Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish
Download 253.74 Kb. Pdf ko'rish
|
4-bob (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Materiallar xaridi byudjeti
- Talab qilinadi
Talab qilinadi: 1. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib kelgusi yil uchun, har oydagisini alohida ko‘rsatgan holda, ishlab chiqarish byudjetini tuzing. 2. Kelgusi yilning 31-dekabr kuniga qoladigan oxirgi qoldiq miqdori qanchaga teng bo‘ladi? 4. Materiallar xaridi byudjeti Xo‘jalik yurituvchi subyekt yog‘och eshiklar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha dastlabki besh oylik istiqbol reja quyidagicha (donada): 198 Iyun 50 000 Yanvar 10 800 Fevral 15 600 Mart 12 200 Aprel 10 400 May 9 800 Har oyning oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i, kelgusi oyda sotilishi belgilangan miqdorning 25 foiz hajmida bo‘lishi lozim. Yanvar oyining dastlabki kunida ombordagi shu mahsulot qoldig‘i 2 700 dona bo‘lgan. Oy oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qolmaydi. Bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki xildagi materiallardan quyidagicha miqdorda kerak bo‘ladi: «A» materialidan 4 dona «V» materialidan 5 dona Har oyning oxiridagi materiallar qoldig‘i, kelgusi oyda ishlatilishi belgilangan miqdorning yarmisi hajmida bo‘lishi lozim. Talab qilinadi: Kelgusi yilning I-kvartalidagi har bir oy uchun xarid qilinishi lozim bo‘lgan materiallar miqdorini toping – materiallar xaridi byudjetini tuzing. 8. g) Vaziyatli masalalar «Avto-motor» xo‘jalik yurituvchi subyekti yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga tayanib va maxsus quyilgan po‘latlardan yengil avtomashinalarga ehtiyot qismlari ishlab chiqaradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati kelgusi yil uchun bosh (asosiy) byudjetni ishlab chiqishga kirishdi. Uni tuzish jarayoni bo‘yicha quyidagi mulohazalar mavjud: 1. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasi juda kam va shunga muvofiq uni e’tiborga olmaslik mumkin; 2. Materiallar va tayyor mahsulotlarga bo‘lgan baho o‘zgarmaydi; 199 3. Barcha umum ishlab chiqarish xarajatlari bitta bazaga, ya’ni to‘g‘ri mehnat sarfi soati miqdoriga muvofiq hisoblanadi. Download 253.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling