalanish muddati tutaganda;
korxona, muassasa, tashkilot yoki fermer va dehqon ho‘jaligi tugatilganda yoki uning faoliyati to‘xtaganda;
suv ho‘jaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tug‘ilganda bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish va uni muxofaza qilish qoidalari buzilgan yoki suv obyektidan belgilab qo‘yilganidan boshqa maqsadda foydalanilgan, suv haqi to‘lanmagan hollarda ham korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon ho‘jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyoj va maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun suvdan foydalanish huquqi bundan mustasnodir).
qonunlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon ho‘jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqini bekor qilishning boshqacha asoslari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37 — moddasida suvdan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi belgilangan. Ushbu moddaga ko‘ra suvdan foydalanish huquqi:
suvdan maxsus, shuningdek ikkilamchi foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish;
tanxo foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yo‘li bilan bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish huquqi maxsus ruxsatnoma bergan organning qarori bilan bekor qilinadi.
Suvdan ikkilamchi foydalanish suvdan birlamchi foydalanuvchining suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib chiqargan qaroriga binoan bekor qilinishi mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling